Jamiyat

6 avgust 2021, 10:28

So‘rovda ishtirok etgan o‘zbekistonliklarning 53 foizi koronavirusga qarshi emlanishga tayyor

«Ijtimoiy fikr» markazining so‘rovnomasida ishtirok etgan fuqarolarning 53,2 foizi koronavirusga qarshi emlanishga tayyorligini tasdiqlashdi. So‘ralganlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i esa (36,5 foizi) emlanishdan bosh tortmoqda. Ular bunga asosiy sabab vaksinaning nojo‘ya ta’sirlaridan xavotir va emlanishga qarshi tibbiy ko‘rsatma ekanligini aytishgan. Vaksinatsiya borasida bir qarorga kelmagan fuqarolarning eng yuqori darajasi 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida aniqlandi.

6 avgust 2021, 10:12

Biologiya bo‘yicha Milliy sertifikat uchun test natijalari bekor qilindi

Davlat test markazi 10 iyun kuni biologiya fani bo‘yicha milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test natijalari e’lon qilinmasligiini ma’lum qildi. Bunga testologiya mezonlari buzilganligi, test topshirganlarning maktabdagi o‘rtacha baholari va test natijalari o‘rtasidagi katta tafovut hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi e’tiroz sabab bo‘ldi. Testda ishtirok etgan barcha talabgorlarning to‘lovi to‘liq qaytariladi.

5 avgust 2021, 21:33

5 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda Gul yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etilishi, O‘zbekistonda pandemiya boshidan beri eng ko‘p kunlik koronavirus holatlari aniqlanishi, bosh vazirning koronavirusga qarshi emlanishi — “Gazeta.uz"ning 5 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

5 avgust 2021, 21:04

Qashqadaryoda Lacetti yuk mashinasiga urildi. Oqibatda 4 kishi vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida Lacetti va Isuzu to‘qnashishi oqibatida yong‘in chiqdi. Lacetti avtomobilidagi to‘rt nafar fuqaro kuyib, vafot etdi.

5 avgust 2021, 17:09

DTM internetda tarqalgan test materiallari bo‘yicha izoh berdi

Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan test materiallaridan faqatgina biologiya faniga oid topshiriqlar Namangan viloyatida abituriyent tomonidan suratga olingani va u dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilganini ma’lum qildi.

5 avgust 2021, 16:44

O‘zbekistonda COVID-19 savollari bo‘yicha HealthBuddy+ chat-boti ishga tushirildi

YUNISEF va JSST, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda COVID-19 haqidagi ishonchli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan HealthBuddy+ chat-botini ishga tushirishdi.

5 avgust 2021, 16:10

Namanganda shifokorni do‘pposlagan shaxslar qamoqqa olindi

Namangandagi oilaviy poliklinkada shifokorni do‘pposlagan aka-ukalarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shifokorga tibbiy tekshiruv davomida bir necha jarohatlar tashxisi qo‘yilgan.

5 avgust 2021, 15:11

BMTning din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid sentyabr oyida hamkorlik dasturini yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Dastur doirasida davlat organlari, fuqarolik jamiyati va diniy tashkilotlar vakillari uchun qator seminarlar va treninglar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

5 avgust 2021, 14:16

Angrendagi to‘qqiz qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

5 avgust kuni Angren shahrida joylashgan to‘qqiz qavatli uyning 6-qavatida yong‘in sodir bo‘ldi. Qutqaruvchilar tomonidan 25 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilib, yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida xonadonning 50 kv.metr maydoni zararlangan.

5 avgust 2021, 12:00

O‘zini o‘zi band qilganlar kim va ushbu maqom nima beradi?

O‘zini o‘z band qilish maqomi nimani anglatadi, uni qanday olish mumkin va bu maqom O‘zbekistonda 2021 yilda qanday foyda berishi haqida so‘z yuritamiz.

5 avgust 2021, 11:06

Farg‘onada 13 yoshli qiz YTH oqibatida vafot etdi

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida Matiz avtomashinasi Nexia`ni quvib o‘tmoqchi bo‘lganida 13 yoshli qizni urib ketgan va Nexia bilan to‘qnashgan. Piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

5 avgust 2021, 11:02

eanticor.uz sayti orqali korrupsiya holatlari haqida xabar berish mumkin

Korrupsiya holatlari haqida Antikorrupsiya agentligini xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus sayt ishlab chiqildi. Fuqarolar murojaatlari asosida vazirlik, idoralar, viloyat va tumanlarning statistik reytingi ham tuziladi.

4 avgust 2021, 21:08

4 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolovning Olimpiya o‘yinlari finaliga yo‘l olishi, Ekopartiyaning prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini e’lon qilishi, aholi murojaatlarini hal qilish uchun “Tezkor shtablar” tashkil etilayotgani — “Gazeta.uz"ning 4 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

4 avgust 2021, 20:38

OTMlarga 950 mingga yaqin abituriyent hujjat topshirdi

O‘zbekistonda qariyb 950 ming nafar abituriyent oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 535 ming kishi yoki 36,1 foizga kam. Hujjat topshirganlarning 46 foizi sirtqi ta’limga hujjat topshirgan.

4 avgust 2021, 20:10

Toshkentda tez yordam mashinasi ishtirokidagi YTH oqibatida yo‘lovchi vafot etdi

Poytaxtda Nexia va tez tibbiy yordam avtomashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda Ford rusumli tez tibbiy yordam avtomobili yo‘lovchisi shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

4 avgust 2021, 17:32

Namangandagi poliklinikada shifokor do‘pposlanishi yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Namangan shahridagi oilaviy poliklinikada fuqaro noto‘g‘ri tashxis qo‘yganlikda shifokorni ayblab, u bilan mushtlashib ketgan. Shifokorning yuz, bosh va qo‘l qismiga jarohatlar yetkazilgan. «Bezorilik» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

4 avgust 2021, 16:36

«Salar» kanali bo‘yidagi qayta ishlab chiqarish va qoramol kushxonalari Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi

«Salar» kanali bo‘yida va Toshkentdagi suv tozalash inshooti yaqinida joylashgan ba’zi ishlab chiqarish obyektlari va qoramol kushxonalari Olmaliq va Ohangarondagi maxsus sanoat zonalariga ko‘chiriladi.

4 avgust 2021, 14:35

Aholi murojaatlarini hal qilish uchun «Tezkor shtablar» tashkil etilmoqda

Viloyat hokimliklarida aholi murojaatlarini hal qilish uchun «Tezkor shtablar» tashkil etiladi. Ularning faoliyatiga hokimlar rahbarlik qiladi. «Har bir hokimning kabineti „xalq qabulxonasi“ bo‘ladi», — degan edi Shavkat Mirziyoyev 23 iyul kuni ushbu masalalarga oid videoselektorda.

4 avgust 2021, 13:50

Turkiyalik muxojirlar, uch egizakning onasi, Garvard bitiruvchisi, molekulyar biolog: koronavirusga qarshi vaksinalarni yaratganlar kim?

Biror yuqumli kasallikka shifo topish, vaksina yaratish — juda katta mas’uliyat va tajribani talab etadi. Chunki bir doza preparat bilan yoki insonni normal hayotga qaytarish, yoki biror nojo‘ya ta’sir bilan noxush holatlarga olib kelish mumkin. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilayotgan 5 ta vaksina mualliflari va vaksinalar qanday yaratilganligi haqida «Gazeta.uz» maqolasida.

4 avgust 2021, 11:46

IIB 11 yoshli bolaning zo‘rlangani to‘g‘risidagi xabarni tekshirmoqda

Quva tumani IIB 11 yoshli bolaning amakisi tomonidan jinsiy tajovuzga uchragani to‘g‘risidagi xabarni tekshirmoqda. Farg‘ona viloyat prokuraturasi ishni nazoratiga oldi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting