Jamiyat

30 avgust 2021, 16:21

Toshkent viloyatida deputatlar va IIB xodimlari o‘rtasida tortishuv kelib chiqdi. Ikki tomon vaziyatni turlicha izohlamoqda

Toshkent viloyatida mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida deputatlar va IIB xodimlari o‘rtasida tortishuv kelib chiqdi. Viloyat IIBB ma’lumotiga ko‘ra, mojaroga xalq vakillari tadbirga niqobsiz kelganligi sabab bo‘lgan. Deputatlar esa 50 nafarga yaqin yosh bola va ularning ota-onalari bayramga kiritilmagani, yana bir ayolga kuch ishlatilgani hamda deputatning daxlsizlik huquqi buzilganini aytishmoqda.

30 avgust 2021, 15:01

Hafta davomida issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Dushanba va seshanba kunlari yoz oylaridek issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Sentyabrning dastlabki 5 kunligida Eron hududlaridan yana issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati +36…+39 darajagacha ko‘tariladi.

30 avgust 2021, 12:34

G‘ofur Rahimov homiyligida Quyichirchiqda STEM fanlariga ixtisoslashgan maktab ochildi

Tadbirkor G‘ofur Rahimov homiyligida Quyichirchiq tumanidagi 45-maktabning eski binosi o‘rnida STEM fanlariga ixtisoslashgan ta’lim maskani bunyod etildi. 600 o‘ringa mo‘ljallangan maktab zamonaviy jihozlar va so‘nggi axborot texnologiyalari bilan jihozlangan.

30 avgust 2021, 12:01

Sirdaryoda 9,2 mlrd so‘mlik noqonuniy mayning-ferma faoliyatiga chek qo‘yildi

Huquqni muhofaza qilish organlari Sirdaryo viloyatida kripto-aktiv qurilmalaridan noqonuniy foydalanish holatini aniqladi. Koreya va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan 3 nafar gumondor 9,2 mlrd so‘mlik 3529 dona kompyuter qurilmasidan va 265,2 mln so‘mlik elektr energiyadan qonunga zid ravishda foydalanib kelganligi aytilmoqda.

30 avgust 2021, 09:39

Rasul Kusherbayev aeroportda rasmga tushish mumkin emasligini tanqid qildi

O‘zbekistonda 2016 yildan boshlab samolyotlarda suratga olish taqiqlangan. Shuningdek, yo‘lovchilarga orqa fonda samolyot bilan suratga tushishga ham taqiq mavjud. 2018 yildan boshlab mamlakatda jamoat joylarida, jumladan, Toshkent teleminorasida va metroda erkin suratga olishga ruxsat berilgan. Deputat Rasul Kusherbayev samolyot fonida rasmga tushish mumkin emasligini tanqid qildi.

30 avgust 2021, 02:14

O‘zbekistonga 90 ming doza «Sputnik V» vaksinasi keltirildi

Dushanba kuni O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining 90 ming dozalik ikkinchi komponenti olib kelindi. U vaksinaning birinchi komponentini qabul qilgan fuqarolarni ikkinchi bosqichda emlashga mo‘ljallangan.

29 avgust 2021, 20:30

«Yangi O‘zbekiston» bog‘i orqali o‘tgan yo‘lda harakat cheklanadi

«Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Mustaqillik bayrami nishonlanishi munosabati bilan Toshkentni Chimyon bilan bog‘lovchi yangi yo‘lda 31 avgustdan 2 sentyabrgacha transport harakati cheklanadi.

29 avgust 2021, 18:54

Toshkent-3 aeroporti o‘z faoliyatini qayta tiklaydi

Afg‘onistondan amalga oshirilgan evakuatsiya reyslariga xizmat ko‘rsatish uchun 19 avgust kuni yopilgan Toshkent-3 mahalliy reyslar aeroporti 31 avgustdan o‘z faoliyatini tiklamoqda

29 avgust 2021, 15:24

Bir guruh chiroqchiliklar prokuror bilan uchrashish uchun g‘alayon ko‘targaniga izoh berildi

Chiroqchida qo‘shni homilador ayolni zo‘rlamoqchi bo‘lganida ayol tomonidan pichoqlab o‘ldirilgan marhumning yaqinlari prokuror bilan uchrashish maqsadida to‘palon ko‘targani ma’lum qilindi. Bosh prokuratura mazkur yig‘ilish aslida IIO tomonidan aholi vakillari bilan mast holda o‘g‘lini o‘ldirgan ota bilan bog‘liq jinoyat ishini muhokama qilish uchun tashkil etilganini bildirdi.

29 avgust 2021, 13:24

Hafta boshida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

30 avgust kuni Toshkent shahri, Toshkent viloyati va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

29 avgust 2021, 12:56

Devorlarda giyohvand moddalarni reklama qilgan shaxslar ushlandi

Toshkentda Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida uylarning devorlariga giyohvand moddalarni reklama qilgan yozuvlarni yozgan uch fuqaro qo‘lga olindi. Tekshiruvlarda jami 62 ta yozuv aniqlandi.

28 avgust 2021, 17:00

«Osten» liftlari EOII sertifikatini oldi

Sertifikat yo‘lovchi va yuk-yo‘lovchi liftlarining xavfsizlik talablari nuqtai nazaridan Yevropa standarti talablariga muvofiqligini tasdiqladi.

28 avgust 2021, 14:43

Xitoy-o‘zbek vaksinasining III faza tadqiqotlari natijalari e’lon qilindi

Juma kuni ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining III faza tadqiqotlari natijalarining dastlabki statistik tahlili e’lon qilindi. Unga ko‘ra, vaksina barcha shtammlar uchun umumiy 81,7% samaradorlikni namoyish etgan. Innovatsion rivojlanish vazirligi bayonotiga ko‘ra, «klinik tadqiqotlar natijasi vaksina aholiga koronavirus yuqishining oldini olishda samarali ekanini tasdiqlagan».

28 avgust 2021, 13:14

Minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalaniladi

Hukumat qarori bilan 2022 yildan oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etishda qo‘llaniladigan va jon boshiga to‘g‘ri keladigan bir oylik daromad mezoni minimal iste’mol xarajatlariga tenglashtiriladi.

28 avgust 2021, 11:45

Farg‘onada tug‘ruqxona shifokorini kaltaklagan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘onada tug‘ruqxona shifokorini kaltaklagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zgatilib, u protsessual tartibda ushlandi. U avvalroq, surunkali ravishda intizomni buzgani uchun ichki ishlar organlaridan haydalgani aytilmoqda.

28 avgust 2021, 11:11

27 avgust kuni 829 kishi koronavirusga chalindi, 8 nafar bemor vafot etdi

Juma kuni O‘zbekistonda 829 kishi COVID-19 bilan kasallandi, 857 nafar bemor esa tuzaldi. Davolanayotgan bemorlarning 8 nafari olamdan o‘tdi. Qolaversa, shu kuni 334 kishida pnevmoniya aniqlangan, bemorlarning 4 nafari vafot etgan.

28 avgust 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: maffinlar

Rezavor mevali, quyultirilgan sut va tvorogli, shokoladli — Zira.uz mazali maffinlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

27 avgust 2021, 20:04

Farg‘onada erkak kishi shifokor ayolning sochidan tortib, kuch ishlatdi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida erkak tug‘uruqxona hamshirasining sochidan tortib, kuch ishlatdi. Mazkur holatga erkakning nevarasining o‘limi sabab bo‘lgani aniqlandi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

27 avgust 2021, 18:11

Forish poligonida o‘tkazilayotgan ArMI-2021 musobaqalarida O‘zbekiston peshqadamlik qilmoqda

Markaziy harbiy okrugning Forish poligonida Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan «Harbiy tibbiy estafeta» va «Dala oshxonasi» musobaqalari davom etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi vakillari boshqa mamlakatlarda o‘tkazilgan o‘yinlarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

27 avgust 2021, 17:51

Toshkent viloyati va poytaxt chegaralari o‘zgartirildi

Oliy Majlis Senatining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatining 7853,3 gektar yer maydoni Toshkent shahriga, poytaxtning 171,3 gektar yeri Toshkent viloyatiga o‘tkazilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting