Jamiyat

22 dekabr 2020, 15:12

Sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatlarini berish muddatlari uzaytiriladi

Instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish muddati 10 kundan 20 kunga, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha esa 20 kundan 1 oyga qadar uzaytirilmoqda.

22 dekabr 2020, 15:06

Navoiyda ikki mastning janjali oqibatida 45 yoshli erkak vafot etdi

Navoiy viloyatida spirtli ichimlik ta’siridagi ikki fuqaro orasida janjal yuzaga keldi. Oqibatda ulardan biri, 45 yoshli erkak olgan jarohatlari tufayli vafot etdi.

21 dekabr 2020, 22:06

«Malika»dagi janjal pichoqbozlik bilan yakun topdi

Toshkentdagi «Malika» bozorida ro‘y bergan janjal pichoqbozlik bilan yakun topdi. Bir kishi o‘rtacha og‘irlikda jarohat oldi. Huquqbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

21 dekabr 2020, 19:13

Abdukarim Mirzayevning deportatsiya qilinmasligi ma’lum bo‘ldi

Turk politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan o‘zbek jurnalisti Abdukarim Mirzayevning Turkiyadan deportatsiya qilinmasligi ma’lum bo‘ldi. Jurnalistning qachon qo‘yib yuborilishi vaqt bilan bog‘liq masala ekani aytildi.

21 dekabr 2020, 19:02

Xonanda Jasur Umirov qamoqqa olindi

Xonanda Jasur Umirov voyaga yetmagan Sh. M.ni nomusiga tekkanligi holati yuzasidan 9 dekabr kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. To‘plangan dalillar asosida, sudning 21 dekabr kunidagi ajrimiga asosan unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

21 dekabr 2020, 18:37

Rossiyadan 56 nafar o‘zbekistonlik jinoiy javobgarlikka tortish uchun qaytarildi

Rossiya Federatsiyasidan jinoiy javogarlikka tortish va ijro etish uchun 56 nafar O‘zbekiston fuqarolari maxsus reys bilan qaytarildi.

21 dekabr 2020, 17:45

Toshkent shahar hokimiyati yuk mashinalari harakatini cheklab qo‘yishni taklif etdi

Yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida soat 7:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha yuk mashinalari harakatini cheklash taklif etildi.

21 dekabr 2020, 17:05

Investitsion jozibadorlikka tosh otib

«O‘zbekiston pochtasi» AJning qo‘shimcha oddiy aksiyalarini chiqarish va davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari orasida taqsimlash Prezident farmonida ko‘zda tutilgan. Ushbu qaror minoritar ozchilik investorlarning mulk huquqlarini himoya qilish siyosati oqsoqlanishda davom etayotganligini ko‘rsatmoqda, deydi moliyaviy tahlilchi Karen Srapionov

21 dekabr 2020, 17:01

Senat tuhmat uchun qamoq jazosini bekor qilishga oid qonunni ma’qulladi

Senat tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosini bekor qiluvchi qonunni ma’qulladi. Shu bilan birga, yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun jazo choralarini qo‘llash belgilanmoqda.

21 dekabr 2020, 14:39

«Xalq banki raisining bitta o‘rinbosari albatta ayol bo‘ladi» — Tanzila Narbayeva

Senat raisi Tanzila Narbayeva har bir viloyatdagi xalq banki raisi yoki o‘rinbosarlaridan biri ayollar bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Ushbu lavozimga tayinlanganlar ayollar tadbirkorligiga kredit ajratish bilan shug‘ullanadi.

21 dekabr 2020, 14:15

Haftaning ikkinchi yarmidan boshlab havo harorati ko‘tariladi

O‘zbekistonga Eron hududlaridan iliq havo massalari kirib kelishi oqibatida, haftaning ikkinchi yarmidan boshlab havo harorati ko‘tariladi. Hududlarning ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

21 dekabr 2020, 13:55

“Dastlabki tergov organi tomonidan ayblov asossiz qo‘yilgan” — Guljahon Yo‘ldosheva

Guljahon Yo‘ldosheva sudda bergan ko‘rsatuvlari davomida dastlabki tergov organi tomonidan ayblov asossiz qo‘yilganini ta’kidladi. Qolaversa, Farrux Rustamovning o‘limiga aloqasi yo‘qligini, shifoxonadan olib ketilayotganida uyda, farzandi betobligi bois uning oldida bo‘lganini ma’lum qildi.

21 dekabr 2020, 13:45

Andijonda nabirasini qutqarmoqchi bo‘lgan 65 yoshli erkak unga qo‘shilib cho‘kib ketdi

Andijon viloyatida o‘z joniga qasd qilib, suvga tashlagan 18 yoshli nabirasini qutqarmoqchi bo‘lgan erkak u bilan birga cho‘qib ketdi. Prokuratura bu bo‘yicha surishtiruv ishlari olib bormoqda.

21 dekabr 2020, 12:52

O‘gay qiziga zo‘ravonlik qilgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Shirin shahrida 15 yoshli voyaga yetmagan qiz muntazam ravishda o‘gay onasi tomonidan kaltaklanib, ruhiy bosim ostida bo‘lganligi haqida videomurojaat orqali ma’lum qilgan. Hozirda shahar IIB tomonidan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

21 dekabr 2020, 11:41

Ellikqal’ada og‘ir oqibatlarga olib kelgan YTH ro‘y berdi

Ellikqal’a tumanida jiddiy oqibatlarga olib kelgan avariya yuz berdi. YHXB xabar berishicha, ikki kishi vafot etgan va ikki kishi jarohatlangan. «Gazeta.uz» xabariga ko‘ra, to‘rt kishi halok bo‘lgan, uch kishi kasalxonaga yotqizilgan.

21 dekabr 2020, 10:02

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar etib Avazxon Ergashev tayinlandi. U Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan Komiljon Sobirov o‘rnini egalladi.

21 dekabr 2020, 09:53

Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilov lavozimiga tiklandi

Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilov prezidentga murojaatidan keyin tashkil etilgan Respublika idoralararo komissiyasining tekshiruvi natijasida lavozimiga qayta tiklandi.

19 dekabr 2020, 21:42

«Toshkent yerining biron bir qismi Toshkent viloyatiga o‘tib ketmaydi» — Jaxongir Ortiqxo‘jayev

Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev 2021 yilda Toshkent hududining biron bir qismi Toshkent viloyatiga o‘tmasligini ta’kidladi. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt yaqinida yo‘ldosh shahar qurilishi Shayxontohur, Olmazor va Uchtepa tumanlaridagi uy-joy muammolarini hal qilishga qaratiladi.

19 dekabr 2020, 20:21 1

Bosh prokuratura Abdukarim Mirzayevning hibsga olinishiga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi

Turkiyada hibsga olingan jurnalist Abdukarim Mirzayev hech qanday jinoiy ish bilan aloqasi bo‘lmagani va qidiruvdagilar ro‘yxatida ham yo‘qligini O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.

19 dekabr 2020, 14:34 3

Zamin fondi dasturi doirasida 23 nafar bolaning eshitish qobiliyati tiklandi

Zamin fondi loyihasi doirasida sentyabr oyidan noyabr oyigacha 23 nafar bolalarning eshitish qobiliyati tiklandi. Fondning dasturiga ko‘ra, 2021 yilda ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilari uchun koxlear implantatsiya bo‘yicha jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting