Jamiyat

17 sentabr 2021, 12:11

Toshkentda “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zoligida gumon qilingan 12 kishi ushlandi

Toshkent shahar IIBB Toshkent shahrida “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zolari sifatida gumon qilingan shaxslar ushlanib, qamoqqa olinganini ma’lum qildi. Hozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

17 sentabr 2021, 11:09

O‘zbekiston MDH davlatlari aholisi bandligi bo‘yicha bitimni tasdiqladi

Prezident MDH ishtirokchi-davlatlari aholisi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha Bitimni tasdiqlash bo‘yicha qarorni imzoladi. Shartnoma norasmiy bandlikni qisqartirish bo‘yicha samarali hamkorlikni amalga oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

17 sentabr 2021, 10:17

Toshkent-Kiyev aviaqatnovi tiklanmoqda

«Uzbekistan Airways» 26 sentabrdan Toshkent — Kiyev — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni tiklamoqda. Qatnovlar 6 yildan buyon amalga oshirilmayotgan edi.

16 sentabr 2021, 22:23

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati YUNESKO butunjahon biosfera qo‘riqxonalari tarmog‘iga kiritildi

Yo‘qolib ketish arafasida turgan Buxoro kiyiklari yashayotgan Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati YUNESKO butunjahon biosfera qo‘riqxonalari tarmog‘iga kiritildi.

16 sentabr 2021, 21:12

16 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning Emomali Rahmon bilan uchrashuvi, Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasini qurilishi, YHX xodimlarining yangi namunadagi formasi tasdiqlanishi — “Gazeta.uz"ning 16 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

16 sentabr 2021, 20:29

Abituriyentlarning qariyb 36 foizi o‘tish bahosini to‘play olmagan

2021 yilda qariyb 893 ming abituriyent OTMlarga imtihon topshirdi, ulardan 319 ming nafari (36% ga yaqini) 56,7 ball to‘play olmadi. Eng yomon ko‘rsatkichlar Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida qayd etildi.

16 sentabr 2021, 16:39

YHX xodimlarining yangi namunadagi formasi tasdiqlandi

Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining yangi namunadagi formali kiyim-boshi tasdiqlandi. IIV tizimidagi orkestrlar hamda namunaviy ashula va raqs ansambli kiyim-kechak mulklari bilan ta’minlash me’yorlariga ham o‘zgartirishlar kiritildi.

16 sentabr 2021, 14:25

Kattaqo‘rg‘onda soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari o‘limi bo‘yicha 2 kishi qamoqqa olindi

Iyun oyida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari YPX xodimlari tomonidan qo‘lga olinish paytida vafot etgan edi. Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi va 2 nafar shaxsga «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuborilgan.

16 sentabr 2021, 11:46

«Amirsoy» da 700 tup daraxtlar kesilishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bo‘stonliq tumanidagi «Amirsoy» kurort zonasida 700 tup atrofidagi qimmatbaxo daraxtlarni kesib tashlagani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tabiatga yetkazilgan zarar 1,9 mlrd so‘m etib baholanmoqda.

16 sentabr 2021, 10:46

Turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun soliq bo‘yicha yengilliklar berildi

Prezident Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari foyda solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.

15 sentabr 2021, 22:17

Avvalroq zaharlangani aytilgan qo‘qonlik bloger Iqbol Komiljonov vafot etdi

Facebook’dagi «Qo‘qonjonim» guruhi ma’murlaridan biri, bloger Iqbol Komiljonov vafot etdi. Avvalroq uning zaharlangani va og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Farg‘ona viloyat KTTM bosh shifokori bu kabi xabarlarni asossiz deb atab, bemorda zaharlanish alomatlari bo‘lmaganini ta’kidladi.

15 sentabr 2021, 21:30

15 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi chiqarilgan qonunlar, O‘zbekiston delegatsiyasining toliblar bilan uchrashuvi, tonirovka narxining 10 foizga pasaytirilishi — “Gazeta.uz"ning 15 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

15 sentabr 2021, 20:27

Toshkentda “Hizb ut-Tahrir” a’zolari sifatida gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi — IIV

Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahrida “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zolari sifatida gumon qilingan shaxslar qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ushbu shaxslar muqaddam mazkur tashkilot safida sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan shaxslar hisoblanadilar. Hozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

15 sentabr 2021, 18:26

1 mln AQSh dollari ko‘rinishidagi kupyurani sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

1988 yilda ishlab chiqarilgan 1 mln AQSh dollari ko‘rinishidagi yaxlit kupyurani boshqa bir shaxsga 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

15 sentabr 2021, 17:44

Farg‘onada ikki guruh ishtirokidagi janjal joyidan pichoq va qilichlar topildi

Farg‘onada yigirmaga yaqin yigitlar ishtirokidagi janjal organ xodimlari tomonidan to‘xtatildi. Voqea joyidan pichoqlar, qilichlar va giyohvandlik vositalari topilgan. 8 nafar shaxs protsessual tartibda ushlanib, 9 nafar shaxslar 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortildi.

15 sentabr 2021, 17:11

Yagona portal orqali «tonirovka»ga ruxsatnoma olish boshlandi

YAIDXPda avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga («tonirovkaga») ruxsatnoma olish xizmati yo‘lga qo‘yildi. 1 oktabrdan boshlab ruxsatnoma faqat onlayn tarzda beriladi (narxi 10 foizga pasaytirilgan). U elektron va qog‘oz shaklda taqdim etilishi mumkin.

15 sentabr 2021, 15:57

Toshkentda issiq suv o‘chiriladi (jadval)

Toshkentda 13 sentabrdan issiq suvni besh kunlik rejali o‘chirish boshlandi. Jarayon 8 oktabrgacha davom etadi.

15 sentabr 2021, 13:58

«Buncha katta „dux“ qayerdan paydo bo‘ldi?» — Rasul Kusherbayev «Amirsoy» da 700 tup daraxtlar kesilishi haqida

Deputat Rasul Kusherbayev Bo‘stonliq tumanidagi «Amirsoy» kurort zonasida 700 tup atrofidagi qimmatbaxo daraxtlarni kesib tashlaganini «hech narsa bilan oqlab bo‘lmasligini» ta’kidladi. «Shuncha gapdan keyin ham har xil baxonalar bilan daraxtkesarlik davom etmoqda. Buncha katta „dux“ qayerdan paydo bo‘ldi?», — deb yozadi deputat.

15 sentabr 2021, 13:23

Sho‘rchi tumani hokimi soxta hujjat asosida qurilish uchun yer ajratgan, natijada 160 tupdan ortiq tut daraxti kesib tashlandi

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida 160 tupdan oshiq tut daraxti kesib tashlangan va tutzor bog‘ o‘rnida qurilish boshlangan. O‘rganishlarga ko‘ra, tuman hokimligi soxta hujjatga asoslanib, ushbu hududni avtobus bekati va shahobcha qurish uchun ajratish bo‘yicha qaror chiqargan. Hozirda qurilish to‘liq to‘xtatilgan.

15 sentabr 2021, 12:23

Dron yordamida olingan eng yaxshi fotosuratlar e’lon qilindi

Har yili o‘tkaziladigan aerosuratlar (havoda olingan suratlar) bo‘yicha Drone Photo Awards xalqaro tanlovining natijalari e’lon qilindi. Tanlovda «Shahar», «Tabiat», «Odamlar», «Yovvoyi dunyo», «To‘y» singari turli kategoriyalar mavjud. «Gazeta.uz» har bir kategoriyadan bir nechta suratlarni taqdim etadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting