Jamiyat

8 aprel 2021, 08:46

To‘rt avtomobil ishtirokidagi YTHda ikki kishi jarohatlandi

Chorshanba kuni Yakkasaroy tumanida samarqandlik fuqaro boshqaruvidagi Lacetti Spark va Matiz mashinalari bilan to‘qnashadi. Oqibatda Matiz ag‘darilib, qarshisida turgan avtobusga urilgan. Ikki avtomobil yo‘lovchilari tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

7 aprel 2021, 22:00

Toshkentdagi manzillar bilan bog‘liq muammolar

Shahar — bu ko‘chalar, binolar, bog‘lar va boshqa ob’ektlardan tashkil topgan murakkab mexanizm. Bu ob’ektlarning barchasiga o‘ziga mos nom berish kerak. Bu uchun aholi punktlariga manzillar reyestri kerak. Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti mutaxassisi Anvar Djabbarov manzillar reyestri nima ekanligi va poytaxt manzillari bilan bog‘liq muammolar haqida gapirib beradi.

7 aprel 2021, 20:03

726 ta mahallada uy xo‘jaliklari o‘rganiladi

Statistika qo‘mitasi va YUNISEF ayollar, bolalar va uy xo‘jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ishni boshladi. Kuzatuvlar 726 ta mahallada olib borilib, 4 oy davom etadi.

7 aprel 2021, 18:36

Farg‘ona vodiysi osmonida yorqin chaqnoq qayd etildi

Andijon va Namangan viloyatlarida seshanba kuni osmonda yorqin chaqnoq qayd etildi. Mazkur hodisa Qirg‘iziston hududidan ham ko‘rindi. Ulug‘bek nomidagi astronomiya instituti hodisaga izoh berdi.

7 aprel 2021, 16:55

Hisob palatasi 2020 yilda 671 mlrd so‘mlik talon-torojlik holatlarini aniqlagan

2020 yilda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida davlat byudjeti va jamg‘armalari hisobidan ajratilgan 671,3 mlrd so‘mlik mablag‘lar noqonuniy xarajatlar va o‘zlashtirishlar aniqlangan. Jumladan, o‘tgan yil davomida Halq ta’limi vazirligi muassasalarida 192,2 mlrd so‘mlik moliyaviy xatolik va o‘zlashtirish holatlari kuzatilgan.

7 aprel 2021, 16:06

«Bu qo‘ylar hali Nyu York Taymsda chiqadi» — Twitter foydalanuvchilari qo‘ylar «mitingga chiqqani» haqida

Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi mahalla aholisi norozilik sababli deyarli 1500 bosh qo‘yni tuman hokimligi binosiga haydab keldi. Twitter tarmog‘ida ushbu holat yuzasidan turli xil fikrlar bildirildi. «Gazeta.uz» ushbu tvitlardan eng qiziqlarini to‘pladi.

7 aprel 2021, 15:41

Nurobodda norozi aholi qo‘ylar podasini tuman hokimligi binosiga haydab kelgan

Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi mahalla aholisi deyarli 1500 bosh qo‘y tuman hokimligi binosiga haydab kelingan. Bunga ularning qo‘y boqish uchun ajratilgan yer maydonida fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan 4 mingdan ziyod chorva mollari boqilgayotganidan norozi bo‘lishi sabab bo‘ldi.

7 aprel 2021, 14:35

YeOII doirasida O‘zbekiston farmatsevtikasi uchun ijobiy va salbiy tomonlar haqida Sardor Qoriyev

«Bu kabi integratsiya, globalizatsiya bor ekan mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash biroz qiyin», dedi O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi rahbari Sardor Qoriyev YeOII integratsiyalashuvning kamchiliklari haqida. Plyus jihatlari orasida u «katta bozor», deya ta’kidladi u.

7 aprel 2021, 13:53

Effect.uz jurnalistlari sud binosidagi voqeadan keyin qidiruvga berildi

Effect.uz saytining ikki muxbiri yanvar oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudidagi hodisadan so‘ng qidiruvga berilib, sirtdan hibsga olindi. Ular hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish va tergovga yoki sud ishlarining hal qilinishiga xalaqit berganlikda sirtdan ayblanmoqda. O‘z navbatida, nashr rahbari xodimlarining biriga chaqiruv qog‘ozi kelmagani, biri ikki marta prokuraturaga borganini ma’lum qildi. Hodisa tafsilotlari.

7 aprel 2021, 13:13 1

Qashqadaryoda shifoxonaga ishga joylashini aytib, 11 nafar fuqaroni aldagan shaxslar ushlandi

Qashqadaryo viloyatida ona va bola Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxona va poliklinikalarga 11 nafar fuqaroni ishga joylashini aytib, ulardan 4300 dollar olgan. Bundan tashqari, tibbiyot birlashmalariga rahbarlariga qo‘ng‘iroq qilib, mazkur fuqarolarni ishga olishini talab qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

7 aprel 2021, 12:17

Toshkentda tashqi reklama obyektlariga moratoriy e’lon qilindi

Toshkent shahrida tashqi reklama obyektlarini joylashtirish, o‘rnatish, o‘zgartirish va pasportlarining berilishiga moratoriy e’lon qilindi. Ushbu taqiq 1-apreldan 31-dekabrga qadar amal qiladi va u tashqi reklama konstruksiyalarida joylashgan reklamaga taalluqli emas.

7 aprel 2021, 12:13

17 maydan «Haj» va «Umra» safariga ruxsat berilishi mumkin — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Kamilov 17 may sanasidan «Haj» va «Umra» safarlariga ruxsat berilishi mumkinligini qayd etdi. U safar masalasi Saudiya Arabistonidagi epidemiologik vaziyat barqarorlashishiga bog‘liqligini qo‘shimcha qildi.

7 aprel 2021, 11:41

Toshkentdan Moskvaga muntazam aviaqatnovlar har shanba kuni

Uzbekistan Airways 2021 yilning aprel oyidan boshlab, har shanba kuni Toshkent — Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar qayta joriy etilishi haqida xabar berdi.

7 aprel 2021, 11:32

Maktablardagi muammolarni yuzimizga solish o‘rniga, yordam beradigan rahbarlar ko‘payaversin — xalq ta’limi vaziri

Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha, maktablardagi muammolarni hal etish o‘rniga, «ba’zilar o‘zini ko‘rsatishga harakat qilishdan nariga o‘ta olmayapti». U prezident topshiriqlarini to‘g‘ri tushungan rahbarlar byudjetdan tashqari mablag‘larni topib, maktablarga yordam berishga harakat qilishini aytdi.

7 aprel 2021, 11:16

Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi tashkil etildi

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va xorijdagi O‘zbekiston madaniy boyliklarni o‘rganish markazi asosida Madaniy meros agentligi tashkil etildi.

7 aprel 2021, 09:47

O‘zbekistonda 2021 yilning birinchi choragida 9213 ta ajrim qayd etildi

O‘zbekistonda 2021 yilning birinchi choragida 9213 ta ajrim qayd etildi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, eng ko‘p holat Toshkent shahrida, eng kam ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘istonda ro‘yxatga olingan.

6 aprel 2021, 18:39

O‘zbekistonda 1 km yo‘lni qurish narxi 950 ming dollarni tashkil etadi — Abdurahmon Abduvaliyev

O‘zbekistonda 1 km yo‘lni qurishning eng qimmat narxi 950 ming dollarni tashkil etishi ma’lum qilindi. Mazkur narxga o‘tish yo‘laklari, lotoklar va boshqalarni ta’mirlash hamda o‘rnatish ham kiradi. «Lekin dunyoda hech kim bunaqa summada yo‘l qurmaydi», — dedi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi.

6 aprel 2021, 16:09

Yoshlar ittifoqi raisi Sergeli tumani hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Akmal Jumaboyev Toshkent shahar Sergeli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi sifatida faoliyat olib borgan.

6 aprel 2021, 14:56

Toshkentda aviachipta sotuvchi operatorlar 130 ming dollarni talon-toroj qilishdi

Toshkentda aviachipta sotuvchi operatorlar aviachiptalar sotuvidan tushgan 771,2 mln so‘m va 58,7 ming AQSH dollarini kirim qilmasdan talon-toroj qilishganliklari aniqlangan.

6 aprel 2021, 12:19

Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan 493 mln so‘m talon-toroj qilindi

Toshkent viloyatidagi 3 ta shahar va 3 ta tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan 500 mlnga yaqin pul mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting