Jamiyat

31 oktabr 2019, 19:29

Qarshidagi mahallada ichimlik suvi isrof bo‘lmoqda

Bir oy oldin Qarshi shahridagi «Nuriston» mahallasida ichimlik quvi quvuri teshilgan. Mahalla ahli mutasaddilarni beparvolikda aybladi.

31 oktabr 2019, 19:17

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Saxi Saparmuxamedovich Annaklichev Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

31 oktabr 2019, 18:29

Samarqandda yetim bolani kaltaklanganlar qo‘lga olindi

Samarqandda yetim bolaning kaltaklangani tasvirlangan video yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bolaning onasi qarindoshlariga uni tarbiyalab qo‘yish maqsadida kaltaklatgani ma’lum bo‘ldi.

31 oktabr 2019, 18:19

Navoiy shahrida pista po‘chog‘i va sigareta qoldig‘ini tashlagan fuqarolar jarimaga tortilmoqda

Navoiy shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi xodimlari tomonidan shahar markaziy ko‘chalarida tezkor reyd tadbirlari o‘tkazildi va ikki kishiga jarima qo‘llanildi.

31 oktabr 2019, 17:41

To‘raqo‘rg‘onlik o‘quvchi qizning o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgani haqidagi xabar rad etildi

«O‘zini Sirdaryoga tashlamoqchi bo‘lgan qiz qutqarib qolindi» sarlavhali xabar To‘raqo‘rg‘on tuman XTB tomonidan o‘rganib chiqildi. Qiz otasini ko‘rgani ketayotib, Sirdaryo ko‘prigi ustida to‘xtagan, ammo uning niyati suvga tashlash bo‘lmagan.

31 oktabr 2019, 17:29

Milliy gvardiyaga bo‘ysunmaslik uchun jarima jazosi tayinlandi

Milliy gvardiya xodimiga bo‘ysunmaslik va bunga ommaviy da’vat qilish jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa sabab bo‘lishi mumkin.

31 oktabr 2019, 16:59

Sobiq «Abu Saxiy» bozoridagi janjalda yuk tashuvchi halok bo‘ldi

Sobiq «Abu Saxiy» bozorida besh nafar yuk tashuvchi o‘rtasidagi janjalda biri boshqasini metal polyuvgich dastasi bilan urib o‘ldirdi.

31 oktabr 2019, 16:16

Toshkent IIO FMBlari «odam taniydigan» kameralar o‘rnatilgan avtobuslarga ega bo‘ldi

Toshkentdagi to‘qqizta IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ko‘rish burchagi 360 darajali «odam taniydigan» kameralar o‘rnatilgan avtobuslarga ega bo‘ldi.

31 oktabr 2019, 16:00

IIB xodimi dastlab qoida buzgan, so‘ng avariya holatini yuzaga keltirgan video tarqatildi

Toshkent shahrida IIB xodimining xizmat mashinasida dastlab qoida buzgani, so‘ng avariya holatini yuzaga keltirgani tasvirlangan video tarmoqqa joylandi.

31 oktabr 2019, 14:21

Toshkentdagi YTHda bir o‘smir o‘ldi

Poytaxtning Yashnobod tumanida uchta mashina to‘qnashuvi natijasida 19 yoshli o‘smir yo‘lovchi o‘ldi, haydovchilardan biri jarohatlandi.

31 oktabr 2019, 14:04

«Ahmadboy» ishi bo‘yicha uchinchi sud yakunlandi

Ahmad Tursunboyevga qarshi jinoyat ishi bo‘yicha uchinchi sud jarayonida 230 dan ziyod jabrlanuvchilar ko‘rsatmalari tinglandi. Sudlanuvchi yana aybdor deb topildi.

31 oktabr 2019, 13:22

Kun davomida ikki marta metroda poyezd harakati to‘xtatilishi kuzatildi

Toshkent metropolitenida texnik sabab va shubhali ob’ekt qoldirilishi natijasida poyezdlar harakati jadvalidan chiqish holati kuzatildi.

31 oktabr 2019, 13:06

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi tashkil etildi

Prezident qarori bilan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etildi.

31 oktabr 2019, 12:56

O‘t o‘chiruvchilar Toshkentda ikki kishining hayotini saqlab qoldi

Yunusobod tumani 15-dahasidagi ko‘pqavatli uyda mast holda sigareta chekib, uxlab qolish natijasida yuzaga kelgan yong‘indan ikki kishi qutqarildi.

31 oktabr 2019, 12:48

Markaziy harbiy okrugda yosh harbiy xizmatchilar uchun maxsus amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Markaziy harbiy okrugida joylashgan Jizzax viloyatidagi harbiy qismlarning birida yosh harbiy xizmatchilar bilan uch kunlik namunadagi maxsus amaliyot mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.

31 oktabr 2019, 12:42

Patrul-post xizmati mashinasi bilan yuzaga kelgan vaziyat IIV tomonidan o‘rganib chiqildi

«PPX» xodimlariga hamma narsa mumkin degan video bu" nomi bilan tarqalgan videotasvir IIV Patrul-post xizmati va Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

31 oktabr 2019, 12:30

O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi tasdiqlandi

Prezident farmoni bilan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi tasdiqlandi.

31 oktabr 2019, 11:53

Davlat madaniyat muassasalari xodimlarining ish haqi miqdori o‘zgardi

Madaniyat muassasalari xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari qayta hisoblab chiqildi va 2019 yil 1 avgustdan ularga ish haqi yangilangan miqdorda to‘lanadi.

30 oktabr 2019, 23:44

Toshkent viloyatida oqava suvlarni Chirchiq daryosiga to‘kilishiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyatida ekonazorat inspektorlari Quyichirchiq obodonlashtirish boshqarmasi avtotransportdan oqava suvlarni Chirchiq daryosiga quyilishining oldi olindi.

30 oktabr 2019, 21:50

Qashqadaryodagi YTHda 1 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlandi

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida «UAZ» yo‘ldan chiqib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting