Jamiyat

1 iyun 2021, 12:49

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik o‘rniga aylanma shaklidagi yo‘l o‘tkazgich quriladi

Toshkent aeroportiga olib boradigan ko‘prik o‘rniga aylanma shaklidagi yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilmoqda. Lohiha prezidentga taqdim etildi. Eslatib o‘tamiz, yo‘l o‘tkazgich 2008 yilda kengaytirilgan edi.

1 iyun 2021, 11:59

O‘zbekiston Hirotdagi Alisher Navoiy maqbarasida sakkiz burchakli masjid barpo etadi

O‘zbekiston tomonidan Afg‘onistonning Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasi majmuasida sakkiz burchakli masjidi quriladi. Kirish peshtog‘idan hovli qismining chap va o‘ng tomonida yopiq uslubda ayvonlar barpo etiladi. Maqbaraning tashqi ko‘rinishiga bezak berilib, kirish va qolgan yo‘laklarida shoirning hikmatli suzlari bitilgan kitob ko‘rinishidagi belgilar qo‘yiladi.

1 iyun 2021, 11:04

Sirdaryoda Lasettining gaz balloni yorilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Sirdaryoda Lasetti mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni yorilishi natijasida ikki nafar yo‘lovchi vafot etdi. Haydovchi va bir nafar yo‘lovchi jarohatlar bilan tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

31 may 2021, 20:36

Adliya vazirligi va Senat ayollarni erining uyiga propiskaga qo‘ymaslikdagi «kazus»ni muhokama qildi

Senatda kelinlarni farzandlari bilan erining uyiga ro‘yxatga qo‘ymaslik masalasi muhokama qilindi. Uyni sotishda ular roziligining olinmasligi ko‘chada qolishlariga sabab bo‘lishi mumkin. Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov esa muammoning boshqa tomoni borligini ta’kidladi.

31 may 2021, 20:30

31 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistondagi qurilishlar summasi, prezidentning Surxondaryoga tashrif rejasi, Senatning qonunlarga o‘zgartirishlar kiritishni ma’qullashi, YTHlarda halok bo‘lganlar soni oshishi — “Gazeta.uz"ning 31 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

31 may 2021, 17:38

Toshkentda Lacetti urib yuborgan piyoda vafot etdi

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 55 yoshli piyodani Lacetti avtomobili urib yuborishi oqibatida, piyoda tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

31 may 2021, 17:21

31 maydan chet elga ketadigan talabalar va OAV xodimlari koronavirusga qarshi emlanadi

31 may kunidan boshlab chet elga o‘qishga ketadigan talabalar, OAV xodimlari, blogerlar hamda yozuvchilar COVID-19 ga qarshi emlanadigan fuqarolar ro‘yxatiga kirdi.

31 may 2021, 17:17

YTHlarda halok bo‘lgan bolalar soni 64,5 foizga oshgan

4 oy davomida bolalar ishtirokidagi YTH soni 25,3, ularda halok bo‘lgan bolalar soni 64,5 foizga oshgan.

31 may 2021, 16:13

Senat hayvonlarga shafqatsiz munosabat uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishini ma’qulladi

Senatorlar Jinoyat kodeksiga hayvonlarga shafqatsiz munosabat haqidagi moddani kiritishni ma’qulladilar. Qiynoq jonivorlarning mayib bo‘lishi yoki o‘limiga olib kelsa, BHMning 25 dan 50 baravarigacha jarima, jamoat yoki axloq tuzatish ishlari, shuningdek, 6 oygacha muddatga ozodlikni cheklash yoki qamoq jazolari qo‘llaniladi.

31 may 2021, 15:00

Texnopark press-formalar ishlab chiqariladigan korxonasi haqida so‘zlab berdi

Texnopark zavodidagi press-formalar xorijiy uskunalarda ishlab chiqariladi, bu esa ishlab chiqarish vaqtini tezlashtiradi. Buyurtma beruvchilar jarayonni kuzatishlari mumkin.

31 may 2021, 14:26

Hafta davomida havo +40 darajagacha isishi kutilmoqda

O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo hafta oxirigacha davom etadi. Iyun oyining boshida ba’zi joylarda shamol kuchayishi mumkin.

31 may 2021, 14:16

Senat fuqarolik olishni soddalashtirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senat O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi. 2005 yilgacha O‘zbekistonga kelgan fuqaroligi bo‘lmaganlar va kamida 15 yil mamlakat hududida yashagan shaxslar O‘zbekiston fuqaroligini olishlari mumkin.

31 may 2021, 13:04

Samarqandda 9-sinf o‘quvchisi sheriklari bilan maktab direktori o‘rinbosarini kaltakladi

Toyloq tumanidagi maktablardan birida 9-sinf o‘quvchisi sheriklari bilan maktab direktor o‘rinbosarini kaltakladi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

31 may 2021, 12:44

Andijonda ketmon bilan urib o‘ldirilgan ayolning qotili kelini emasligi ma’lum qilindi

Bosh prokuratura Andijonda ketmon bilan urib o‘ldirilgan ayolni sobiq kelini emas, balki u bilan turmush qurgan erkak o‘ldirganligini ma’lum qildi. Hozirda u qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

31 may 2021, 11:08

Andijonda kelin o‘z qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o‘ldirgani aytilmoqda

Andijonda kelin o‘z qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o‘ldirganligi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

30 may 2021, 23:44

Senat qurol-yarog‘ muomalasi sohasida yangi javobgarlik choralarini rad etdi

Senatorlar qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi bilan bog‘liq yangi javobgarlik choralarini ko‘zda tutgan qonunni rad etdilar. Bu hal qilish zarur bo‘lgan tizimli muammolar mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, ular hal qilinganidan keyin javobgarlik choralari o‘rnatilishi lozim, deya ma’lum qildi senator Farhod Boqiyev. U “turli salbiy oqibatlar"ga olib kelishi mumkin bo‘lgan qator omillarni sanar ekan, Qozon shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishmani misol qilib keltirdi.

30 may 2021, 22:05

«O‘zkomnazorat» Mail.ru Group, Twitter va Tencent kompaniyalariga serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

«VKontakte», Twitter va WeChat ijtimoiy tarmoqlari o‘zbekistonliklarning shaxsiy ma’lumotlarini qonunga zid ravishda qayta ishlamoqda, deya ma’lum qildi «O‘zkomnazorat». Inspeksiya ijtimoiy tarmoqlarga egalik qilayotgan Mail.ru Group, Twitter va Tencent kompaniyalariga «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonunning 271-moddasi talablariga amal qilish, ya’ni serverlarini O‘zbekistonga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

30 may 2021, 13:22

Sirdaryoda daladan butunlay yonib ketgan erkak jasadi topildi

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi fuqaroning 100% kuyib ketgan jasadi topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

30 may 2021, 12:16

Jamoliddin Uzakov «O‘zbekkonsert» rahbari etib tayinlandi

Jamoliddin Uzakov «O‘zbekkonsert» davlat muassasasiga rahbar etib tayinlandi. Ushbu lavozimda 2020 yilning noyabr oyidan beri Anvarjon Tojiboyev ishlayotgan edi.

30 may 2021, 12:01

Qamashi tumani sobiq hokimi 57 yoshida vafot etdi

Qamashi tumani sobiq hokimi Rashid Muhammadiyev 57 yoshida vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting