Jamiyat

6 oktabr 2021, 13:35

2022 yildan barcha viloyatlarda buyrak transplantatsiyasi amalga oshiriladi

Prezident qarori bilan 2022 yildan yakuniga qadar barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida esa yurak va o‘pka transplantatsiyasi joriy etiladi.

6 oktabr 2021, 12:22

“Narxoz"ning sobiq prorektori 2 mln dollarni o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda

Qidiruvga berilgan TDIU sobiq prorektori Nodir Idiyev 2 mln dollarni o‘zlashtirganlikda ayblanayotganligi ma’lum bo‘ldi.

6 oktabr 2021, 10:33

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning haydovchilikka tayyorlash kurslarida o‘qish xarajatlari kompensatsiya qilinadi

Hukumat qarori bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga haydovchilikka tayyorlash kurslarining xarajatlari kompensatsiya qilinadi. Bunda kompensatsiya miqdori BHMning 4 baravarigacha bo‘lishi mumkin. Shuningdek, safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmatni o‘tash badali ham qoplab beriladi.

5 oktabr 2021, 21:14

5 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi e’lon qilingan qaror va farmonlar, Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi, TDIU sobiq prorektorining qidiruvga berilishi — “Gazeta.uz"ning 5 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

5 oktabr 2021, 19:40

Profilaktika inspektorlari vakolatlari kengaytirildi

Profilaktika inspektorlari ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar ro‘yxati kengaytirildi. Jumladan, endiklikda «uchastkavoylar» haydovchilarning to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi hamda voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishlari mumkin.

5 oktabr 2021, 18:34

Farg‘onada homilador ayol pichoqlab o‘ldirildi

Farg‘onada xonadonlar biriga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan shaxs o‘zini ko‘rib qolgan ayolni pichoqladi. Oqibatda ayol shifoxonada vafot etdi. Gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi. Jinoyat ishi ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi.

5 oktabr 2021, 16:06

TDIU sobiq prorektori qidiruvga berildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori firibgarlik va mansab soxtakorligida ayblanib, qidiruvga berilgan.

5 oktabr 2021, 15:35

Huquqbuzar shaxs yetkazgan zararini qoplab, jabrlanuvchi bilan yarashsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkin

Qonunchilikka tuhmat, haqorat qilish, yengil tan jarohati yetkazish va yengil tan jarohatiga olib kelgan YTHlar bo‘yicha ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda yarashuv instituti amaliyoti joriy qilinmoqda. Yarashuv faqatgina jabrlangan tomonning tashabbusi bilan va zarar qoplanganidan keyingina amalga oshishi mumkin.

5 oktabr 2021, 14:38

O‘zbekistonning bir qator hududlarida zilzila sezildi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida zilzila sezildi. Zilzilaning epitsentri Afg‘onistonda bo‘lgan. Qashqadaryo va Surxondaryoda 3−4 balllik silkinishlar qayd etilgan.

5 oktabr 2021, 13:00

OTMlardagi ilmiy-pedagogik mehnatni qanday baholash mumkin?

«Gazeta.uz» kolumnisti, faylasuf Valeriy Xanning ta’kidlashicha, oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar mehnatini baholashda moslashtiruv hali ham yo‘q qilinmagan. U ilmiy-pedagogik mehnatni baholashning yangi tizimiga asos bo‘la oladigan sifat va miqdor mezonlarini taklif qilmoqda.

5 oktabr 2021, 12:43

Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi

Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi. Jarima miqdori BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha oshirildi. Shuningdek, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazo chorasi kiritilmoqda va ozodlikdan mahrum qilish jazosi 1 yildan 3 yilgacha uzaytirildi.

5 oktabr 2021, 12:22

Bolalarda yurak nuqsonlarini davolash uchun 2021 yilda 500 ta okklyuder xarid qilinadi

Prezident qaroriga muvofiq, bolalarda yurak nuqsonlarini davolash uchun 2021 yilda 10 mlrd so‘mga 500 ta okklyuder xarid qilinadi, kelgusi yildan ularning soni 5 martagacha oshiriladi. Qolaversa, tuman va shahar darajasida kam invaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari keng joriy etiladi.

5 oktabr 2021, 10:54

Chirchiqda o‘zbek tilini targ‘ib qiluvchi varaqalar paydo bo‘ldi

Chirchiq ma’muriyati jamoat joylarida o‘zbek va rus tillarida tez-tez ishlatiladigan so‘zlar aks etgan varaqalar joylashtirib, o‘zbek tilidagi so‘zlardan foydalanishga chaqirdi. Hokimiyat xabariga ko‘ra, O‘zbek tili kuni arafasida o‘tkazilayotgan «chellenj»dan maqsad — o‘zlashma so‘zlar o‘rniga o‘zbek tilidagi so‘zlarni ishlatishni targ‘ib qilishdan iborat.

5 oktabr 2021, 10:05

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etiladi

Parlament va Vazirlar Mahkamasining muassisligida Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etilmoqda. Uning asosiy maqsadlariga ehtiyojmand oilalarning farzandlarini, chin yetimlarni, og‘ir kasallikka chalingan va nogironligi bo‘lgan bolalarni davolash, ularning ta’lim olishini, uy-joy bilan ta’minlanishini hamda kasb egallashlarini qo‘llab-quvvatlash kiradi.

4 oktabr 2021, 21:32

4 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi e’lon qilingan qaror va farmonlar, Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi, Sirdaryoda tuman hokimi 860 dan ortiq daraxtni kesishga ruxsat berishi — “Gazeta.uz"ning 4 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

4 oktabr 2021, 20:01

Sirdaryoda tuman hokimi 860 dan ortiq daraxtni kesishga ruxsat berdi

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani hokimi Dilfuza O‘rolova bir kunning o‘zida (4 oktabr) 866 tup daraxtni kesishga oid 12 ta qarorni imzoladi. Daraxtlar zararkunandalar va iqlim ta’siri oqibatida qurib qolgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan tuman hokimligi va Davlat ekologiya qo‘mitasi munosabat bildirdi.

4 oktabr 2021, 18:25

Rossiyada ishlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga qurilish sohasida 10 mingta ish o‘rni taklif etildi

Rossiyaning turli hududlarida bir qator salohiyatli ish beruvchilari tomonidan O‘zbekiston fuqarolari uchun qurilish sohasida 10 mingta bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinmoqda. Fuqarolar nomiga Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent O‘zbekistonda rasmiylashtiriladi.

4 oktabr 2021, 17:43

Iyul-sentabr oylarida 675 ta qarindoshlar o‘rtasida nikoh qayd etilgan

Iyul-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan qarindosh bo‘lgan 675 nafar kelin-kuyovning nikohlari qayd qilingan. Eng ko‘p bunday nikoh qayd qilingan hududlar Surxondaryo, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

4 oktabr 2021, 16:47

Samarqandda bolalar bog‘chasida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqand shahridagi bog‘chalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

4 oktabr 2021, 15:51 2

Qo‘llanma: «Tonirovka» uchun onlayn ruxsatnoma olish

1 oktabrdan boshlab avtomobil oynalarini qoraytirish uchun ruxsatnomani faqat YAIDXP orqali rasmiylashtirish mumkin. O‘quvchilarning iltimosiga ko‘ra, «Gazeta.uz» «tonirovka» sertifikatini olish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting