Jamiyat

8 iyun 2020, 20:30

FVV tog‘ va og‘oldi hududlarida sel kelishidan ogohlantirdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel xavfi haqida ogohlantirish berdi.

8 iyun 2020, 16:19

Andijonda musiqa va san’at maktabi direktori o‘qituvchini pichoqladi

Andijon viloyatida musiqa va san’at maktabi direktorining xizmat xonasida maosh tufayli janjal kelib chiqdi. Rahbar pichoq bilan o‘z xodimiga yengil tan jarohatlari yetkazdi.

8 iyun 2020, 15:13

Hafta oxirida haroratning ko‘tarilishi kutilmoqda

Dushanba kuni ayrim joylarda yog‘ingarchilik kutilmoqda va shamol tezligi soniyasiga 18−23 metrgacha kuchayishi mumkin. Hafta oxiriga borib esa xarorat asta-sekin ko‘tarilishni boshlaydi.

8 iyun 2020, 10:47

Yangi charter reyslarining jadvali

Uzbekistan Airways xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida 8 iyundan 21 iyun kuniga qadar amalga oshiriladigan charter qatnovlarining navbatdagi jadvalini e’lon qildi.

8 iyun 2020, 10:08

Uchta OTMda masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi

2020−2021 o‘quv yilidan boshlab tajriba tariqasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi.

8 iyun 2020, 07:55

80 kunlik karantindan keyin masjidlarda ilk bor jamoat namozlari o‘qildi

“Yashil” hududlarda joylashgan masjidlar o‘z faoliyatini boshladi. Jamoat namozlari karantin qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda o‘qilmoqda.

8 iyun 2020, 07:35

BAA bosh vaziri o‘rinbosari Qo‘ng‘irotda dala lageri qurishni rejalashtirmoqda

BAA bosh vaziri o‘rinbosari, prezident ishlari bo‘yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon Qoraqalpog‘istonda 200 gektar maydonda dala lageri qurishni rejalashtirmoqda. Hukumatning yer ajratish to‘g‘risidagi farmoyishi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

8 iyun 2020, 05:07

Xorazmda yo‘qolgan erkak kanaldan zanjir bilan mashina ruliga bog‘langan holda topildi

Xorazm viloyatida qidirilayotgan erkakning murdasi Shovot kanalidan topilgan mashina ichida zanjir bilan bog‘langan holda topildi.

7 iyun 2020, 19:19

Qibrayda beton zavodining uch ishchisi devor bosib qolishi oqibatida vafot etdi

Qibrayda beton zavodida 95 metr uzunlikdagi devorning qulab tushishi oqibatida 3 ishchi hayotdan ko‘z yumdi. Jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

7 iyun 2020, 14:28

Toshkentda sartarosh bir erkakning yuragiga qaychi sanchib o‘ldirdi

Toshkentda 26 yoshli erkakning yuragiga qaychi sanchib o‘ldirgan 17 yoshli sartarosh qo‘lga olindi.

6 iyun 2020, 02:26

Toshkentda sodir bo‘lgan ommaviy janjalda ikki kishi pichoqlandi

Toshkentning Shayxontohur tumanida yoshlar o‘rtasida ommaviy janjal va pichoqbozlik sodir bo‘ldi. Ikki kishi yaralanib, shifoxona yotqizildi.

5 iyun 2020, 17:53

Oliy sud «Yangiobod» turbazasi bo‘yicha viloyat hokimi qarorini bekor qildi

Oliy sud «Yangiobod. Chotqol marvaridi» sayyohlik bazasining nazorat shikoyatini qanoatlantirdi. Ob’ektni olib qo‘yish bo‘yicha oldingi instansiyalar va hokim qarori bekor qilindi.

5 iyun 2020, 15:04

Sirdaryoda tibbiyot xodimlari ayovsiz kaltaklandi

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida tibbiyot xodimlari mast holdagi kishilar tomonidan ayovsiz kaltaklandi. Masala yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh prokurorga murojaat yo‘llab, holatni nazoratga olishni va aybdor shaxslar qattiq javobgarlikka tortilishini ta’minlashda amaliy yordam so‘ragan.

5 iyun 2020, 14:52

Bolalar bog‘chalarining xavfsiz faoliyati uchun talablar ishlab chiqilmoqda

Maktabgacha ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi va xalqaro tashkilotlar ko‘magida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tiklash borasida qo‘yiladigan talablar tartibini ishlab chiqilmoqda.

5 iyun 2020, 12:53

«Abituriyent istagan joyidan imtihon topshirishi mumkin» — DTM direktori

2020−2021 o‘quv yili uchun OTMga kirish imtihonlarida abituriyentga O‘zbekistonning istalgan hududidan, o‘zlari xohlagan oliygohga hujjat topshirish imkoniyati bu yili ham saqlab qolinadi.

4 iyun 2020, 18:40

«Chiroyli» avtoraqamlarning boshlang‘ich narxlari o‘zgardi — ro‘yxat

«Chiroyli» raqamlar 6 ta toifaga ajratildi va ayrimlarining boshlang‘ich narxlari o‘zgardi.

4 iyun 2020, 18:16

Yuk avtomashinalari ishtirokidagi YTHda 3 kishi halok bo‘ldi

“Toshkent-Osh” avtomobil yo‘lining 227 kilometrida harakat davomida tormoz tizimi ishlamay qolgani sababli “Sams” rusumli yuk avtomashinasi ikki “Isuzu” yuk avtomashinasiga urilib, ag‘darilgan. YTH oqibatida barcha yuk avtomashinalarining haydovchilari vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

4 iyun 2020, 15:23

“Yashil” hududlardagi diniy tashkilotlar 8 iyundan faoliyatini boshlaydi

“Yashil” hududlardagi diniy tashkilotlar (masjidlar, cherkovlar) faoliyati 8 iyundan boshlanadi. Bunda himoya niqoblarini majburiy kiyish sharti bilan, shuningdek, tashrif buyuruvchilar orasidagi masofa kamida 1,5−2 metr bo‘lgan holda namoz o‘qish mumkin bo‘ladi. Lekin, hozircha ommaviy diniy tadbirlar (juma namozi, yakshanba ibodatlari va boshqalar) tashkil etish taqiqlanadi.

4 iyun 2020, 15:10 3

OTMga topshirish uchun talab qilinadigan hujjatlar

Abituriyentlar OTMlarga topshirishi uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi. Oldingi yillarda o‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun to‘lov bu yil 111,5 ming so‘m miqdorda bo‘lishi belgilandi.

4 iyun 2020, 14:29

Abituriyentlar faqat ikkita fandan test sinovlari topshiradi

2020−2021 o‘quv yili uchun OTMga kirish imtihonlarida abituriyentlar ikkita fandan test sinovlari topshiradi. Test sinovlari karantin cheklovlari tugagandan so‘ng iyul-avgust oylarida (taxminan 27 iyuldan 15 avgustgacha) o‘tkaziladi. Ijodiy imtihon topshirishi kerak bo‘lgan abituriyentlar faqatgina bitta ta’lim yo‘nalishida, qolgan holatlarda 3 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting