Jamiyat

17 aprel 2021, 14:21

O‘zbek olimlarining COVID-19ga qarshi ikki vaksinasi JSST nomzod vaksinalar ro‘yxatiga kirdi

O‘zbek olimlari tomonidan yaratilayotgan ikki vaksina — Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi hamda FA Genomika va bioinformatika markazi vaksinalari Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining nomzod vaksinalar ro‘yxatiga kiritildi. Mazkur ikki vaksina hozirda klinik oldi sinovlaridan o‘tmoqda.

17 aprel 2021, 14:08

«Jasliq»da 100 ga yaqin mahkum saqlanmoqda — huquq himoyachisi

O‘zbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovning Kun.uz'ga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, rasman yopilgani e’lon qilingan Jasliq qamoqxonasi faoliyat yuritishda davom etmoqda. Uning aytishicha, Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash uchun zamonaviy qamoqxona qurilmoqda. «Shu qamoqxona bitsa, hozir Jasliqda olib qolingan mahkumlar u yerga ko‘chirilarkan», — deydi u.

17 aprel 2021, 14:03

Sergeli metro yo‘nalishidagi texnik muammo avvaldan kutilgan edi — metropoliten rahbari

Toshkent metropoliteni rahbari Oybek Xudoyqulov Sergeli yo‘nalishida texnik muammo tufayli poyezdlar harakati to‘xtab qolgani kutilgan voqea bo‘lganligini aytdi. «Havo harorati oshganda relslarning uzayishini biz biluvdik, faqat havo 19−20 gradus bo‘lgani uchun, bu holat bir oydan keyin bo‘ladi deb o‘ylagandik», — dedi u.

17 aprel 2021, 13:53

«Menga sovug‘i ham, issig‘i ham yo‘q» — Qurilish vaziri oila a’zolari aloqador bo‘lgan kompaniya haqida

Qurilish vaziri aksionerlari orasida o‘g‘li va turmush o‘rtog‘i ham bo‘lgan «12-trest»ning davlat xaridlarini tendersiz qo‘lga kiritgani haqidagi xabarlarga izoh berdi. «51 foiz davlat ulushi bo‘lgandan keyin menga uning sovug‘i ham, issig‘i ham yo‘q», — dedi vazir.

17 aprel 2021, 13:25

Kerak bo‘lsa to‘ylarni ham to‘xtatamiz — bosh vazir karantin cheklovlari haqida

Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov karantin cheklovlari kuchaytirilishini ma’lum qildi. «Kerak bo‘lsa to‘ylarni ham to‘xtatamiz», — dedi u. Bundan tashqari, 200−300 kishilik to‘ylar o‘tkazilayotgani va ularda ayrim rahbarlar ham qatnashayotgani tanqid qilindi. Qolaversa, prezidentning yig‘ilishlarni 45 daqiqadan oshirmaslik bo‘yicha bergan topshirig‘iga amal qilmayotgan rahbarlar ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.

17 aprel 2021, 12:57

Aviachiptalar narxining haddan ziyod yuqoriligi yuzasidan senator so‘rovi yuborildi

Aviachiptalar narxining haddan ziyod yuqoriligi yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisiga senator so‘rovi yuborildi. Senat ma’lumotlariga ko‘ra, narx belgilashda fuqarolar tushib qolgan tanlovsiz, murakkab vaziyatdan insofsizlarcha foydalanilmoqda.

17 aprel 2021, 11:41

O‘zbekistonda koronavirusning «Janubiy Afrika» shtammi aniqlangan — bosh vazir

Bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekistonga koronavirusning Janubiy Afrikada aniqlangan shtammi ham kirib kelganini ma’lum qildi. Hukumat rahbari bolalar orasida kasallikning ko‘payyotganiga alohida e’tibor qaratish kerakligini ta’kidladi.

17 aprel 2021, 11:30

18 apreldan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish yanada kuchaytiriladi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish holatlari keskin oshayotganligi sababli, 18 apreldan karantin nazorati kuchaytiriladi, umumiy ovqatlanish muassasalarida va avtobuslarda o‘rinlar 50 foizgacha cheklanadi. Shuningdek, 1 maydan konsert va tomoshalar kabi ommaviy tadbirlarni yopiq madaniyat saroylarida o‘tkazish cheklanadi.

17 aprel 2021, 10:30

Saharlik va iftorlik uchun tavsiya etiladigan taomlar

Zira.uz saharlik va iftorlik uchun mazali va to‘yimli taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

16 aprel 2021, 17:46

Samarqand beshta yo‘nalish bo‘yicha rivojlantiriladi

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi yig‘ilishda shahar kelajagini yanada obod qilish va yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish vazifasini e’lon qildi. U Samarqand viloyatini rivojlantirishning beshta yo‘nalishini, shu jumladan sanoat, transport logistikasi va turizm sohalarini belgilab berdi.

16 aprel 2021, 17:40

Bolalarda tanqidiy fikrlashni qanday rivojlantirish mumkin

Bolalar mehnat bozorida muvaffaqiyatli raqobatlashishi uchun qanday ko‘nikmalar ularning sifatli o‘qishiga yordam beradi? Ota-onalar farzandlarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun qanday usullardan foydalanishlari mumkin? Bola o‘qish vaqtini behuda o‘tkazmasligi uchun qanday qilib uni o‘qishga o‘rgatish mumkin? Bu va boshqa savollarga javoblar Leader School tomonidan tashkil etilgan xalqaro ta’lim mutaxassisi Liliya Muxametshinaning seminarida ko‘tarildi.

16 aprel 2021, 17:30

Rossiyada 330 mingdan ortiq o‘zbekistonlik noqonuniy muhojirlar mavjud

Rossiya ichki ishlar vazirligi 15 iyunga qadar MDH davlatlariga Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan muhojirlarni olib chiqib ketishni talab qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda O‘zbekistondan 332 ming nafar muhojir Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turibdi.

16 aprel 2021, 17:01

18 aprel kuni Toshkentning ba’zi ko‘chalarida transport harakati cheklanadi

Toshkent shahrining ba’zi ko‘chalarida 18 aprel kuni soat 07:30 dan 12:30 ga qadar transport vositalarining harakati cheklanadi.

16 aprel 2021, 15:49

“Daryo” muxbiri IIB xodimining qo‘pol qarshiligiga uchradi

Qarshi shahrida Daryo internet nashri muhbiri Otabek Qo‘ldoshev ish faoliyati davomida IIB xodimining qo‘pol qarshiligiga uchradi. Mazkur holat yuzasidan IIV axborot xizmati izoh berdi.

16 aprel 2021, 15:01

Kimni hisobiga korrupsiya bo‘lyapti? Xalqimiz hisobiga — Shavkat Mirziyoyev

“Davlat nima bilan qudratli? Qonun bilan. Hech kimni bunaqa qilishiga yo‘l qilmaymiz. Bu narsalar bizga saboq bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev mamlakatda kuzatilayotgan korrupsiya holatlari haqida.

16 aprel 2021, 14:41

Dam olish kunlari iliq ob-havo kuzatiladi

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining ko‘p qismida bu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 16−19 aprelda kechalari 9−14 daraja iliq, kunduzi 22−27 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

16 aprel 2021, 14:09

Prezident Paxtachi tumanining nomini o‘zgartirishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Paxtachi tumanidan kelgan onaxon bilan suhbatda shu taklifni bildirdi. «Paxtachi degan nom, masalan, menga yoqmaydi. Nima biz Paxtachi bo‘lib o‘tib ketaveramizmi?», — deydi prezident.

16 aprel 2021, 13:29 1

Toshkentda LGBTga qarshi kurash maqsadida maktab o‘quvchilarining paypog‘i tekshirildi

Toshkentdagi maktablardan birida dars payti bolalarning oyoq kiyimini yechtirib, paypog‘ini kalta yoki uzunligini tekshirilgan. Bloger Shahnoza Soatovaning yozishicha, bunga «LGBT»ga qarshi kurash deb tushugtirish berilgan. «Dars o‘rniga LGBT mavzusini ortiqcha eslatadigan ma’ruzalar kirib bordimi maktablarga?», — deb yozadi u. Xalq ta’limi vazirligining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, vazirlik tizimida bunday topshiriq bo‘lmagan.

16 aprel 2021, 13:22 1

O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov vafot etdi

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori, O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 58 yoshida vafot etdi.

16 aprel 2021, 13:11

Ijro organlari rahbarlarlarining ko‘pi o‘qimagan, saviyasi past — prezident

Shavkat Mirziyoyev so‘nggi vaqtlar nima sababdan yig‘ilishlarda sektor rahbarlar ishdan olinayotganiga izoh berdi. «Eng katta fojia — bilim yo‘q, ko‘p rahbarlar o‘z ustida ishlamaydi, bugungi tahlikali va shiddat bilan o‘tayotgan zamonda xalqning ishonchini oqlamayapti», — dedi davlat rahbari.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting