Jamiyat

3 yanvar 2020, 14:15

Shifokorlar va dorixonalar o‘rtasidagi «kelishuvlar»ga taqiq qo‘yiladi

Shifokorlarning farmatsevtika tashkilotlari va dorixonalardan moliyaviy mukofot va rag‘bat olishiga taqiq qo‘yiladi. Retsept yozish talablarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etiladi.

2 yanvar 2020, 16:55

Toshkentda asosiy archa yaqinida dronlar shousi takroran o‘tkaziladi

Bugun, 2 yanvar kuni 19:30 dan so‘ng Toshkentda Hyatt mehmonxonasi va Milliy kutubxona yaqinida dronlar shousi o‘tkaziladi.

2 yanvar 2020, 14:57

“Farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” instituti joriy etiladi

2020-yil 1-iyuldan boshlab “farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” instituti joriy etiladi.

2 yanvar 2020, 10:08

Maktablarning 10−11-sinflarida fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o‘qitiladi

O‘quvchilarning o‘zlari qiziqqan fanlarni chuqur o‘rganishiga sharoit yaratish maqsadida maktablarning 10−11-sinflarida fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o‘qitiladi.

1 yanvar 2020, 23:37

1 yanvar kuni 1111 nafar bola dunyoga keldi

O‘zbekistonda yangi yilning birinchi kuni 18 soat ichida 1111 nafar bola dunyoga keldi.

31 dekabr 2019, 13:38

Toshkentda yuk avtomobillari harakati cheklandi

2 yanvarga qadar Toshkentning markaziy ko‘chalarida yuk mashinalari (oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchilardan tashqari) harakati taqiqlandi. Bundan tashqari, qurilish va ta’mirlash ishlari ham to‘xtatildi.

31 dekabr 2019, 10:22

Oylik va pensiyalar 1-fevraldan oshiriladi

1-fevraldan O‘zbekistonda eng kam oylik ish haqi, shuningdek, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,07 baravarga oshiriladi.

31 dekabr 2019, 09:26

Propiskasiz bo‘lib turish muddati uzaytirildi

Propiska va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartiblari soddalashtirildi. Propiskasiz bo‘lib turish muddati 5 kundan 10 kunga uzaytirildi.

30 dekabr 2019, 20:16

Toshkentda Abdulla Qodiriy uy-muzeyi ochildi

Poytaxtning Shayxontohur tumanida Abdulla Qodiriy yashagan uyda muzey ochildi. Uy hovlisiga yozuvchining haykali o‘rnatildi. AQSHda esa «O‘tkan kunlar» romanining ingliz tiliga tarjimasi taqdimoti o‘tkazildi.

30 dekabr 2019, 19:09

2019-yil O‘zbekiston armiyasi uchun qanday voqealar bilan yodda qoldi?

Yangi harbiy institut, zamonaviy poligon va xalqaro yutuqlar — 2019-yil O‘zbekiston armiyasi uchun qanday voqealar bilan yodda qoldi?

30 dekabr 2019, 16:49

«O‘rikzor» bozori sobiq rahbarining antikvar mashinalari «O‘zbekkino»ga topshirildi (foto)

«O‘rikzor» bozori sobiq rahbari Dmitriy Limga tegishli 77 dona antikvar avtomobil va mototsikl «O‘zbekkino» agentligiga topshirildi.

30 dekabr 2019, 16:33

Yangi yilning ilk kunlari quyoshli bo‘ladi

O‘zbekiston aholisi Yangi yilning birinchi kunini mintaqaga xos bo‘lgan yog‘ingarchiliklarsiz, quyoshli ob-havo bilan qarshi oladi. 3 yanvarda ayrim joylarda kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

30 dekabr 2019, 15:55

Bosh prokuratura Shuhrat G‘aniyevni intizomiy javobgarlikka tortish uchun Hukumatga xat kiritdi

Bosh prokuratura Quvadagi norozilik aksiyasini yoritgan blogerning janozasini o‘qish kerakligi aytilgan audioyozuvdagi ovoz Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevga tegishli ekanini aniqladi.

30 dekabr 2019, 12:54

BAA rezidentlari uchun vizasiz rejim joriy etiladi

Yanvardan BAA rezidenti maqomini olgan chet el fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etiladi.

29 dekabr 2019, 11:57

Prezident ajrimlar soni ortayotganiga beparvo rahbarlarni tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev yosh oilalar o‘rtasida ajrimlar soni ortayotgani tinchlik bermayotganini ta’kidlab, bunga beparvolik qilayotgan bir qator tashkilotlar rahbarlarini tanqid qildi.

29 dekabr 2019, 09:00

O‘zbekiston Notarial palatasi tashkil etildi

O‘zbekiston Notarial palatasi tashkil etildi va unga Samarqanddagi 8- notarial idora notariusi Dilshod Ashurov rais etib saylandi.

29 dekabr 2019, 01:23

Nafosat Ollashukurova ozod qilindi

Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov Nafosat Ollashukurova ruhiy kasalliklar shifoxonasidan ozod etilganini ma’lum qildi. AOKA ushbu xabarni tasdiqladi.

28 dekabr 2019, 20:43

Kamerunliklarga nisbatan dastlabki tergov yakunlandi

340 ming dollar miqdoridagi firibgarlik va soxta pullarni sotganlikda gumonlanayotgan besh nafar Kamerun fuqarosiga nisbatan dastlabki tergov yakunlandi.

28 dekabr 2019, 20:17

Sog‘liqni saqlash vazirligi: 2020-yil tizimda korrupsiyaga qarshi keskin kurash yili bo‘ladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020-yilni tizimda korrupsiyaga qarshi kurash yili, deya e’lon qildi. So‘nggi ikki yilda tizimda 500 nafardan ortiq xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, ularning 114 nafari korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgan.

28 dekabr 2019, 09:39

Yangi yilda qor yog‘ishi kutilayotgani yo‘q

Ortda qolayotgan yilning so‘nggi kunlarida havo harorati +5…+10 darajagacha tushadi, biroq bayramda qor yog‘ishi kutilayotgani yo‘q.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting