Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘tkazilgan tekshiruv natijasida Shayxontohur tumanidagi 40-oilaviy poliklinikada emlangan chaqaloqning o‘limiga emlash sabab bo‘lmaganini ma’lum qildi.
Hukumat qarori bilan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida psixologik xizmat tashkil etiladi.
Joriy yilning yakuniga Samarqandda yana 30 ta zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalari qurilish rejalashtirilgan. Shuningdek M-37 avtomagistral yo‘li bo‘yida ham quriladi.
Yangiyo‘l tumanida «Opel Omega» mashinasining «DAF» yuk mashinasiga urilishi oqibatida yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Taxiatosh IESning ikkita energobloki va turboagregati elektr uzatish liniyalaridagi muammo sababli o‘chirildi. Hodisa natijasida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning bir qancha tumanida elektr ta’minoti to‘xtatildi.
IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Yevropa va O‘zbekiston qamoqxonalarining asosiy farqini ma’lum qildi.
Umra safariga ketgan fuqarolarni Saudiyada mehmonxonaga joylashtirish uchun pul kerakligini aytib, aldov yo‘li bilan undan 61 000 AQSH dollarini olgan ayol ushlandi.
Prezident qarori bilan davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi tartibini maqbullashtiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida fuqarolar fikrini o‘rganish natijasida elektron raqamli imzoni majburiy tartibda qo‘llashga doir talab bekor qilindi.
Samara viloyatidagi korxonada o‘zbekistonlik ishchilar zaharlandi, 68 kishi shifoxonaga yotqizildi.
«O‘zdavkarantin» inspeksiyasi xodimlari kartoshka kuyasiga qarshi kurash ishlarini boshlab yubordi.
2019 yilda yetkazilgan 286,8 milliard so‘mdan ziyod moddiy zararning o‘rnini qoplagan 1 693 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlandi.
Oliy ta’lim vaziri va rektorlar O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashishga va’da berdi.
Xalq ta’limi vazirligi Namangan viloyati Chust shahrida maktab o‘qituvchilarining majburiy mehnatga jalb qilinganini o‘rganmoqda. Ushbu holatga yo‘l qo‘yganlarga chora ko‘riladi.
Umrbek Ismoilov Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining ijro etuvchi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent hokimligining tashqi reklamani joylashtirish uchun yig‘imlar to‘g‘risidagi qarori loyihasiga munosabat bildirdi.
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Toshkent va Farg‘ona vodiysida ham kuzatildi.
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha «Taraqqiyot» tanlovi natijalari e’lon qilindi, g‘oliblar rahbarlikka tayinlanib, rivojlangan davlatlarda stajirovka o‘taydi.
Chorshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning barcha hududlarida qisman Oy tutilishi sodir bo‘ladi. Yer yo‘ldoshi qizg‘ish jigarrang tusga kiradi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting