Jamiyat

15 dekabr 2021, 12:07

Qashqadaryodagi qishloq hududida yer tagidan chiqayotgan tutun yuzasidan izoh berildi

Chiroqchi tumandagi Xo‘ja Abdujabbor qishlog‘ida yer ostidan olov va tutun chiqayotgani haqidagi xabarlarga Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, ushbu holat yer ostida qolib ketgan qamishlar qizishi va chirishi natijasida yuzaga kelgan. Holat geologlar yordamida o‘rganilmoqda.

15 dekabr 2021, 10:34

«Qizil kitob» ga kiritilgan jayron va quyonlarni ovlagan shaxslarga jinoyat ishi ochildi

Qoraqalpog‘istonda to‘rt kishi «Qizil kitob» ga kiritilgan 14 ta jayron va 5 dona yovvoyi qo‘yonni ovlagani aniqlandi. Ular tabiatga 190 mln so‘mlik zarar yetkazgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

15 dekabr 2021, 10:25

Noyabrda aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari keskin oshdi. Bunga nima sabab bo‘ldi?

Kelgusi 12 oy uchun aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari mos ravishda 16,5 foiz va 15,6 foizgacha oshdi. Respondentlar yoqilg‘i narxlarining oshishi va so‘mning qadrsizlanishini umumiy narxlar darajasining kutilayotgan o‘sishiga ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida keltirmoqda.

14 dekabr 2021, 21:58

14 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Rossiyadagi mehnat migrantlari topayotgan daromad,"Qo‘yliq" ma’muriyatining bozor buzilishi haqidagi xabarlarni rad etgani, o‘zbekistonlik sportchining Moskvadagi turnirda ommaviy janjalga sabab bo‘lgani, prokuratura kesilgan daraxtzor uchun to‘langan 1,89 mlrd so‘mni Ekoqo‘mga o‘tkazmagani, «O‘zbekiston pochtasi» rebrendingni boshlagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning 14 dekabrdagi eng muhim xabarlar dayjestida.

14 dekabr 2021, 19:32

Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparat xodimlarining 40 foizini ishdan bo‘shatdi

SSV tibbiyot sohasidagi muammolar tashabbuskor, yangicha fikrlaydigan, professional va ijodkor kadrlarning yetishmasligi bilan bog‘liq, deb hisoblaydi. Shuni hisobga olib, vazirlik markaziy apparati xodimlarining 40 foizi ishdan bo‘shatildi. Ularga quyi bosqichdagi tibbiyot muassasalarida ishlash taklif qilindi. Kadrlar islohoti vazirlikning boshqa bo‘g‘inlariga ham ta’sir qiladi.

14 dekabr 2021, 19:05

Mehnat migrantlari daromadlari ikki tomonlama soliqqa tortilmasligi mumkin

«Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi. Qonun loyihasida mehnat migrantlarining daromadlari ikki tomonlama soliqqa tortilmasligi belgilanmoqda.

14 dekabr 2021, 18:03

«O‘zbekiston pochtasi» rebrendingni boshladi. Pochtani qanday o‘zgarishlar kutmoqda?

«O‘zbekiston pochtasi» kompaniyasi rebrending jarayonini boshlaganini ma’lum qildi. Kompaniya pochta uchun yangi logistika tizimini, o‘zining marketpleysi va to‘lov tizimlarini joriy qilgan. Endilikda mijozlar o‘z jo‘natmalarining holatini onlayn kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Brendning yangi nomi, pochta mijozlari uchun yaratilgan qulayliklar, kutilayotgan o‘zgarishlar haqida «Gazeta.uz» reportajida.

14 dekabr 2021, 16:27

Sirdaryoda fuqaro 20 gektar yerni 70 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi

Sirdaryoda otasining fermer xo‘jaligi yeridan 5 gektarni va uning atrofidagi hujjatsiz yerdan yana 15 gektarni 70 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

14 dekabr 2021, 15:03

Prokuratura kesilgan daraxtzor uchun to‘langan 1,89 mlrd so‘mni Ekoqo‘mga o‘tkazmadi — deputat

2020 yil fevral oyida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi 81 tup daraxt kesilgani uchun quruvchidan qariyb 2 milliard so‘m undirilgan edi. Departament bu pullarni Ekologiya davlat qo‘mitasiga o‘tkazishi kerak edi, biroq haligacha o‘z hisobida saqlab kelmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev ma’lum qildi. Biroz vaqt o‘tgach, u o‘z postini o‘chirib tashladi.

14 dekabr 2021, 14:53

Moskvadagi turnirda o‘zbekistonlik sportchi ommaviy janjal kelib chiqishiga sababchi bo‘ldi

Moskvada bo‘lib o‘tgan WEF ligasi turnirida o‘zbekistonlik sportchi jang boshlanmasdan oldin qirg‘izistonlik raqibiga zarba bergani ommaviy mushtlashuv kelib chiqishiga sababchi bo‘ldi.

14 dekabr 2021, 13:00

Yangi yilni President mahsulotlari bilan kutib olish mumkin

President brendi assortimentini kengaytirib, xaridorlarni sifatli pishloq, sariyog‘, qaymoq va tvorog bilan ta’minlamoqda.

14 dekabr 2021, 12:27

Toshkent viloyatida «daftar» larda turgan yoshlarga 5531 gektar yer ajratiladi

Toshkent viloyatida «daftar» larda ro‘yxatda turgan 38 mingdan ortiq yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida 15 ta tumandan jami 5531 gektar yer maydoni ajratiladi.

14 dekabr 2021, 11:57

“Qo‘yliq” ma’muriyati bozor buzilishi yoki ko‘chishi haqidagi xabarlarni rad etdi

“Qo‘yliq” dehqon bozori direktori o‘rinbosari Qodirjon Normirzayev bozor buzilishi yoki ko‘chishi haqida xat yoki og‘zaki topshiriq berilmaganini, shu bois u buzilmasligini ma’lum qildi. Biroq, sotuvchilar va ishchilar Food City`ga ko‘chish, aks holda ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirish xatlarini olishgan. Ma’muriyat esa bundan xabari yo‘qligini aytmoqda.

14 dekabr 2021, 09:51

«Taxtaqoracha» dovonida transport harakati tiklandi

Kuchli qor yog‘ishi tufayli transport harakati vaqtincha cheklangan Samarqand va Qashqadaryoni bog‘lovchi «Taxtaqoracha» dovoni seshanba kuni ertalabdan qayta ochildi.

14 dekabr 2021, 09:28

Rossiyadagi mehnat migrantlari oyiga o‘rtacha 47,1 ming rubl ishlab topadi — RMF

Rossiya migrantlar federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatdagi mehnat migrantlarining o‘rtacha oylik daromadi 47,1 ming rublni (6,9 mln so‘m) tashkil etadi. Rus tilini bilish darajasiga qarab, ish haqi 12 ming rublgacha farq qilishi mumkin. Migrantlar uchun qurilish hamda transport-logistika tarmoqlari eng daromadli deb topilgan. Eng kam ish haqi esa qishloq xo‘jaligi va maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan muhojirlarga to‘lanadi.

13 dekabr 2021, 23:47

9 oyda 3 mlndan ortiq o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishlash uchun borgan

Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida 3 mlndan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaga ishlash uchun borgan. Yana 60 ming nafar o‘zbekistonliklar Rossiyaga ta’lim olish maqsadida ketishgan.

13 dekabr 2021, 22:00

13 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda yo‘lkiraning oshishi, Nurafshondagi qurilish bekor qilingani, Toshkent shahridagi harbiy shaharcha auksionda sotilgani, import tovarlarga nisbatan tarif kvotalarini qo‘llashning salbiy oqibatlari va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning 13 dekabrdagi eng muhim xabarlar dayjestida.

13 dekabr 2021, 21:22

Transport kartasi bo‘yicha harakatlanishlar soni cheklanmaydi — Transport boshqarmasi

Toshkent shahar jamoat transportida transport kartasi bilan harakatlanishlar soniga cheklov o‘rnatish rejalashtirilmayapti, deb ma’lum qildi poytaxt Transport boshqarmasi rahbari Anvar Jo‘rayev.

13 dekabr 2021, 17:54

Rossiyada UzAuto Motors avtomashinalari yuklangan avtotreylerda yong‘in chiqdi — video

12 dekabr kuni Moskva viloyati hududida UzAuto Motors avtomobillarni mijozga yetkazayotgan avtotreylerda yong‘in chiqdi. Alanga avtotreyler kabinasidan avtomobillar yuklangan treylerga tarqalgan. Natijada 8 ta avtomobildan 3 tasi zarar ko‘rgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

13 dekabr 2021, 16:36

Samarqand va Qashqadaryoni bog‘lovchi dovon harakat uchun yopildi

Ob-havo o‘zgarib, qor yog‘ayotgani tufayli Samarqand va Qashqadaryoni bog‘lovchi «Taxtaqoracha» dovoni tansport vositalari harakati uchun vaqtincha yopildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting