Jamiyat

4 iyun 2020, 14:00

OTMlarga qabul 15 iyundan 15 iyulgacha onlayn bo‘lib o‘tadi

Abituriyentlar respublika OTMlariga 15 iyundan 15 iyulgacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, DTM sayti va Davlat xizmatlari markazlari orqali onlayn hujjat topshirishlari mumkin bo‘ladi.

4 iyun 2020, 13:53

Yosh olimlar Toshkentda uy ololmayotgani tufayli Senat hokimiyatga so‘rov yubordi

40 nafardan ortiq Fanlar Akademiyasining yosh olimlari ko‘p qavatli uylar uchun birinchi to‘lovni 2019 yil noyabrda to‘lab berishgan. Sergeli tumanidan ajratilishi kerak bo‘lgan uylar yuzasidan, Senat qo‘mitasi Toshkent shahar hokimiga senator so‘rovi yubordi.

4 iyun 2020, 13:10

So‘x tumanidagi muammolarni bartaraf etishga 1 trln so‘m ajratiladi

So‘x tumanidagi barcha muammolarni bartaraf etish uchun 1 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu masala bo‘yicha prezident qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Co‘xlik yoshlarning oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinishi uchun 500 ta kvota ajratiladi, ular oliy o‘quv yurtlariga imtihonlarni o‘z ona tillari — tojik tilida topshirishlari mumkin bo‘ladi.

4 iyun 2020, 12:47

“O‘rikzor” savdo majmuasi faoliyati qayta tiklandi

14 kunlik karantindan keyin “O‘rikzor” savdo majmuasi qayta ochildi. Qurilish materiallari bozori “Stroygorod” majmuasi bundan mustasno.

4 iyun 2020, 11:34

Yashnobod tumanida asfalt zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

4 iyun kuni Yashnobod tumanida joylashgan bitum eritish basseynida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in soat 06:05 da to‘liq bartaraf etilgan, yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

4 iyun 2020, 08:10

“Sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida avtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi

15 iyundan “sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida avtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi. Bunda, avtobus yakuniy bekatda dezinfeksiya qilinishi, salonga faqat niqobdagi yo‘lovchilarni kiritish va haydovchilarni ham himoya vositalari bilan ta’minlash talab etiladi.

4 iyun 2020, 07:50

15 iyundan ayrim hududlarda buyum bozorlari va ovqatlanish obyektlari faoliyati tiklanadi

15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda umumiy ovqatlanish obyektlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va buyum bozorlari faoliyatiga muayyan shartlar asosida ruxsat berilmoqda. Bunda belgilangan shartlarga rioya qilish kerak bo‘ladi.

4 iyun 2020, 07:30

Mehmonxona va diniy tashkilotlar faoliyatiga ayrim hududlarda ruxsat berildi

5 iyundan boshlab “sariq” hududlarda mehmonxonalar hamda ochiq havodagi restoran va kafelar faoliyatiga ruxsat beriladi. Qo‘shimcha ravishda, “yashil hududlarda” trenajer zallari, ta’lim markazlari, diniy tashkilotlar va madaniyat obyektlari faoliyatiga ma’lum shartlar asosida ruxsat beriladi. Jumladan, masjidlarda namoz vaqtida fuqarolarning oraliq masofasini 1,5 metr etib belgilash kerak bo‘ladi.

3 iyun 2020, 22:48

Yana 235 mingdan ortiq oilaga moddiy yordam ajratiladi

Pandemiya 450 mingga yaqin oilalar daromadiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin, deya ta’kidlandi prezident raisligidagi yig‘ilishda. Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlar doirasida yil yakuniga qadar qo‘shimcha 235 mingdan ziyod oilaga moddiy yordam ajratilishi qayd etildi.

3 iyun 2020, 22:02

Koronavirusdan vafot etganlar soni 16 kishiga yetdi

72 yoshli koronavirus bemori o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan vafot etdi. Vafot etgan koronavirus bemorlari soni 16 kishiga yetdi.

3 iyun 2020, 19:24

Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdor shaxslari 200 mln so‘mni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda

Quvasoy shahar Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdor shaxslari 202,4 mln so‘m mikdordagi byudjet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda. Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, tuman ko‘chalarida 75,5 mln so‘mlik metall ustun va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatgan kompaniya hisob raqamiga 278 mln so‘m o‘tkazilgan.

3 iyun 2020, 18:02

Farg‘onada avtomobil ag‘darilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida voyaga yetmagan “Lacetti” avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi sababli ag‘darilib, uning oqibatida avtomashinada bo‘lgan voyaga yetmagan yo‘lovchi jarohatlanadi, keyinchalik u shifoxonada vafot etgan.

3 iyun 2020, 17:31

“Ganga” ko‘prigi ustida 7 ta avtomobil to‘qnashdi

2 iyun kuni “Ganga” avtomobil ko‘prigida aniqlanmagan “Cobalt” avtomobili keskin to‘xtagani sababli 7 ta bir yo‘nalishda harakatlangan avtomobillar masofa saqlamaganliklari tufayli to‘qnashgan. YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘qligi aytilmoqda.

3 iyun 2020, 16:33

Turizm va aviaqatnovlarni qayta tiklash borasidagi rejalar

O‘zbekiston hukumati «yashil», «sariq» va «qizil» reyslarni joriy etgan holda bosqichma-bosqich xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Bosh vazir o‘rinbosari va Turizm qo‘mitasi rahbari Aziz Abduhakimov mazkur tizim va «O‘zbekiston. Kafolatlangan xavfsiz sayohat» loyihasi haqida so‘zlab berdi.

3 iyun 2020, 15:56

Finlandiya Orolbo‘yi mintaqasi jamg‘armasiga 1 mln yevro ajratdi

Finlandiya Orolbo‘yi mintaqasida inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasiga 1 mln yevro ajratdi va jamg‘arma donoriga aylandi.

3 iyun 2020, 13:46

Qashqadaryoda soxta DXX xodimi qo‘lga olindi

Qashqadaryoda o‘zini DXX xodimi deb tanishtirib, fuqarolardan pul talab qilayotgan shaxs qo‘lga olindi. Uning yonidan soxta guvohnoma hamda boshqa fuqarolarning pasport nusxalari va fotosuratlari, uyidan esa harbiy libos topildi.

3 iyun 2020, 09:45

Prezident Xalq qabulxonasi: Qarshi tumanida 500 ga yer 500 oila va yoshlarga bo‘lib beriladi

Qarshi tumanida foydalanilmayotgan 93 ga yer maydoni 132 nafar yoshga bo‘lib berildi. Yana 500 ga yer o‘zlashtirilib, 500 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oila va yoshlarga taqdim etiladi.

3 iyun 2020, 09:25

FVV: Suv ostida qolgan 6 ta qabristondagi 311 ta qabr qayta tiklandi

FVV «Sardoba» suv toshqini talofatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi. 5171 ta uy loyqadan tozalandi, 6 ta qabristondagi 311 ta qabr qayta tiklandi.

2 iyun 2020, 21:40

Gurlanda “Agrobank” filialining sobiq rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Gurlanda 400 mln so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan “Agrobank” filialining sobiq rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2 iyun 2020, 20:25

Avto 60 oy ishi bo‘yicha tergov yakuniga yetdi

Avto 60 oy kompaniyasining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish bo‘yicha dastlabki tergov yakuniga yetdi. Ular soxta tadbirkorlik, pul mablag‘larini noqonuniy jalb etish, firibgarlik va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting