Jamiyat

16 aprel 2022, 13:01

O‘zbekistonda «Bolalik Akademiyasi» raqamli platformasi ishga tushirildi

O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Learning Passport «Bolalik Akademiyasi» raqamli platformasi ishga tushirildi. Platforma 3−6 yoshli bolalarning tarbiyachilari va ota-onalari o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishiga imkon yaratadi. Uning doirasida 20 mingga yaqin pedagogni qamrab olish, 1,5 mlnga yaqin bolalarning o‘qish va rivojlanish natijalarini yaxshilash rejalashtirilmoqda.

16 aprel 2022, 12:23

Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Dilshod Kenjayev, o‘rinbosari lavozimiga esa Alisher Ubbiyev tayinlandi.

16 aprel 2022, 11:57

Toshkentda xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilgan shifoxona mas’uli jarimaga tortildi

Toshkent shahar majburiy davolash narkologiya shifoxonasi hodimlarini yer ag‘darish ishlariga majburiy jalb qilgani uchun shifoxona xo‘jalik ishlari mudiri jarimaga tortildi.

16 aprel 2022, 11:35

Toshkentda moliyaviy piramida tashkil etgan shaxs qo‘lga olindi

DXX Toshkent shahrida moliyaviy piramida tashkil qilganlikda gumonlangan «Realnaya investitsiya» jamiyati rahbarini hibsga oldi. U fuqarolardan 15 mingdan 200 ming dollargacha bo‘lgan pullarni olib, har oyda kamida 10% dan foyda berishiga ishontirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 100 ga yaqin fuqarodan 2,5−3 mln dollar qarzi bor. Unga nisbatan 7 ta modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jabr ko‘rganlardan esa Toshkent shahar prokuraturasiga murojaat qilish so‘ralmoqda.

16 aprel 2022, 10:15

Nima tayyorlaymiz: pasta

«Arabyata» pastasi, vegetariancha, feta pishlog‘i va cherri pomidorli, tunets balig‘idan tayyorlangan, qaymoq va qo‘ziqorinli qaylada pishirilgan pasta — Zira.uz pasta retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

15 aprel 2022, 22:00

15 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

May oyida Qirg‘izistonga tashrif buyuradigan prezident, Surxondaryoda noqonuniy kesib tashlangan 43 tup daraxt, noto‘g‘ri restavratsiya sababli tarixiy qiymatini yo‘qotgan Sitorai Mohi Xossa saroyi, Navoiyda deputatlik qilayotgan hokim o‘rinbosari, Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegaradosh hududida savdo-logistika markazi qurilishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 15 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

15 aprel 2022, 17:58

USAID O‘zbekistonda qishloq ayollarini o‘qitish va ishga joylashtirish dasturini ishga tushirdi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekistonning barcha hududlarida qishloq ayollarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni ishga joylashtirish yoki o‘z biznesini ochishda qo‘llab-quvvatlash dasturini ishga tushirdi. Dastur qariyb 1000 kishini qamrab oladi.

15 aprel 2022, 17:14

Surxondaryoda 43 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi

Angor tumanidagi 6-sonli bolalar bog‘chasi hududida 43 tup jumladan, mojjevelnik va tuya daraxtlari tag qismidan noqonuniy tarzda kesib tashlanganligi aniqlandi. Davlat ekologik nazorat inspektorlari holatni o‘rganmoqda.

15 aprel 2022, 16:19

YHQga yana qanday o‘zgartishlar kiritildi?

Yuk mashinalari faqat chetki o‘ng qatorda harakatlanishi mumkin, piyodalar o‘tish joylariga 10 metrdan kam masofada to‘xtash taqiqlanadi, velosipedchilar tungi vaqtda nur qaytaruvchi jilet kiyishlari kerak — YHQga yana qanday o‘zgartirishlar kiritilgan.

15 aprel 2022, 16:02

Suv tanqisligi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha dastur qabul qilinadi — prezident

Bir hafta ichida O‘zbekistonda suv tanqisligi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi. 1 oktabrga qadar 4,5 ming km sug‘orish tarmoqlarini tozalash va 231 kmni betonlash, 3 mingta gidrotexnik inshoot va 490 km nasos quvurlarini ta’mirlash, 3,5 mingta nasos o‘rnatish, 281 ta quduq qazish reja qilingan. Prezident buning uchun 300 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi.

15 aprel 2022, 15:43

Dilshod Kenjayev prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

2021 yildan beri prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘lib ishlagan Dilshod Kenjayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rnini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Nodirjon Xalbutayev egalladi.

15 aprel 2022, 15:30

Toshkentning qayerida maysazorda dam olish mumkin? — qo‘llanma

Toshkentda chim ustida yurish va maysalar ustida dam olishga haligacha sovetcha ruhda javob beriladi: “Mumkin emas”. Lekin baribir shaharda bunga ruxsat berilgan joylar paydo bo‘lmoqda. “Gazeta.uz” maysa ustida dam olish mumkin bo‘lgan joylarni qidirib, poytaxtni aylanib chiqdi. Biz o‘zimiz bilan mashhur arxitektor Kristofer Aleksandrning “Shablonlar tili” kitobini ham oldik — undagi g‘oyalar rasmiylar odamlarga maysazorda dam olishni nima uchun taqiqlamasligi kerakligini tushunishga yordam beradi.

15 aprel 2022, 15:05

1 mln nafarga yaqin xotin-qizning muammolari hal etildi — Tanzila Narbayeva

Senat raisi Tanzila Narbayeva 2018−2021 yillarda «Ayollar daftari»ga kiritilgan 1 mln nafarga yaqin xotin-qizlarning muammolari hal etilganini ma’lum qildi. Jumladan, xotin-qizlarning 2730 nafari uy-joy, 590 mingga yaqini esa doimiy ish bilan ta’minlangan. So‘nggi 3 yilda 208,5 ming ayolga 7,7 trln so‘mdan ortiq kredit ham berilgan.

15 aprel 2022, 14:53

5 yil ichida Qoraqalpog‘istonda YAIM 1,5 baravarga o‘sishi kerak

Hukumat Qoraqalpog‘istonni 2026 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlandi. Hujjatda hududni rivojlantirishning «o‘sish nuqta» lari va drayver sohalari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra 5 yil ichida yalpi ichki mahsulot va sanoat ishlab chiqarishini 1,5 baravarga oshirish vazifasi qo‘yilgan.

15 aprel 2022, 14:26

18−20 aprel kunlari ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi kutilmoqda

O‘zgidromet 18−20 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishini ma’lum qildi. Natijada ba’zi hududlarda kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.

15 aprel 2022, 14:17

Sitorai Mohi Xossa saroyining bir qismi noto‘g‘ri restavratsiya sababli tarixiy qiymatini yo‘qotdi

Buxoro amirining Sitorai Mohi Xossa yozgi saroyida noto‘g‘ri restavratsiya ishlari olib borilishi natijasida majmuaning bir qismi tarixiy va badiiy qiymatini yo‘qotdi. Madaniy meros agentligi o‘rganish ishlarini Bosh prokuraturaga yubordi.

15 aprel 2022, 14:11

Toshkentning asosiy ko‘chalarida chuqurliklarni bartaraf etish ishlari boshlandi. Qaysi ko‘chalar asosiy hisoblanadi?

Toshkent hokimi 10 kun ichida poytaxtning asosiy ko‘chalaridagi barcha chuqurlarni to‘liq bartaraf etish yuzasidan topshiriq berdi. Shaharda jami 76 ta shunday ko‘cha bor — ta’mirlash jarayonida ustuvorlik dastavval aynan shu ko‘chalarga beriladi. Raqamli rivojlanish departamentining ma’lum qilishicha, «Xalq nazorati» portaliga ariza topshirish orqali ta’mirlash ishlarini tezlashtirishga yordam berish mumkin.

15 aprel 2022, 13:06

Dam olish kunlari issiq bo‘ladi

Dam olish kunlari havo harorati kun davomida +35 darajagacha ko‘tariladi, bu aprel oyining o‘rtalaridagi me’yordan 6−8 darajaga yuqori. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat shimoliy hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

15 aprel 2022, 13:02

Toshkentdan Bishkekka avtobus qatnovi qayta yo‘lga qo‘yilmoqda

15 apreldan Toshkent va Bishkek o‘rtasida avtobus qatnovi qayta tiklanmoqda.

15 aprel 2022, 11:01

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Hukumat qarori bilan yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar BHMning 10 foizi (27 ming so‘m) miqdorida rag‘batlantiriladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting