Jamiyat

13 dekabr 2020, 23:26

Yangi yilni oila davrasida kutib olish tavsiya etildi

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan fuqarolarga yangi 2021-yil bayrami tadbirlarini oila davrasida o‘tkazish tavsiya etilmoqda. Shuningdek, vazirlik, davlat idora va tashkilotlariga korporativ bayram tadbirlarini tashkil etish taqiqlandi. “Prezident archasi” bayrami faqat mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun o‘tkaziladi.

13 dekabr 2020, 14:30

Poytaxtdagi DXMlar xodimlari 10 oy yarim oylikka ishlagani ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahrida joylashgan 11 ta Davlat xizmatlari markazlari xodimlari 10 oy davomida yarim stavka oylik maoshga to‘liq ish rejimida faoliyat yuritgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat bo‘yicha DXA Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Abdullayev: “To‘g‘ri, to‘liq stavkada emas. Lekin, yarim stavka degani u majburiy emas, ishlaganiga albatta haq to‘langan. Qonunga zid ravishda mehnat olib bormagan”, — deya tushuntirish berdi.

13 dekabr 2020, 13:59

Internat-maktab tarbiyalanuvchisi kaltaklanganligi yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Voyaga yetmagan maktab-internati tarbiyalanuvchisiga tan jarohatlari yetkazgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bola huquqlari bo‘yicha Ombudsman holatni nazorat ostiga olinganligini va zo‘ravonlar jazolanishini ta’kidladi.

13 dekabr 2020, 13:30

«Prezident bir yilda bir kelib, ko‘rib ketgani bilan natija bo‘lib qolmaydi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Urganch shahridagi yig‘ilishda har bir hokim, iqtisodiy kompleks rahbarlari hududdagi muammolar bo‘yicha tizimli ishlashi kerakligini ta’kidladi. «Prezident bir yilda bir kelib, ko‘rib ketgani bilan natija bo‘lib qolmaydi», dedi u. Shavkat Mirziyoyev «mahalla raisi — islohotchi» tamoyili asosida ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini ta’kidladi.

13 dekabr 2020, 12:17

Toshkentda avtobus haydovchilari yana poyga uyushtirishdi

Toshkentda 38 va 58-avtobus haydovchilari Shota Rustaveli ko‘chasida poyga uyushtirishdi. Haydovchilarning shaxsi aniqlanib, ularga 1 115 000 ming miqdorida jarima belgilandi.

12 dekabr 2020, 23:21

Maktablarda qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Xalq ta’limi vazirligi qishqi ta’til boshlang‘ich sinflar uchun 25-dekabr, yuqori sinflar uchun 26-dekabrdan boshlanishini ma’lum qildi. Qolaversa, ta’tillarni o‘zgartirish bo‘yicha takliflar yuzasidan ham munosabat bildirildi. Aytilishicha, maktablarni isitishdan ko‘ra, sovutishga ko‘proq elektr energiya resurslari talab etiladi.

12 dekabr 2020, 18:24

Yunusobod tumanida ayol kishining murdasi topildi

Toshkentning Yunusobod tumanida ayol kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topildi. Hozirda tezkor tergov harakatlari olib borilmoqda.

12 dekabr 2020, 15:13

Poytaxt avtobus bekatlari do‘konlarsiz bo‘ladi

Toshkentdagi avtobus bekatlarini yagona konsepsiya asosida yangilash rejalashtirilmoqda. Bekatlarda elektron tablo, WI-FI, kuzatuv kamerasi, zamonaviy dizayndagi o‘rindiqlar, mobil qurilmalar quvvatlash manbalari, panduslar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Bekatlarda do‘konlar bo‘lmasligi ham ma’lum qilindi.

12 dekabr 2020, 13:19

Buxoro prokurori Jasur Fozilov murojaati yuzasidan Bosh prokuratura bayonot berdi

Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov Shavkat Mirziyoyev va prezident administratsiyasi rahbariga videomurojaat bilan chiqib, bosh prokurorga aloqadar jinoyatlarni fosh etmoqchiligi, uning Mega Bukhara savdo majmuasi qurilishiga bevosita aloqadorligini ta’kidladi. Shuningdek, mazkur ob’ekt qurilishiga ketgan harajat 1 trln so‘mga yetishi va xalqning yonidan qoplanayotganini aytdi. Bosh prokuratura holat bo‘yicha bayonot bilan chiqdi.

12 dekabr 2020, 11:19

Rossiyadan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun qo‘shimcha poyezd qatnovlari amalga oshiriladi

Rossiyada qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga olib kelish maqsadida 14, 21 va 28 dekabr kunlari Moskvadan Toshkentga maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

12 dekabr 2020, 10:30

Nimalarni oldindan tayyorlab qo‘yish mumkin

Zira.uz dan oldindan tayyorlab, muzlatib qo‘ysa bo‘ladigan yeguliklar jamlanmasi.

11 dekabr 2020, 18:53

Yoshlar ittifoqidan pulini ololmayotgan tadbirkor ochlik e’lon qilmoqchi

Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorning Yoshlar ittifoqi uchun Jizzaxda 14 mlrd so‘mdan ko‘proqqa bino qurgani va shu pulning 9 mlrd so‘mini olmagani haqidagi xabarlar tarqaldi. U shuningdek, 15 dekabr kuni ittifoq markaziy kengashi binosi oldida ochlik e’lon qilishini aytdi. Yoshlar ittifoqi ushbu holat yuzasidan munosabat bildirib, qarzdorlik 5,6 mlrd so‘m ekanini qayd etdi.

11 dekabr 2020, 18:48

16 yoshga to‘lganlar ID-karta olayotganda soliq to‘lovchilar va jamg‘arib boriladigan pensiya ro‘yxatiga ham kiritiladi

16 yoshga to‘lgan fuqarolarga ID-karta berish ularni soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritish hamda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

11 dekabr 2020, 18:27

Navoiyda 13 mingdan ortiq yovvoyi hayvonlar noqonuniy ovlanishiga imkoniyat yaratilgani aniqlandi

Navoiy viloyatida ov mavsumida mumkin bo‘lgan kvotadan tashqari 13 ming boshdan ortiq yovvoyi hayvonlar noqonuniy ovlanishiga imkoniyat yaratilgani aniqlandi. O‘tgan yili 1 707 holatda noqonuniy ov amalga oshirilib, vaqtida choralar ko‘rilmaganligi ham ma’lum bo‘ldi.

11 dekabr 2020, 18:15

Yil boshidan 80 nafar o‘zbekistonlik is gazi va gaz chaqnashidan vafot etgan

Yil boshidan beri is gazidan zaxarlanib 61 nafar fuqaro, gaz chaqnashi oqibatida esa 19 nafar fuqaro vafot etganligi qayd etildi.

11 dekabr 2020, 16:43

Dam olish kunlari havo harorati deyarli o‘zgarmaydi

Dam olish kunlari yuqori siklonli bulutli massiv asta-sekin O‘zbekistonning qolgan hududlariga siljiydi. Shu kunlarda havo harorati deyarli o‘zgarmaydi, kechalari 2−7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0−5 darada iliq atrofida, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha bo‘ladi.

11 dekabr 2020, 16:33

O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 22,1 milliondan oshdi

O‘zbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni — 22,1 milliondan oshdi. Shundan mobil internet foydalanuvchilari soni — 19 millionni tashkil etmoqda. Mamlakat bo‘yicha aholi punktlarining mobil aloqa bilan qamrab olinishi darajasi 97 foizni, mobil internet qamrovi esa 87 foizni tashkil etdi. Dekabr oyi boshida maktablarning 70% va sog‘liqni saqlash muassasalarining 78% internetga ulangan.

11 dekabr 2020, 14:36

Davlat tashkilotlari tomonidan ayrim ma’lumotnomalarni so‘rash bekor qilinishi mumkin

2021 yil 1 apreldan davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy hokimiyatlar tomonidan sudlanganlik, manzil-ma’lumot axboroti, fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy borligi yoki yo‘qligi, soliq qarzi bor yoki yo‘qligi, nikoh yoki ajrashganlik va boshqa faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni so‘rashni bekor qilish taklif qilinmoqda.

11 dekabr 2020, 14:29

«Kampirtepa» qal’asi devorining buzilganligi bo‘yicha Bosh prokuratura tekshiruv o‘tkazadi

Surxondaryo viloyatidagi «Kampirtepa» qal’asi devori qulaganidan so‘ng, akademik E.V.Rtveladze bunday buzilishlar o‘tgan yili ham bo‘lganligi va bu ataylab qilinganligini ta’kidladi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura tekshiruv o‘tkazishi rejalashtirilmoqda.

11 dekabr 2020, 14:12

Xususiy korxona tomonidan Tosh hovli saroyi devori buzilganligi aniqlandi

Xiva shahrida joylashgan Tosh hovli saroyining devori «Surgut neft stroy» pudratchi xususiy korxonasi tomonidan buzilganligi aniqlandi. Ushbu loyiha Ilmiy-ekspert kengashiga kiritilmaganligi va saroyda loyihasiz ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilganligi ma’lum bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting