13 avgust, payshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Jamiyat

11 avgust 2020, 16:43

Mehmonxonada karantinda bo‘lgan denovlik erkak o‘z joniga qasd qildi

4 avgust kuni Rossiyaning Qozon shahridan charter reys orqali O‘zbekistonga olib kelingan va «Sayoxat» mehmonxonasiga karantinga olingan 31 yoshli denovlik erkak, mehmonxonaning 4-qavatidan o‘zini uloqtirib o‘z joniga qasd qildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

10 avgust 2020, 21:35

Zominda Lada-Largus va Isuzu to‘qnashuvi natijasida ikki yo‘lovchi ayol vafot etdi

Zominda o‘zidan oldindagi mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lgan Lada-Largus haydovchisi Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etdi. Natijada yengil avtomobilning ikki yo‘lovchisi olamdan o‘tdi, to‘rt kishi, jumladan, ikki bola jarohatlandi.

10 avgust 2020, 17:51

JSST O‘zbekistonga 500 ta kislorod konsentratorini jo‘natdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti insonparvarlik yordami sifatida O‘zbekistonga 500 ta kislorod konsentratorini jo‘natdi. Hafta oxirigacha laboratoriyalar uchun zarur bo‘lgan moddalar bilan yuklangan yana bir insonparvarlik yordamining kelishi kutilmoqda.

10 avgust 2020, 17:47

Andijonda kafedra dotsenti 2 ming dollar olayotganda ushlandi

Andijon viloyatida institutga kiritish evaziga 2 ming dollar olgan kafedra dotsenti firibgarlik ustida ushlandi.

10 avgust 2020, 15:35

Qibrayda jomadondan erkak kishining jasadi topildi

Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi gidroelektrstansiya hududida jomadon ichidan erkak kishining jasadi topildi. O‘limning «mexanik asfiksiya» natijasida sodir bo‘lgani xabar qilindi.

10 avgust 2020, 13:08

Hafta o‘rtalarida havo harorati biroz pasayadi

Hafta o‘rtalarida havo harorati kunduzi 30−35, kechasi 18−23 darajagacha pasayadi. Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Ish haftasining oxiriga kelib esa harorat yana ko‘tarilib, 33−38 darajaga yetishi kutilmoqda.

10 avgust 2020, 11:49

Ulug‘bek shaharchasining aholisi Toshkent viloyati tarkibiga o‘tishga qarshi chiqdi

Poytaxtdagi Mirzo Ulug‘bek tumaniga kiruvchi Ulug‘bek shaharchasining aholisi shaharchani Toshkent viloyatining Qibray tumaniga o‘tkazishga qarshi chiqdi. Ularning fikricha, bu shaharcha va u yerda joylashgan Yadro fizikasi institutining holatini yomonlashuviga olib keladi. Aholining ochiq xati 2700 ga yaqin imzo to‘plagan.

8 avgust 2020, 23:45

«OAV va blogerning „ovozini o‘chirishga“ urinish bilan hech qanday natijaga erishib bo‘lmaydi» — Komil Allamjonov

Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov bir qator bloggerlar va jurnalistlarning Telegram-akkauntlarini buzishga bo‘lgan urinishlarni izohlab, matbuotning «ovozini o‘chirishga» urinish bilan hech narsaga erishib bo‘lmasligini aytdi. Shuningdek, u Facebook ga kirish bilan bog‘liq muammolarga qaramay, foydalanuvchilar baribir kirishda davom etishlarini ta’kidladi.

8 avgust 2020, 22:18

Andijon va Surxondaryoda 600 mln so‘m byudjet mablag‘larining talon-toroj qilinganligi aniqlandi

Bosh prokuratura ikki viloyatda byudjet mablag‘larining talon-toroj qilinganlik holatlari aniqlanganini e’lon qildi. Andijon viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasida ishlamayotgan ishchilarga ish haqi va nafaqalar to‘langan — 240 mln so‘mga yaqin mablag‘lar talon-toroj qilingan. Sariosiyo tumani Xalq ta’limi bo‘limi hisobchisi bir necha yil davomida 355,3 mln so‘mni talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda.

8 avgust 2020, 13:00

O‘zbekistonda boshqacha yoz. Aleksey Tudakovning suratlardagi hikoyasi

“Gazeta.uz” iqtidorli havaskor fotograflardan o‘tgan oylar davomida suratga tushirilgan O‘zbekiston ko‘chalaridagi hayot manzaralarini bo‘lishishni so‘radi.

8 avgust 2020, 12:23

Bekobodda mahalla raisi muhtojlarga ajratilgan pullarni talon-toroj qildi

Bekobodda MFY raisi mahallasida yashamaydigan va muhtoj bo‘lmagan 26 fuqaroga 101,5 mln so‘m nafaqa tayinlab, 31,6 mln so‘mini to‘lab bergani aniqlandi.

8 avgust 2020, 10:30

Uyda tayyorlaymiz: mazali kechki ovqat

Kechki ovqat uchun «Go‘sht Say», «Qiymadan tayyorlangan qush uyasi», «Tovuqli toblatma» va yana boshqa mazali va qiziqarli taomlar Zira.uz tomonidan tuzilgan taomlar ro‘yxatida.

7 avgust 2020, 22:25

Senatorlar Rossiyadagi mehnat migrantlarini himoya qilish to‘g‘risida hukumatga so‘rov yubordi

Senat Rossiyada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlari himoyasini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborishga qaror qildi.

7 avgust 2020, 22:03

Senat «Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahririni ma’qulladi

Senatorlar yangi tahrirdagi «Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladilar. Unda davlat organlari vakolatlariga aniqlik kiritilib, ta’lim shakllari, pedagoglar, ta’lim oluvchilar va ota-onalarning huquq va majburiyatlari belgilandi.

7 avgust 2020, 20:42

«Oliy ta’limda korrupsiya holatlari deyarli barcha bosqichlarda mavjud» — Tanzila Norboyeva

Senat rahbari Tanzila Norboyeva oliy ta’lim tizimidagi korrupsiya tufayli O‘zbekistonning birorta ham oliygohi dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kira olmaganini ma’lum qildi.

7 avgust 2020, 20:19

«Migrant bo‘lish oson emas. Bu ashaddiy sinov» — Abdulaziz Kamilov

Senatning oltinchi yalpi majlisida yarim yillik faoliyati bo‘yicha hisobot bergan tashqi ishlar vaziri, jumladan, pandemiyasi sababli xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarga qo‘ldan kelgancha yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidlar ekan, bu borada kamchiliklar ham borligini tan oldi. «Konsulxonaga hujum qilamiz, o‘t qo‘yamiz, konsulni osamiz, degan gaplar ham bo‘ldi», — dedi u.

7 avgust 2020, 19:06

COVID-19 bemorlari tibbiy xizmatlar sifati haqida shikoyat qilishlari mumkin

Toshkent hokimiyati sogboling.uz saytini ishga tushirdi. Sayt yordamida koronavirus bilan og‘rigan bemorlar tibbiy xizmatlar sifatini baholashlari, muammolar yuzaga kelgan taqdirda, shikoyat qilishlari mumkin.

7 avgust 2020, 18:13

Koronavirusga chalingan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi

Koronavirusga chalingan abituriyentlar OTMlarga kirish imtihonlariga kiritilmaydi. Turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida qatnasha olmagan abituriyentlar uchun test sinovlari imtihonlardan 4 kun o‘tgandan keyin alohida o‘tkaziladi.

7 avgust 2020, 17:16

Test sinovlari 2 sentyabrdan boshlanadi

2020−2021 o‘quv yili uchun qabul test sinovlari 2 sentyabrdan boshlanib, 14 kun davomida o‘tkaziladi. Hozirda barcha binolar va stadionlarni jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

7 avgust 2020, 16:40

“Bemor gripp bilan koronavirusni ham yuqtirib olsa, kasallik og‘ir kechadi” — dotsent

Vrachlar malakasini oshirish instituti dotsenti Dilfuza Hasanova gripp bilan og‘riyotgan bemor qat’iy karantin choralariga rioya qilsa, unga virus yuqtirmasligini ma’lum qildi. Agarda bemor gripp bilan koronavirusni ham yuqtirib olsa, uning immuniteti pasayib, bu pnevmoniyaga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.