Jamiyat

15 aprel 2022, 09:45

Uzbekistan Airports boshqaruv raisiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Sardor Abdullayev Uzbekistan Airports boshqaruv raisining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. U bungacha Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari edi. Avval prezident devonida ishlagan Boxodir Mirusmanov esa personal bo‘yicha rais o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

14 aprel 2022, 22:12

«Pushkin» bekatida yigit o‘zini metro poyezdi ostiga tashladi

22 yoshli yigit qasddan o‘zini metro poyezdi ostiga tashladi. Mashinist poyezdni tezkor to‘xtatishi natijasida u omon qoldi.

14 aprel 2022, 22:00

14 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

BMT komissiyasi a’zosi etib saylangan O‘zbekiston, mamlakatni mintaqaviy IT markaziga aylantirishga ko‘rsatma bergan prezident, tahdidlar tufayli maqolasini o‘chirishga majbur bo‘lgan Rost24 bosh muharriri, metro jetonlarining qayta sotib olinishi, O‘zbekistonda rahbarlik lavozimlarini egallab turgan 27% ayollar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 14 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

14 aprel 2022, 18:44

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining Ochiqlik indeksi e’lon qilindi

2021 yil uchun Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining Ochiqlik indeksi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring yakuni bo‘yicha tuzilgan reyting e’lon qilindi. Unda vazirlik, qo‘mita, agentlik va markazlar, shuningdek, viloyat hokimliklarining natijalari qayd etilgan.

14 aprel 2022, 18:04

Qarshi shahar hokimligi mansabdorlari 156,4 mlrd so‘mlik yerni noqonuniy ajratib bergani aniqlandi

Qarshi shahar hokimligi, Kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi va Qurilish bo‘limining 7 nafar xodimi qonunga zid ravishda 318 ta holatda 105 gektar yerni auksionsiz berib yuborgani aniqlandi. Ushbu yer maydonlarining bozordagi bahosi 156,4 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Gumondorlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga yuborildi.

14 aprel 2022, 17:56

Rost24 bosh muharriri tahdid va bosim tufayli maqolani o‘chirganini ma’lum qildi

Rost24 nashri bosh muharriri Anora Sodikova tahdid va bosimlar tufayli tadbirkor Jahongir Usmonov haqidagi maqolani olib tashlashga majbur bo‘lganini ma’lum qildi. Milliy mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov «jurnalistga tahdid qilishga, umuman tahdidlarga hech kim haqli emas», deya ta’kidladi.

14 aprel 2022, 17:15

1 iyundan shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Hukumat qarori bilan shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilgan barcha shaxslarga tug‘ilganlikni qayd etish jarayonida, qolaversa, mamlakatda vaqtincha bo‘lib turgan xorij fuqarolariga ham JSHSHIR beriladi. 1 iyundan esa bu borada davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

14 aprel 2022, 13:45

O‘zbekistonda ayollar 27% rahbarlik lavozimlarini egallamoqda — parlamentariy

O‘zbekistonda xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlaridagi ulushi 27 foizga, tadbirkorlar orasida esa 25 foizga yetdi. O‘zbekiston taraqqiyotida xotin-qizlarning roliga bag‘ishlangan forumda ayollarning siyosatdagi ishtiroki muhokama qilindi.

14 aprel 2022, 13:13

Erondagi masjid devorida Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy yozib qoldirgan bitiklar topildi

Amir Temurning o‘g‘li Shohrux Mirzo Eronning Toyinobod shahrida qurdirgan masjid devorida Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy yozib qoldirgan bitiklar aniqlandi. Ayni paytda bitiklarni ilmiy jihatdan o‘rganishga doir ishlar olib borilmoqda.

14 aprel 2022, 12:53

Aholi qo‘lida qolgan metro jetonlari qayta sotib olinadi

Toshkent metropoliteni 15 apreldan aholi qo‘lida qolgan jetonlarni amaldagi yo‘l haqi narxida sotib oladi. Jetonlar kassalarda emas, balki Toshkent metropoliteni DUK binosida qabul qilinadi.

14 aprel 2022, 11:55

Ukrainadan yana ikki fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

Ukrainadan Ruminiyaga gumanitar yo‘lak orqali qochib o‘tgan o‘zbekistonlik opa-singillar vatanga olib kelindi. Ularga Turkiyadagi homiylar mablag‘lari hisobidan aviachiptalar xarid qilingan.

14 aprel 2022, 10:30

Kattaqo‘rg‘onda elektrdan 57 mln so‘m qarzi bor tadbirkor elektr ta’minoti korxonasi rahbarini pichoqladi

Samarqand viloyatida elektr ta’minoti korxonasi rahbari elektrdan 57 mln so‘m qarzi bor MCHJ egasi tomonidan pichoqlandi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, ahvoli qoniqarli, gumondor esa qamoqqa olingan.

14 aprel 2022, 10:16

Toshkent hokimi 10 kun ichida asosiy yo‘llardagi chuqurlarni bartaraf etishga ko‘rsatma berdi

Toshkent hokimi 10 kun ichida asosiy yo‘llardagi chuqurlarni to‘liq bartaraf etish yuzasidan topshiriq berdi. Bunda “shahardagi mavjud barcha texnikalarni” jalb qilish va zarur hollarda kechalari ham ishlash rejalashtirilmoqda. Jahongir Ortiqxo‘jayev aholidan ta’mirtalab ko‘chalar suratlarini “Xalq nazorati” portaliga yuborishni so‘radi.

14 aprel 2022, 10:01

Davlat organlari vazifalarini volontyorlik orqali samarali amalga oshirish tartiblari belgilandi

Hukumat qarori bilan Davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi. Unda kimlar volontyor bo‘lishi, qaysi tuzilmalarga volontyorlarni jalb qilish mumkinmasligi belgilandi.

14 aprel 2022, 09:44

Yuridik universitetning mas’ul rahbari ma’muriy javobgarlikka tortildi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori oliygoh binosida noqonuniy qurilish qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. U ko‘p asrlik madaniy meros obyekti bo‘lgan universitet binosiga ruxsatsiz o‘zgartirish kiritgan.

13 aprel 2022, 22:00

13 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi yo‘l harakati qoidalarini jamoatchilik muhokamasisiz tasdiqlagan hukumat, O‘zbekistonning Ukraina mojarosidagi pozitsiyasi haqida gapirgan AQSh elchisi, yana sotuvga qo‘yilgan «Sijjak», old o‘rindiqdagi yo‘lovchilarning xavfsizlik kamarini taqishlari shart bo‘lgani, narxi oshib borayotgan oq qog‘oz va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 13 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

13 aprel 2022, 20:53

Buyuk Britaniya sanksiyalar ro‘yxatiga kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan uch ayolni kiritdi

Buyuk Britaniyaning yangi sanksiyalar ro‘yxatiga kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan uch ayol, jumladan Alisher Usmonovning ikki singlisi ham kiritildi. Ularning aktivlari muzlatiladi.

13 aprel 2022, 18:48

Daun sindromi bo‘lgan bolalar o‘qiy oladi va mehnat qilish huquqiga ham ega!

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining direktori Alisher Inakov matbuot anjumanida Daun sindromi bo‘lgan bolalar «o‘qiy olmasligini» aytdi. Bunday so‘zlar ota-onalar va jamoatchilik faollari noroziliga sabab bo‘lib, agentlikni ular bilan uchrashuv tashkil qilishiga undadi. «Gazeta.uz» kolumnisti Dilmurod Yusupov mazkur vaziyat yuzasidan bolalarning o‘qishga huquqi va amaldorlar so‘zining kuchi yuzasidan shaxsiy fikrini bildirdi.

13 aprel 2022, 16:47

Haydovchilik guvohnomasi va «texpasport»ni almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi

Hukumatning 12 apreldagi qarori bilan eski haydovchilik guvohnomasi va «texpasport»ni almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi. Uning muddati haydovchilik guvohnomasi va ro‘yxatga olish guvohnomasi berilgan yilga bog‘liq. Agar ular 2010 yilgacha berilgan bo‘lsa, 2023 yil 31 martgacha almashtirilishi kerak.

13 aprel 2022, 16:32

Yangi yo‘l harakati qoidalarida yo‘llarga ruxsatsiz sun’iy to‘siqlar o‘rnatish taqiqlandi

O‘zbekistonning yangi Yo‘l harakati qoidalarida yo‘llarga ruxsatsiz sun’iy to‘siqlar o‘rnatish taqiqlandi. Odatda ularni fuqarolar va kompaniyalarning o‘zlari o‘rnatardi. Chunki mas’ul organlar piyodalarni himoya qilish uchun buni bajarishmaydi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting