Jamiyat

1 may 2022, 12:46

Chirchiq shahridagi binolar yoshi interaktiv xaritada aks ettirildi

1 may kuni Chirchiq shahri o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlaydi. Bu yil shahar 87 yoshga to‘ladi. Ushbu sana munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi Raqamli rivojlanish departamenti Chirchiqdagi binolar yoshi aks ettirilgan interaktiv xaritani tuzdi. Kartograf Jonibek Qutlimratov xaritaning tuzilishi jarayoni va Toshkent viloyatidagi eng muhim shaharlardan biriga asos solinishi tarixi haqida so‘zlab beradi.

1 may 2022, 12:15

1 maydan nimalar o‘zgaradi?

Kuchga kirgan yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari, old o‘rindiqdagi yo‘lovchi ham xavfsizlik kamarini taqishi shartligi, pensiya va nafaqalar miqdori 12 foizga oshirilishi, aviaspottingga ruxsat berilishi, yagona tergov axborot tizimi ishga tushirilishi, migrantlar va ularning oila a’zolariga moddiy yordam ko‘rsatilishi — 1 maydan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

1 may 2022, 11:00

«Hayotimni butunlay o‘zgartirib yubordi». Ilmiy ishi suvda oqib ketgan Kamola Abrorxonova Sardoba fojiasi haqida

2020 yil 1 may kuni Kamola Abrorxonovaning ilmiy ishi qo‘lyozmalari Sardoba suv ombori yorilishi oqibatida suvda zararlangandi. 15 may kuni mirzaobodliklar bilan muloqotda prezident Shavkat Mirziyoyev Kamolaga istisno tariqasida falsafa doktori diplomi berilishini ma’lum qilgandi. Kamola «Gazeta.uz»ga suv ombori yorilishi uning hayotini qay darajada o‘zgartirib yuborgani, hozirda kafedra mudiri sifatida 35 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilarga rahbarlik qilayotgani, dotsent bo‘lgani va 2 yil davomida boshidan o‘tkazganlarini so‘zlab berdi.

1 may 2022, 10:50

Mudofaa vazirligi Afg‘oniston havo makonining buzib o‘tilgani haqidagi xabarga raddiya berdi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi «Sputnik Afganistan» agentligining O‘zbekistonning uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari Afg‘oniston havo makonini buzib o‘tgani haqidagi xabarini rad etdi.

1 may 2022, 10:34

Ramazon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi

Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti namozi vaqtlarini e’lon qildi. Hayit namozi Toshkent shahrida soat 05:40 da, boshqa hududlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.

1 may 2022, 10:21

Sardoba suv ombori yorilganiga 2 yil to‘ldi

2020 yil 1 may kuni soat 05:55. «Sardoba» suv ombori yorilib, aholi zudlik bilan evakuatsiya qilina boshlandi. Texnogen ofat oqibatida 6 kishi vafot etdi, 70 mingga yaqin fuqaro yashash joyini tark etdi, minglab uylar vayronaga aylandi. Bunga sababchi deb ko‘rilgan 17 kishi qamaldi. «Gazeta.uz» fojia va undan keyingi voqelar xronologiyasini bir materialga jamladi.

30 aprel 2022, 18:13

O‘zbekistonda Ramazon hayiti 2 may — dushanba kuniga to‘g‘ri keladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Ramazon hayitining birinchi kuni 2 may — dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. 3 va 4 may esa qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilandi.

30 aprel 2022, 17:45 1

Toshkent hokimi drift havaskorlari uchun poligon ajratishni taklif qildi

Avtopoyga va drift ishqibozlari uchun Toshkent shahrida poligon ajratilishi mumkin. Bu boradagi taklifni poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bildirdi va ularga havaskor darajasida qarash kerakligini aytdi. Hozir ushbu qoidabuzarlik uchun 5−15 sutkaga qamash jazosi qo‘llaniladi. Hokimning fikricha, «hamma narsaga taqiq qo‘yish shart emas».

30 aprel 2022, 13:23

Ayrim nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa bilan birga stipendiya ham beriladi

Prezident qarori bilan «Ishga marhamat» monomarkazlarida o‘qitilayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa bilan birga 540 ming so‘m miqdorida har oy stipendiya to‘lab beriladi. Shuningdek, yetim bolalar ikkilamchi bozordan davlat olib bergan uy-joyni rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun boj to‘lamaydi.

30 aprel 2022, 11:32

Sanjar Mavlonov Sirdaryo viloyatiga prokuror bo‘ldi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumani prokurori Sanjar Mavlonov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

30 aprel 2022, 11:13

O‘zbekiston Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi

O‘zbekiston Termiz shahridagi «Ayritom» chegara punkti orqali Afg‘onistonga 58 ta vagondan iborat poyezdda navbatdagi insonpararlik yordamini jo‘natdi.

30 aprel 2022, 10:14

Ekstremistik guruhlarga qo‘shilib ketgan 14 nafar andijonlik qidirilmoqda

Andijonda xalqaro ekstremistik tashkilotlarga qo‘shilib, ularning harakatlarida ishtirok etayotganlikda gumonlangan 14 nafar shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Ularning 4 nafari ayollardan iborat (ro‘yxat).

30 aprel 2022, 10:05

Hayit bayrami uchun pishiriqlar

Hayit bayrami uchun qanday mazali pishiriqlar tayyorlash mumkin? Asalli noodatiy qush tili, chak-chak, yong‘oqli bulochkalar va pishiriqlar, «konfetka» pechenesi, Bostoncha kremli tort — Zira.uz retseptlarida.

29 aprel 2022, 22:00

29 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

1 maydan oshiriladigan pensiya va nafaqalar, o‘zini 4-qavatdan tashlagan O‘zDJTU talabasi, Ramazon hayiti arafasida afv etilgan 65 nafar fuqaro, urush faxriylariga 15 mln so‘mdan berilishi, «Ichan-Qal’a»dagi 33ta tarixiy obidaga jiddiy zarar yetkazayotgani aytilgan termitlar, judda issiq boshlanadigan may oyi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 29 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

29 aprel 2022, 18:09

Prezident aholining kam ta’minlangan qatlamini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ma’lum qildi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ijtimoiy yordamga muhtoj 2,2 mln kishi bor. Shavkat Mirziyoyev keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ijtimoiy muassasalar tarbiyalanuvchilari va boshqalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ma’lum qildi.

29 aprel 2022, 17:44

1 sentabrdan «dekret» to‘lovlarining bir qismini davlat to‘lab beradi

1 sentabrdan boshlab homiladorlik nafaqasi to‘lovlarining bir qismini davlat budjeti hisobidan to‘lash tartibi joriy etiladi. Buning uchun Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etilib, unga joriy yilda budjetdan 170 mlrd so‘m ajratilishi belgilandi.

29 aprel 2022, 17:26

Ramazon hayiti arafasida 65 nafar fuqaro afv etildi

Prezident Ramazon hayiti arafasida tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 65 nafar fuqaroni afv etish bo‘yicha farmonni imzoladi.

29 aprel 2022, 17:23

Namanganda bank xodimlari va tadbirkorlar imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilishdi

Chortoq tumanida bank mas’ul xodimlari tadbirkor bilan o‘zaro til biriktirib, quyonchilik va chorvachilik uchun ajratilgan 1,3 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Mingbuloq tumanida esa tadbirkor bankning sobiq mansabdor shaxslari bilan birgalikda fuqarolarga tikuvchilik uchun ajratilgan 143,2 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan.

29 aprel 2022, 16:25

Urush faxriylariga 15 mln so‘mdan beriladi

9 may arafasida urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalidagi asirlarga 15 mln so‘mdan to‘lanadi.

29 aprel 2022, 16:19

To‘qqizta hududda sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin

3−5 may kunlari to‘qqizta viloyatning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin xavfi e’lon qilindi. FVV sel xavfi bo‘lganda zarur harakatlar bo‘yicha tavsiyalar berdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting