“Unistream” banki MDH davlatlaridan kelgan mehnat muhojirlariga Rossiyada tezda qulay ish topishga yordam beradigan platformani ishga tushirdi.
O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lib turish muddati 7 kundan 15 kunga uzaytirilishi mumkin. IIV RFda ro‘yxatdan o‘tish jarayoni murakkabligi sababli mehnat muhojirlari qiyinchiliklarga uchrayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda juma kuni bulutli va yog‘ingarchiliksiz sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Dam olish kunlari havo harorati kechasi 0…+3 darajagacha pasayishi va ba’zi hududlarda yog‘incharchiliklar bo‘lishi mumkin.
Prezident qarori bilan Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali negizida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi.
Hukumat qarori bilan maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limlari xodimlariga oylik tarif stavkasi 15 foizi miqdorida ish haqiga tenglashtirilgan ustama o‘rnatiladi. Ovqatlanish uchun kompensatsiya va obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji uchun har choraklik mukofot to‘lanadi.
Afg‘oniston va unga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarga umumiy yordam doirasida Yaponiya tomonidan O‘zbekistonga 200 ming dollar miqdoridagi grant ajratilgan. YUNISEF tomonidan mazkur mablag‘ favqulodda vaziyatlarda bolalarni himoya qilish milliy tizimini mustahkamlashga yo‘naltiriladi.
Imkoniyati cheklangan shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanganda 50 foizlik chegirma berilishi, ayrim MFYlar xodimlarining oylik maoshi 35 foizga oshirilishi, oilaviy zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yilishi, mehnat migratsiyasida talab yuqori bo‘lgan kasblarning yagona bazasi yaratilishi — 1 noyabrdan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
O‘zbekistonda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 176 ming 791 nafar bola koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.
Senatorlar davlat budjetiga o‘zgartishlar kiritish orqali Enegretika vazirligiga «respublika iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiiy gaz sotib olish va sotishning o‘rtacha bahosidagi farqni qoplash uchun subsidiya» sifatida 1 trln so‘m ajratishni ma’qulladi.
Toshkent davlat texnika universiteti yaqinidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida oshxona binosining 120 m.kv maydoni yonib zararlangan, jabrlanganlar yo‘q.
Oliy ta’lim vazirligi xodima va talaba qizlardan o‘quv muassasalarida sodir etilgan tegajog‘lik, tazyiq, zo‘ravonlik va turli nojo‘ya xatti-harakatlar tahdidiga uchraganligi haqida 1006 ishonch telefoniga yoki @himoya_otv_bot ga murojaat qilishni so‘ramoqda.
O‘zbekistonda 2020/2021 — o‘quv yili boshida 571,5 ming nafar talaba OTMlarda ta’lim olmoqda. Ulardan 311,5 ming nafari yigitlar, 260 ming nafari qizlarni tashkil etgan.
IIVning ma’lum qilishicha, viza muddati tugagan Afg‘oniston fuqarolari o‘z yurtigi qaytarib yuborilmaydi, chunki jismoniy shaxslar uchun chegaralar hozircha yopiq. Bundan tashqari, vazirlik respublikada bo‘lib turish qoidalarini buzmayotgan xorijliklarning vizalari qoidaga ko‘ra uzaytirilishini qo‘shimcha qildi.
Hukumat qarori bilan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga 18 yoshga to‘lganida ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, nikoh tuzilgan hollarda esa, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi. Ularga uy-joyga ko‘chib kirish uchun asos bo‘ladigan order berilishi ham belgilanmoqda.
O‘zbekiston va Rossiya mehnat vazirliklari mehnat migrantlarini tashkiliy yollash to‘g‘risidagi tartibni soddalashtirishga kelishib olishdi.
Chiroqchida Nexia avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballon portlashi natijasida 2 kishi og‘ir tan jarohati oldi.
Pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari talaba qizga tegajog‘lik qilgani aytilayotgani, to‘rtta tuman hokimi o‘tib ketgan kunga yig‘ilish chaqirish to‘g‘risida qaror chiqarishi, Senatorlar jamiyatlar vakillari bilan uchrashuvi — “Gazeta.uz"ning 27 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Sud noto‘g‘ri tashxis qo‘yishda ayblab, poliklinika shifokorini kaltaklagan namanganlik fuqaroga 2 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Uning akasi ham tibbiyot xodimiga kuch ishlatganlikda aybli deb topildi va u 144 soat majburiy jamoat ishlari bilan jazolandi.
Saida Mirziyoyeva Pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari va talaba qiz bilan bog‘liq voqeaga munosabat bildirdi. «Lekin jamoatchilikka oshkor etilayotgan bu kabi holatlar dengizdan tomchi ekanini barchamiz anglab turibmiz», — deydi u. Qo‘shimcha qilinishicha, «aybdorlar javobgarlikdan qocha olmasligi uchun bunday hodisalarning har biri jamoatchilikka oshkor qilinishi shart».
BMT Qochqinlar ishlari bo‘yicha boshqarmasining insonparvarlik yordami mamlakat hukumatining uni olib kirishga ruxsat bermagani sababli hozircha Termizdan Afg‘onistonga yetkazilgani yo‘q.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting