9 iyul, payshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Jamiyat

12 mart 2019, 19:59

XTV kiyinish xonalariga kuzatuv kameralari o‘rnatilishiga yo‘l qo‘ygan maktabni ogohlantirdi

Xalq ta’limi vazirligi tekshiruvidan so‘ng poytaxtdagi maktabning o‘g‘il va qiz bolalar kiyinish xonalariga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari olib tashlandi.

12 mart 2019, 18:00

«O‘zeltexsanoat» uyushmasining raisi va uning o‘rinbosarlari tayinlandi

Alisher Abdullayev «O‘zeltexsanoat» uyushmasining raisi, Mansur Hoshimov raisning birinchi o‘rinbosari va yana ikki kishi rais o‘rinbosari etib tayinlandi.

12 mart 2019, 16:20

Ravshanjon Nasimov Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Prezidentining farmoyishiga asosan Ravshanjon Nasimov Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

12 mart 2019, 14:28

Pokiston havo hududi yopilgani sababli aviachiptalar qimmatlashishi mumkin

Pokiston havo hududi yopilgani sababli «O‘zbekiston havo yo‘llari» xarajatlari ikki barobarga oshdi. Bu chiptalar narxining o‘sishiga olib kelishi mumkin.

12 mart 2019, 13:34

Ko‘ylak yoqasiga yashirilgan kumushlar fosh bo‘ldi

«Shovot» chegara bojxona postida 8 dona ayollar kumush taqinchoqlarini ko‘ylagi yoqasining ichiga tikib olgan fuqaro to‘xtatildi.

12 mart 2019, 13:08

Harbiy jurnalistikaga qabul qilinadigan 20 nafar talaba grant asosida o‘qiydi

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ochiladigan harbiy jurnalistika yo‘nalishining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

12 mart 2019, 12:51

Yo‘l qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasiga boshliq tayinlandi

Faxriddin Solihov Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i etib tayinlandi.

12 mart 2019, 12:31

Qo‘qonda kollej o‘quvchisi maktab o‘quvchisini pichoqladi

Qo‘qon avtotransport kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi U.D. o‘zaro janjal sabab, maktabning 11-sinf o‘quvchisi R.I.ga pichoq bilan jarohat yetkazdi.

12 mart 2019, 12:25

Energetika vazirligi va «Buyuk Kelajak» o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

Energetika vazirligi va «Buyuk Kelajak» XNNT xorijiy tajribani qo‘llash hisobiga energetika sohasini rivojlantirish maqsadida hamkorlik qiladi.

12 mart 2019, 11:48

Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risidagi qonun imzolandi

Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi.

12 mart 2019, 11:17

«Toshshahartransxizmat» rahbarlari avtobusga chiqadimi?

«Gazeta.uz» muxbiri «Toshshahartransxizmat» raisi Mohir Valiyev va uning o‘rinbosari Abdulaziz Abduqodirov qanday qilib ishga avtobusda borib-kelganini kuzatdi.

12 mart 2019, 11:12

«O‘zbekneftegaz"ning telegram-boti orqali murojaat qilish imkoni paydo bo‘ldi

«O‘zbekneftegaz» aholidan shikoyatlarni qabul qilish maqsadida telegram-botni ishga tushirdi.

12 mart 2019, 10:41

Respublika bo‘ylab «Yashil xiyobon"lar tashkil etiladi

Hukumat farmoyishiga asosan butun Respublika bo‘ylab «Yashil xiyobon"lar tashkil etiladi.

11 mart 2019, 22:12

Birinchi Airbus A320neo Toshkentga yetib keldi (+foto)

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Wi-Fi o‘rnatilgan birinchi Airbus A320neo samolyotiga ega bo‘ldi. Ikkinchi A320neo samolyoti aprel boshida keltiriladi.

11 mart 2019, 18:15

Qashqadaryoda etnoqishloq — Amir Temur jangchilarining harbiy tayyorgarlik lageri barpo etiladi

Qashqadaryodagi G‘ilon va Ko‘l qishloqlarida etnoturizm, Tatar, Zarmast va Vari qishloqlarida ekstremal turizm faoliyati tashkil etiladi.

11 mart 2019, 17:22

Bosh prokuratura G‘azalkentdagi qotillik yuzasidan izoh berdi

Bosh prokuratura G‘azalkentdagi ayol kishini pichoqlab o‘ldirganlikda ayblanayotgan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

11 mart 2019, 16:54

Sog‘liqni saqlash vazirligi 200 ta UZI uskunasini sotib oldi

Barcha tuman va shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari uchun 200 ta General Electric UZI uskunasi sotib olindi.

10 mart 2019, 19:29

Bosh vazir va hokim Toshkent uzra vertolyotda parvoz qildi

Bosh vazir va Toshkent hokimi shaharning bosh rejasini ishlab chiqish uchun aerofototasvirga olish ishlarini o‘tkazayotgan vertolyotda poytaxt uzra parvoz qildi.

10 mart 2019, 15:57

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

Sirojiddin Eshmatov Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasiga rahbar bo‘ldi.

10 mart 2019, 15:38

Toshkent hokimi «Yashil tashabbus» aksiyasini boshlab berdi

Toshkent hokimligi «Yashil tashabbus» aksiyasi doirasida ko‘chatlar tarqatib, shaharliklarni poytaxtni ko‘kalamzorlashtirishga chorlamoqda. 25 martga qadar 400 ming tup daraxt o‘tqazish rejalashtirilgan.