Jamiyat

12 yanvar 2022, 15:31

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar OTMlarga suhbat asosida qabul qilinishi mumkin

2021/2022 o‘quv yilidan texnikumlarni “a'lo” va “yaxshi” baholarga tugatganlar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarisiz OTMlarning 2-bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin. Ushbu tartib bitiruvchi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yilgacha amal qiladi.

12 yanvar 2022, 14:40

Jizzaxda qalbaki diplom savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 400 dollar evaziga qalbaki diplom savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Ular orasida maktab direktorlari ham bor.

12 yanvar 2022, 12:30

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi va yarim himoyachisida koronavirus aniqlandi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Sloveniyada koronavirusga chalindi. Shu sababli, u Dubayda bo‘lib o‘tadigan yig‘inda qatnasha olmaydi, uning o‘rniga yordamchi murabbiylar mashg‘ulot o‘tkazadi. Qolaversa, jamoa yarim himoyachisi Hojimat Erkinovda ham COVID-19 aniqlanib, karantinga olingan.

12 yanvar 2022, 12:02

Farg‘onada 7 kishi My Turon mobil ilovasidagi xatolikdan foydalanib, qariyb 700 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Farg‘ona viloyatida 7 kishi «Turonbank»ning My Turon mobil ilovasidagi xatolikdan foydalanib, qariyb 700 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi. Ularning 5 nafari 3,5 yildan 5,5 yilgacha muddatga qamaldi.

12 yanvar 2022, 10:58

SSV koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan xavotir bildirdi

Seshanba kuni O‘zbekistonda 604 ta yangi koronavirus infeksiyasi aniqlangan va 4 kishi vafot etgan. Bunday ko‘rsatkich oxirgi marta sentabr oyida qayd etilgan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi vaziyat xavotirli bo‘lib borayotganini ma’lum qildi.

12 yanvar 2022, 10:29

Abdulla Aripov Qozog‘istonning yangi bosh vazirini tabrikladi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Alixan Smailovni Qozog‘istonning yangi bosh vaziri etib tayinlangani bilan tabrikladi. Alixan Smailov esa Qozog‘iston qardosh O‘zbekiston bilan strategik sheriklikni chuqurlashtirishda sodiq qolishini ma’lum qildi.

12 yanvar 2022, 10:22

Toshkent kimyo-texnologiya instituti «super-kontrakt»dan voz kechishni rejalashtirmoqda

Toshkent kimyo-texnologiya instituti kelgusi o‘quv yilidan «super kontrakt» dan voz kechishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, o‘quv yili 3 semestrli bo‘lishi mumkin. Bunda iqtidorli talabalar bakalavr bosqichini 4 yilda emas, 3,5 yilda bitirishi mumkinligi aytilmoqda.

12 yanvar 2022, 10:01

Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish qoidalarini buzganlar jarimaga tortiladi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, karantin ostidagi mahsulotlarni O‘zbekistonga olib kirish va olib chiqish qoidalarini buzish — fuqarolarga BHMning 5 baravarigacha (1 mln 350 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 10 baravarigacha (2 mln 700 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

12 yanvar 2022, 09:38

Bog‘chalarda bayram tadbirlari o‘tkazilishi vaqtinchalik cheklandi

O‘zbekistonda omikron shtammi aniqlangach, davlat bolalar bog‘chalarida ham bayram tadbirlarini o‘tkazish vaqtincha cheklandi. Shuningdek, ularning hududiga ota-onalar yoki mehmonlarning kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

11 yanvar 2022, 22:00

11 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkent-Chinoz avtomobil yo‘li va poytaxtdagi Temur Malik ko‘chasi ta’mirlanishi, ikkinchi marta suiqasd uyushtirilgan Yunusuboddagi daraxtlar, Olma-otadan O‘zbekistonga qaytishni xohlovchilar ro‘yxati tuzilgani, QQS imtiyozlari 4 oyga uzaytiriladigan oziq-ovqatlar, Toshkentda Cobalt yukxonasidan topilgan andijonlik taksichining jasadi, niqob taqmaganlar avvaliga ogohlantirilishi, jarimaga esa qo‘pol qoidabuzarlar tortilishi — «Gazeta.uz» ning 11 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

11 yanvar 2022, 18:52

«Buxoro neft bazasi»da 50,5 mlrd so‘mlik debitor qarzdorlik aniqlandi

«Buxoro neft bazasi» MCHJda muttasadilari xususiy AYOQSHlarga jami 2,6 mlrd so‘mlik neft mahsulotlarini to‘lovsiz yetkazib berib, debitor qarzdorlikni yashirib kelgan. Shuningdek, MCHJ qurilish korxonalariga 298,1 mln so‘m pulni asossiz ravishda to‘lab bergan. Xodimlarga esa 31,6 mln so‘m miqdorida ortiqcha ish xaqi va mukofot pullari berilgan.

11 yanvar 2022, 17:39

Farg‘onada 19 yoshli ISHID tarafdori qo‘lga olingani aytilmoqda

Farg‘ona viloyatida avvaliga «Islom davlati» terroristik tashkiloti a’zolari safiga qo‘shilish niyatida Turkiyaga borgan, Suriyaga o‘ta olmagach, O‘zbekistonga qaytib kelib, tashkilot g‘oyalarini targ‘ib qila boshlagan 19 yoshli shaxs qo‘lga olingani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

11 yanvar 2022, 16:42

Hududlarda odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil qilinadi

Hukumat qarori bilan Farg‘ona, Surxondaryo va Xorazmda Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyalari, Samarqandda esa Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyaci tashkil etiladi.

11 yanvar 2022, 12:35

Bedarak yo‘qolgan andijonlik taksichining jasadi Toshkentda Cobalt yukxonasidan topildi

Andijon-Toshkent yo‘nalishida taksichilik qiluvchi fuqaro Toshkentga yo‘lovchi olib ketib, bedarak yo‘qolgan. Uning jasadi Toshkentdagi avtoturargohda turgan Cobalt yukxonasidan topildi. Hozirda 3 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

11 yanvar 2022, 12:13

TIV: Olma-otadan O‘zbekistonga qaytishni xohlovchilar ro‘yxati tuzildi

O‘zbekiston TIV rasmiy vakili Qozog‘istondagi fuqarolarga zarur yordam ko‘rsatish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Nur-Sulton shahridan aviaparvozlar amalga oshirilmoqda, qolaversa, Olma-otadan O‘zbekistonga qaytishni xohlovchi fuqarolar ro‘yxati tuzilgan. Hozirda O‘zbekiston fuqarolarining hibsga olingani haqida ma’lumot yo‘q.

11 yanvar 2022, 12:01

Kunlik koronavirus holatlari soni 400 dan oshdi

Dushanba kuni 425 kishida koronavirus aniqlandi. Yana 4 kishi kasallikdan vafot etdi.

11 yanvar 2022, 11:56

Niqob taqmaganlar avvaliga ogohlantiriladi, qo‘pol qoidabuzarlar esa jarimaga tortiladi

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilovning aniqlik kiritishicha, niqob taqmagan fuqarolar avvaliga ogohlantiriladi, qo‘pol qoidabuzarlar esa jarimaga tortiladi. IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov esa 9 yanvar kuni karantin qoidalarini buzgan 899 kishidan, 721 nafari ogohlantirilgani, qolgan 178 nafari esa jarimaga tortilganini ma’lum qildi.

11 yanvar 2022, 11:45

Jizzax shahrida eskirgan gaz quvurlari almashtiriladi

Jizzax shahrida eski gaz quvurlari 1,5 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi yangi quvurlar bilan almashtirish rejalashtirilmoqda. Gaz taqsimlash stansiyalari soni ham qisqaradi. Mazkur loyiha Turkiyaning Aksa kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

11 yanvar 2022, 10:57

S7 Airlines samolyoti Urganchga favqulodda qo‘ndi

Moskva — Qarshi reysini amalga oshirayotgan Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi samolyoti kechasi Urganchga favqulodda qo‘ndi — yo‘lovchilardan biriga tez tibbiy yordam kerak bo‘ldi.

11 yanvar 2022, 10:47

Yunusuboddagi daraxtlarga ikkinchi marta suiqasd uyushtirildi

Toshkentda niqobdagi noma’lum shaxslar dekabr oyidan buyon ikkinchi marta archa daraxtlarini kesib tashlashga urinishdi. Uchastkani auksionda sotib olgan tadbirkor daraxtlarning ko‘chirilishiga rad javobini bergan ekologlar ustidan shikoyat qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting