Jamiyat

18 dekabr 2020, 18:35

2021-yilda hamshira, shifokor va o‘qituvchilarning maoshlari bir necha baravar oshiriladi

Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Amrillo Inoyatov 2021-yilda hamshira, shifokor va o‘qituvchilarning maoshlari bir necha baravar oshirilishini ma’lum qildi. U shuningdek, xorijdagi o‘zbekistonlik mutaxassislarni qaytarishning yagona usuli — yaxshi ish haqi taklif etish ekanini aytdi.

18 dekabr 2020, 18:22

“Soliq to‘lovchilar Tashkent City`ga kirganida pul to‘lasa, o‘shanda adolatli bo‘lsa kerak” — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Tashkent City bog‘iga yangi yil arafasida kirish pullik etib belgilangani bo‘yicha shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shaxsiy munosabatini bildirdi. Uning fikricha soliq to‘lovchilar Tashkent City`ga kirganida pul to‘lasa adolatli bo‘ladi. Hokim shuningdek, “Bir oyda saqlab turishga 900 mln so‘m, har bitta fontanni otilishiga bir kunda 1 mln so‘mdan ko‘p pul ketadi”, — deya ma’lum qildi.

18 dekabr 2020, 17:34

Kunduzi “faralar"ni yoqib yurish talabi bekor qilindi

Keng jamoatchilikning fikrini inobatga olgan holda hukumatning kunduzi “faralar"ni yoqib yurish talabini bekor qilishga oid qarori qabul qilindi. Bunda faqat, oltita holatda — avtobus va yo‘nalishli transportlar, bolalarni tashkiliy tashish, mototsikl, mopedlar va boshqa hollarda “faralar"ni yoqib yurish talab etiladi.

18 dekabr 2020, 17:05

“Xitoy vaksinasi natijalari ijobiy, hech qanday asoratlari bo‘lgani yo‘q” — SSV

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov Xitoy vaksinasi natijalari ijobiy ekani va asoratlari kuzatilmaganini aytdi. “Yakuniy hulosaga kelinganidan keyin hukumat tomonidan to‘liq, ommaviy emlash yo‘lga qo‘yiladi”, — deya ta’kidladi Inoyatov.

18 dekabr 2020, 16:50

Sud UzAuto Motors ishi bo‘yicha Antimonopoliya qo‘mitasi apellyatsiyasini qanoatlantirmadi

Sud UzAuto Motors ishi bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirmadi. Shunga ko‘ra, birinchi instansiya sudining 30-oktabrdagi hal qiluv qarori va xususiy ajrimi o‘zgarishsiz qoldirildi.

18 dekabr 2020, 16:46

Dam olish kunlari qor yog‘ishi kutilmoqda

Dam olish kunlari Rossiyaning janubiy hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi oqibatida Respublikaning shimolida qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Barcha joylarda yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik qorga aylanishi bilan kuzatiladi. Ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi.

18 dekabr 2020, 13:22

Mehnat vazirligi Nukus shahridagi voqeaga munosabat bildirdi

17 dekabr kuni jamoat ishiga jalb qilingan va oyligini ololmagan fuqarolar Nukus shahri markaziga chiqqan edi. Mehnat vazirligi ushbu vaziyat bo‘yicha aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilishi va mablag‘lar 18 dekabr kuni to‘liq to‘lab berilishi haqida ma’lum qildi.

18 dekabr 2020, 11:31

Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda

19−2 dekabr kunlari Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ib, qalin tuman tushishi va ko‘rish masofasining 50 metrgacha qisqarishi kutilmoqda.

18 dekabr 2020, 11:00

O‘zbekistonda 4 ta dializ klinikasi quriladi

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 4 ta dializ klinikasi barpo etiladi. Shifoxonalar Hindistonning Nephroplus kompaniyasi tomonidan quriladi.

18 dekabr 2020, 10:22

«Abu Saxiy» bozorida uka akasini pichoqlab o‘ldirdi

«Toshkent savdo markazi» (sobiq «Abu Saxiy») majmuasida uka o‘z akasini pichoqlab o‘ldirdi. Ularning har ikkisi ham sudlangan va ishsiz. Uka qidirilmoqda.

18 dekabr 2020, 01:21

Tashkent City bog‘iga kirish pullik bo‘ldi

Tashkent City bog‘iga yangi yil arafasi va yangi yil kunlarida — 17-dekabrdan 10-yanvargacha kirish uchun pul to‘lanadi. Kattalar uchun chipta narxi — 10 ming so‘m, bolalar uchun — 5 ming so‘m, yengil avtomobilda kirish — 20 ming so‘m etib belgilandi.

17 dekabr 2020, 23:31

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 500 ming to‘plam gidroksixloroxin sotib oldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 500 ming to‘plam gidroksixloroxin sotib oldi. Avvalroq JSST ushbu preparatning koronavirusga qarshi kurashda samarasiz ekanini ma’lum qilgan edi.

17 dekabr 2020, 22:44

Toshkent Xalqaro kinofestivali qayta tiklanadi

Ilk bor 1968 yilda tashkil etilgan Toshkent Xalqaro kinofestivali qayta tiklanadi. Rossiyalik teleboshlovchi va prodyuser Valdis Pelsh va rejissyor Djanik Fayziyev bilan xalqaro memorandum imzolandi.

17 dekabr 2020, 16:42

Sirdaryoda 113 mln so‘mlik 7 tup daraxtning noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi

Sirdaryo viloyatida fermer ko‘rsatmasi bilan 7 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 113 mln so‘mga baholandi.

17 dekabr 2020, 16:30

Guljahon Yo‘ldosheva sudda Farrux Rustamovning o‘limiga umuman aloqasi yo‘qligini aytdi — advokat

Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaning advokati u Farrux Rustamovning o‘limida umuman aloqasi yo‘qligini aytganini ma’lum qildi. Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan jinoyat ishi yuzasidan sud jarayonida uning ko‘rsatmasi tinglandi.

17 dekabr 2020, 16:24

Farzandlarini cho‘ktirmoqchi bo‘lgan ayol videotasviriga munosabat bildirildi

Toshkent viloyatida eriga achchiq qilib bolalarini cho‘ktirib yubormoqchi bo‘lgan ayol videotasviri bo‘yicha munosabat bildirildi. Ayolni ekologlar to‘xtatib qolgan.

17 dekabr 2020, 14:50

Nukusda jamoat ishlari uchun oylik ololmagan ayollar ko‘chani to‘sib qo‘yishdi

Nukusda yozda, karantin vaqtida jamoat ishlariga jalb qilingan ayollar ish haqlarini ololmagani uchun shahar markazidagi ko‘chani to‘sib qo‘ydi.

17 dekabr 2020, 13:38

Qoraqalpog‘istondagi 15 ta maktabning sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga 3,5 million dollar ajratiladi

YUNISEF ko‘magida Qoraqalpog‘istondagi 15 maktabning sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga 3,5 million dollar ajratiladi. Ushbu maktablarda o‘g‘il va qiz bolalar uchun zamonaviy hojatxonalar va yuvinish xonalari, maktablarni chiqindilardan tozalash sharoiti barpo etiladi.

16 dekabr 2020, 22:57

Namanganda MAN va Nexia to‘qnashuvida olti kishi vafot etdi

Namanganda MAN yuk avtomashinasi chorrahada Nexia bilan to‘qnashdi. Olti kishi vafot etdi, ulardan uch nafari voyaga yetmaganlar.

16 dekabr 2020, 22:01

Yil boshidan 106 nafar fuqaro is gazi va gaz chaqnashidan vafot etgan

O‘zbekistonda yil boshidan beri is gazidan zaharlanish va gaz chaqnashi oqibatida 106 nafar fuqaro vafot etgan. Prezident FVVning Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting