Jamiyat

24 yanvar 2022, 10:10

Yakshanba kuni qariyb 1300 kishida koronavirus aniqlandi

Yakshanba kuni 1296 kishining koronavirusga topshirgan PZR-testi ijobiy natijani qayd etdi. Bu ko‘rsatkich shanba kuni qariyb — 1500 ga yetgan edi. Ikki bemor kasallik oqibatida vafot etdi. Qolaversa, 172 kishida pnevmoniya aniqlandi.

23 yanvar 2022, 21:37

«Tariximizda ishlatgan juda eski texnologiyalarni hatto XXI asrda qo‘llashni boshlamadik» — Behzod Hoshimov zinasiz aeroport va tramvay haqida

Iqtisodchi Behzod Hoshimov O‘zbekiston texnologiyalarda ancha qolib ketganligini ta’kidlab, buni aeroport terminali zinali qurilganligi va yaqin o‘tmishda tramvaylardan voz kechilganligi bilan tushuntirib berdi. «Toshkent xalqaro aeroportining yangi kelish zali yoki ichki qatnovlar uchun qurilgan yangi aeroport binosi yap-yangi, lekin yonidagi 50 metr nariroqda, 50 yil oldin barpo qilingan binodagi texnologiyani ham ishlatmagan. Bilib turib voz kechilgandek», — deb yozadi iqtisodchi.

22 yanvar 2022, 18:01

Toshkentning Eski shahar hududi obodonlashtiriladi va turistik markaz barpo etiladi

Prezidentga Toshkentning Eski shahar hududidagi Zarqaynar ko‘chasini ta’mirlash loyihasi taqdimot qilindi. U yerda «Eski shahar ruhini saqlab qolgan holda» turistik markaz tashkil etish rejalashtirilgan.

22 yanvar 2022, 16:34

2026 yilgacha Orolbo‘yi hududlaridagi 1 mln gektar yerga cho‘l o‘simliklari ekiladi

Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yi mintaqasidan ko‘tarilayotgan qum, tuz va chang zarrachalarining salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida 2022−2026 yillarda ushbu hududlarda himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida jami 1 mln gektar yerga saksovul, qoraburoq, qandim va cherkez o‘simliklari ekiladi. Yashil qoplamalar uchun 3900 tonna urug‘ tayyorlanadi.

22 yanvar 2022, 16:20

Deputatlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni yangi tahrirda ko‘rib chiqishmoqda

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning nomi «Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks» deb o‘zgartirilishi kutilmoqda. Qonunchilik palatasi fraksiyalari tomonidan ko‘rib chiqilayotgan kodeksning yangi tahririda dalillar taqdim etish, isbot qilish, xolislar, videokonferensiya shaklidagi sud kabi yangi tartiblar kiritiladi. Huquqbuzarlik sodir etilgan joyda naqd pulda jarima undirish bekor qilinadi.

22 yanvar 2022, 11:51

Talabalar 24-yanvargacha bo‘lgan aviaqatnovlar chiptalarini qayta bron qilishi mumkin

Uzbekistan Airways xabar berishicha, talabalar 24-yanvargacha bo‘lgan aviaqatnovlarga 50% chegirma bilan xarid qilingan chiptalarni 23-fevralga qadar bepul boshqa muddatga almashtirib olishlari mumkin.

22 yanvar 2022, 11:15

Nima tayyorlaymiz: lavash xamiridan taomlar

Vetchina va pishloq solingan pishiriqlar, tovuqli rulet, lavashdan pitssa, kartoshkali va tovuqli naychalar — Zira.uz lavash xamiridan tayyorlanadigan taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

22 yanvar 2022, 10:54

Koronavirusning kunlik holati 1400 ga yaqinlashdi

O‘zbekistonda juma kuni koronavirusning kunlik holati 1390 taga yetdi, ketma-ket to‘rtinchi kun antirekord qayd etilmoqda. Qolaversa, SSV pnevmoniya holati bo‘yicha yana xabar bera boshladi — u bir kunda 289 kishida aniqlandi.

21 yanvar 2022, 22:28

Kinematografiya agentligi rahbarining Sevimli TV bilan afillanganligi tekshiriladi

Antikorrupsiya agentligi Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov va Sevimli telekanali rahbariyati afillanganligini tekshiradi. Hozirda manfaatlar to‘qnashuvi va filmlarni yaratish uchun subsidiyalar ajratishda ehtimoliy qonunbuzilish holatlari bo‘yicha surishtiruvlar olib borilmoqda.

21 yanvar 2022, 22:00

21 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Karantin cheklovlari qat’iylashtirilgan bog‘chalar, «Sabriya» seriali atrofidagi muhokamalar, uy qamog‘iga hukm qilingan Miraziz Bozorov, qog‘oz pul o‘rniga 1000 so‘mlik tanga, Suriyaga jihodga ketmoqchi bo‘lgan talaba va ikki maktab o‘quvchisi, pora bilan qo‘lga tushgan farg‘onalik prokuror va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 21 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

21 yanvar 2022, 21:11

Sud Miraziz Bozorovga uy qamog‘i jazosini tayinladi

Sud toshkentlik bloger Miraziz Bozorovni g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilganlikda aybli deb topib, unga 3 yil muddatda ozodlikdan cheklash jazosini tayinladi.

21 yanvar 2022, 17:28

Sevimli telekanali bosh direktori va bosh muharriri «Sabriya» seriali tanqididan so‘ng ishdan bo‘shatildi

«Sabriya» teleseriali tanqididan so‘ng Sevimli telekanali bosh direktori va bosh muharriri lavozimini tark etdi, telekanal kuzatuv kengashiga esa vaqtinchalik Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov rahbarlik qiladigan bo‘ldi. Ushbu o‘zgarishlar AOKA tekshiruvidan keyin sodir bo‘ldi.

21 yanvar 2022, 17:27

Rustam Sherov «O‘zbekneftgaz» raisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi direktori Rustam Sherov «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. U tayinlov kuni lavozimdan ozod etilgan Alisher Mustafoyevning o‘rnini egalladi.

21 yanvar 2022, 16:16

Xorazmda $45 ming evaziga kredit olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Bog‘ot tumanida ikki fuqaro tadbirkordan 10 mlrd so‘m kredit olib berish evaziga 45 ming dollar so‘ragani aytilmoqda. Ushbu pullardan 15 ming dollarini olgan vaqtida esa huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olingan. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

21 yanvar 2022, 15:11

Toshkentda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan ikki o‘quvchi va bir talabaga sud hukmi o‘qildi

Poytaxtda 20 yoshli bir talaba va 18 yoshli ikki maktab o‘quvchisi diniy ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib, Suriyaga ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan. Ushbu jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqildi. Yigitlardan biri 5 yarim yilga, ikki nafari esa 6 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi.

21 yanvar 2022, 14:12

Sud Miraziz Bozorov ishini OAVda yoritishni taqiqladi

Toshkentda bloger Miraziz Bozorovga nisbatan jinoyat ishini sudda ko‘rib chiqish boshlandi. Jurnalistlar avvalroq PZR-test ma’lumotnomasi talab etilishi haqida xabar berilmaganligi uchun sud binosiga kira olmadi. Bundan tashqari, sud majlisi ochiq deb e’lon qilinishiga qaramasdan, sud jarayonini suratga olish va OAVda yoritish taqiqlandi.

21 yanvar 2022, 13:04

Farg‘ona viloyati prokuraturasi katta prokurori hibsga olindi

Farg‘ona viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori fuqaroga tegishli bo‘lgan go‘sht do‘konining orqasida joylashgan 1,5 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 1000 dollar pora olgan vaqtida qo‘lga tushgani aytilmoqda. Gumondor protsessual tartibda ushlangan.

21 yanvar 2022, 12:16

Dam olish kunlari yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonga Kaspiy dengizidan siklon kirib kelishi natijasida dam olish kunlari havo harorati sovuq va bulutli bo‘ladi. Respublika bo‘yicha qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Joylarda tuman tushishi mumkin, tog‘li hududlarda esa qor ko‘chishi xavfi bor.

21 yanvar 2022, 11:27

OTMga kirish imtihonlarida chet tili majburiy fanlar blokiga kiritiladi

2024 yildan OTMlarga kirish imtihonlarida majburiy fanlar majmuasiga chet tili fani ham kiritiladi. 2022−2023 o‘quv yilidan 6 ta OTMlarda chet tillaridan ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, 1 fevraldan S1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga 2 yil davomida 50 foizlik ustama to‘lanadi.

21 yanvar 2022, 11:01

Toshkentda «tez yordam» chaqiruvlari bemorlarning ahvoliga qarab saralanadi

Toshkent tez tibbiy yordam xizmatining call-markazida chaqiruvlarini bemorning ahvoliga qarab saralash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Endi «tez yordam» og‘ir ahvoldagi bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatadi, ahvoli yengil bemorlarga esa oilaviy poliklinikalarning mobil brigadalari yuboriladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting