Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazgan tezkor tadbirda “Toshkent” xalqaro aeroportida 4 nafar fuqaro yonidan soxta PZR-testi ma’lumotnomalari chiqqan. Tergov natijasida toshkentlik ikki nafar shaxs soxta ma’lumotnomalarni Buxoro va Xorazm viloyatidan bo‘lgan shaxslarga yetkazib turgani aniqlangan.
Jizzax viloyati hokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati»dan 292,1 mlrd so‘mlik davlat buyurtmalarini Qurilish Ta’minoti, J-Quruvchi i Abduvohid Qurilish Ta’mir kompaniyalari qo‘lga kiritgan. Ushbu kompaniyalar asoschilari viloyat hokimi o‘rinbosari Akram Rahmonqulovga aloqador bo‘lishi mumkin.
Prezident hokimlarning yerni olib qo‘yish bo‘yicha vakolatlarini qisqartirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Endilikda hokimlar yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini to‘xtatib qo‘yishga haqli emas.
Buxoro viloyatida yo‘lovchi poyezdi ayol kishini urib yubordi. U Kogon shahrida hamshira bo‘lib ishlagan. Baxtsiz hodisa oqibatida uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi yetim qoldi.
Bilasizmi, Coca-Cola'ning yangi yil kampaniyasi tarixi 1920 yilga borib taqaladi. Coca-Cola brendining yangi yil tantanalari kampaniyasiga 100 yil to‘lgani munosabati bilan sizlarga bayramona kayfiyat tuhfa etadi. Yangi yil tantanalari davomida kompaniya «Yangi yilda omad kuladi» aksiyasi ishtirokchilari orasida 21 ta Nissan Sylphy avtomobilini o‘ynaydi. 31 dekabrda esa barcha teletomoshabinlarni ZO’R TV telekanalida Coca-Cola va shou-biznes yulduzlaridan musiqiy syurpriz kutmoqda (yangi yil reklamasi).
“Hududiy elektr tarmoqlari” vakili matbuot anjumanida O‘zbekistonda elektr energiya bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar hisobida 3,5 trln so‘m qarzdorlik mavjudligini ma’lum qildi. Qolaversa, respublika bo‘yicha eng ko‘p qarzdorlik Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelishi ta’kidlandi.
2020-yil davomida 1,2 million nafardan ziyod aholiga ilk bor ichimlik suvi yetkazildi. Bundan tashqari, avariya holatlari 2019-yilga nisbatan 16,8 mingtaga, ya’ni 12 foizga kamaygani qayd etildi.
Dekabr oyining oxirgi kunlari va yanvar oyining birinchi kunlarida harorat me’yordan 4−7 darajaga past bo‘lib, bu hafta davomida saqlanib turadi. Yakshanba kuni 27 dekabrda yog‘gan qor bu yilgi so‘nggi qor bo‘ldi, O‘zbekiston aholisi Yangi yilni qorsiz kutib olishadi.
Ichki ishlar organi hodimining mast holatda jamoat tartibini buzayotganligi haqidagi videoga IIV munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, ushbu hodisadan so‘ng me’yoriy buyruq talablarini buzgan xodim o‘z vazifasidan chetlatildi.
Uyida gaz va svet yo‘q 10 dan ortiq xotin-qizlar Qo‘qon shahar hokimiyati oldidagi yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Ta’kidlanishicha, mutasaddilar ularning so‘zlarini eshitmayapti. Yo‘lni bo‘shatishni so‘ragan haydovchilarga qarata ayollar, — “urib ketishingiz mumkin, baribir uy sovuq”, — deya javob qaytarishgan.
Transformatorning buzilishi natijasida elektr energiyasidan uzilib qolgan muzrabotliklar norozilik sifatida ko‘chada balon yoqishdi. Xozirda muammo bartaraf etilgan.
Andijon viloyati prokuraturasi viloyat hokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati» davlat xaridlarini o‘rganmoqda. Uning rahbari 20 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini yutib olgan qurilish kompaniyasining ta’sischisi hisoblanadi. Boshqa ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqida ham xabar qilindi.
Navoiy markazida yangi yil archasi yonib ketdi. Hodisaga yog‘ingarchilik sababli nam tekkan elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lishi mumkin.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida qurilgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi. Ushbu ko‘prikning uzunligi 772 metr bo‘lib, u Toshkentdagi ikkita yirik ko‘cha — Yangi Sergeli aylanma yo‘li bilan Xalqa yo‘lini bog‘laydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishini borib ko‘rdi. Ushbu metro yo‘nalishining uzunligi 7 kilometrni tashkil qilib, beshta bekatdan iborat. Ushbu yo‘nalishda kuniga 35 mingtagacha odam qatnashi mumkin. Ushbu yo‘nalish 26 dekabr soat 16:00 dan boshlab xizmat ko‘rsata boshladi.
Toshkent vaqti bilan 15:28 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila O‘zbekistonning bir qator shaharlarida ham sezildi.
Prezident tomonidan imzolangan ayrim kodekslarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonunga ko‘ra, agar tarqatilgan yolg‘on axborot jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid solsa uni tarqatgan shaxs BHMning 100 baravarigacha (22 mln 300 ming so‘m) jarimaga tortilishi mumkin.
Samarqand shahrida yo‘lovchi tashuvchi avtobus va Niva rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, avtobus ag‘darildi. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan, haydovchisi esa shifoxonaga yotqizilgan.
Zira.uz yangi yil dasturxoni uchun siz bilgan va bilmagan salat retseptlari hamda noodatiy bezash usullarini taqdim etadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Jizzax viloyatida ta’sischilari orasida viloyat hokimining qizi ham bo‘lgan kompaniya ko‘chalarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ikkita tanlovda g‘olib chiqqani bilan bog‘liq holatni o‘rganishini ma’lum qildi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting