Tokio-2020 yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan jami 40 nafar toshkentlik sportchining har biri 100 mln so‘m mukofot puli bilan rag‘batlantirildi.
O‘zbekistondagi akademik litseylarda dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlar sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Kosonsoy tumaniga sel kelishi oqibatida yo‘qolgan 7 yoshli bolaning jasadi topildi. Endilikda hodisa oqibatida vafot etganlar soni 9 kishiga yetdi.
Buxoro viloyatining Buxoro tumanida hokimlik zaxirasida turgan 20 sotix bo‘sh yer maydonini 8000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi emlanish va vaksinalar haqida tarqalayotgan gaplarga izoh berdi. «Vaksina olmaslik, uning tarkibi to‘g‘risida bo‘lmag‘ur gaplarni tarqatish durust emas», — deya ta’kidlandi fatvoda. Avvalroq, idora raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov Islom dinida vaksina olishga taqiq yo‘qligi haqida ma’lum qilgan edi.
Juma kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 500 nafardan, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 400 nafardan oshdi. 4 kishi vafot etdi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining bo‘lim boshlig‘i Javohir Qudratov 38 yoshida vafot etdi.
O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi pandemiya munosabati bilan ado etilmaydigan bo‘ldi. O‘rniga uyda Zuho namozini o‘qish tavsiya etildi. Shuningdek, juma namozlari ham vaqtincha o‘qilmaydi.
Shavkat Mirziyoyevning bir qator xorijiy TIV rahbarlarini qabul qilishi, avtokreditlarning 40 foizga oshishi, G‘ijduvonda bir guruh ayollar kredit sababli yo‘lni to‘sib qo‘yishi, Ozarbayjonning O‘zbekistonga 50 ming doza AstraZeneca vaksinasini yuborishi — “Gazeta.uz"ning 16 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Toshkentning Mirobod tumanida 56 yoshli piyodani Tracker avtomobili urib yuborishi oqibatida, piyoda tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etdi.
Buxoroning G‘ijduvon tumanida 15 nafardan ziyodroq ayollar avtotrassani to‘sib qo‘ydi. Buxoro viloyat MTB rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ular bolalar bog‘chasi qurishi kerak bo‘lgan mahalliy tadbirkor bilan kelishib ish qilishgan. Yo‘lni to‘sib qo‘yish aksiyasi natijasida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar qildi viloyat IIB.
Emlashdan oldin PZR test topshirish va antitanachalarga tahlil topshirish kerakmi, emlanganlarda antitanachalar darajasi qanday bo‘lishi kerak, o‘zbek-xitoy vaksinasi koronavirusning «delta» shtammiga qarshi samara beradimi — shu va boshqa savollarga Virusologiya ITI direktori Erkin Musaboyev «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida javob berdi.
Yashnobod tumanida 6000 dollar evaziga fuqaroga O‘sh davlat universitetini 1-kursini tamomlaganligi to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirib berib, keyinchalik o‘qishini Toshkent tibbiyot Akademiyasiga ko‘chirtirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi.
Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo kunduz kunlari +35…+38 darajagacha isiydi. Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu esa sel toshqinlari shakllanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
13 iyul kuni Tenge Bank O‘zbekiston TUNE Consulting IT-kompaniyasi bilan yuridik va jismoniy shaxslarga masofali xizmat ko‘rsatish bo‘yicha omnikanal platformasini ishlab chiqish va joriy qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Toshkentdagi masjidlardan birida janjal ko‘tarib, jamoat tartibini buzgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi. Shuningdek, uning Facebook`dagi sahifasida diniy aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallar borligi gumon qilinib, unga nisbatdan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Namangan viloyatida Nexia rusumli avtomashina yo‘lni kesib o‘tayotgan 7 yoshli piyodani urib yuborgan. Bola tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Ozarbayjondan O‘zbekistonga 50 ming dozadagi SOVID-19`ga qarshi AstraZeneca vaksinasi olib kelindi. Bu Angliya-Shvetsiya kompaniyasining vaksinasi ekanligi ma’lum qilindi.
Shavkat Mirziyoyevning boshqa mamlakatlar yetakchilar bilan uchrashuvi, bloger Otabek Sattoriy ishi, Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti ochilishi — “Gazeta.uz"ning 15 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Iqtisodchi Otabek Bakirov Gruziya jamoat transporti, ekologiyasi hamda svet va gaz tizimi haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 5−6 yil davomida O‘zbekistonning yirik shaharlaridagi asosiy ikki muammo jamoatchilik makoni yo‘qligi va jamoatchilik transportidagi inqiroz. Bakirov Gruziyadagi islohotlarning O‘zbekistondagi bilan farqini ikkala mamlakatdagi elektr energiyasidagi holat bilan qiyosladi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting