Jamiyat

18 noyabr 2020, 19:30

Karantindagi to‘y

Koronavirus pandemiyasi odamlarning odatlariga, moddiy ahvoliga va hatto to‘y an’analariga ta’sir ko‘rsatdi. «Gazeta.uz» uch nafar juftlik bilan suhbatlashdi va nima uchun ular kichik to‘y o‘tkazishga qaror qilishgani, qanday qiyinchiliklarga duch kelishgani va karantin davrida oilaviy hayotni qanday boshlaganliklari haqida suhbatlashdi.

18 noyabr 2020, 17:37

O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda qullikda bo‘lganligini rad etdi

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra bir yil davomida mehnat qulligida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ish beruvchiga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini, ish sharoitlari va ish haqidan qoniqqanini aytdi. U O‘zbekistonga qaytish niyatida emas. Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yopilgan.

18 noyabr 2020, 17:13

«O‘rganish emas, rahmat deyish kerak» — Komil Allamjonov volontyorlar haqida

«Pandemiya davrida yotgan ayrim qariyalarga oyog‘ini tog‘oraga suv solib, sovun bilan yuvish emas, balki sumkada tashilgan yeguliklar kerak edi», — deya Komil Allamjonov Toshkent hokimining volontyorlik haqidagi so‘zlariga fikr bildirdi. Toshkent shahar hokimligi Jahongir Ortiqxo‘jayevning javobi aks etgan to‘liq videoni taqdim etib, hokim «yolg‘iz qolgan, kambag‘allarga yordam berishga bo‘lgan samimiylik va firibgarliklar o‘rtasidagi nozik chiziqni» ko‘rsatishga urinayotganini ta’kidladi.

18 noyabr 2020, 16:35

«Moskva premerasi» xalqaro kinofestivalida o‘zbek filmi gran-pri g‘olibi bo‘ldi

Rejissyor Yolqin To‘ychiyev suratga olgan «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi «Moskva premerasi» xalqaro kinofestivalida gran-pri sovrinini qo‘lga kiritdi.

18 noyabr 2020, 14:47

BMTda Gigiyena va sanitariya jamg‘armasi tashkil etildi

BMT tizimida Gigiyena va sanitariya jamg‘armasi tashkil etildi. So‘nggi besh yil ichida odamlarni suv, hojatxonalar va gigiyena vositalarini ta’minlash uchun jamg‘armaga 2 mlrd dollar miqdorida mablag‘ ajratilishi kutilmoqda.

18 noyabr 2020, 13:30

«Obqochishga majburmiz endi, nima qilamiz» — maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar savoliga javob berib bo‘lgach, mikrofonini o‘chirishni esdan chiqargan maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari Maqsud Yuldashev: «Obqochishga majburmiz endi, nima qilamiz», — dedi. Vazirlik rasmiy munosabat bildirdi.

18 noyabr 2020, 13:27

Bir oyda 10 trln so‘m soliq tushadi, ortiqcha to‘langan 126 mlrd so‘m, bu — normal raqam — DSQ raisi

Qonunchilik palatasi deputatlari 9 oyda ortiqcha to‘langan 126 mlrd so‘m soliqni qaytarish masalasi bilan qiziqishdi. «Bir oyda 10 trln soliq tushumlari tushadi, ortiqcha to‘langan 126 mlrd so‘m bu normal raqam», — dedi DSQ raisi Sherzod Qudbiyev. U, shuningdek, ortiqcha to‘langan soliq tadbirkorlik sub’ekti murojaati yoki sudni qarori bilan qaytarilishini ma’lum qildi.

18 noyabr 2020, 13:12

«Volontyorlar faoliyatini bir ko‘rib chiqishimiz kerak» — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev volontyorlar tomonidan tovar va pul olish, kimgadir nimalardir olib borish holatlari ko‘payib borayotganidan shubhaga tushayotganini ta’kidladi. «Hammasi sumka-sumka narsa olib borib tashash bilan ovora. Buni bir ko‘rib chiqishimiz kerak», — dedi u.

18 noyabr 2020, 12:30

Qashqadaryoda bitiruvchilari OTMga kirmagan maktab direktorlari bo‘shatildi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Qashqadaryo viloyatida birorta ham bitiruvchisi OTMga kira olmagan 20 ta maktab direktorini o‘z lavozimidan chetlatdi. Yuqori natijalarga erishgan maktab direktorlari esa rag‘batlantirildi.

18 noyabr 2020, 12:14

9 oyda tabiiy gazni qazib olish 19,6 foizga, gaz kandensati esa 34,7 foizga kamaygan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 9 oyda tabiiy gazni qazib olish 19,6 foizga, gaz kandensati esa 34,7 foizga tushgani, bu dunyo bozoridagi talab kamayishi tufayli kuzatilgani aytildi. Deputat Maqsuda Vorisova, — «Ichki bozorda talab kundan-kunga oshib borayapti, tadbirkorlarni ham qish oldidan gaz tarmog‘idan uzishga majbur bo‘layapmiz, bunga qanday izoh berasizlar», — deya savol berdi. Energetika vaziri o‘rinbosari qo‘shma korxonalar eksportni to‘xtatgani va ishlab chiqarish shuning hisobiga qisqarganini ma’lum qildi.

18 noyabr 2020, 11:59 1

Elektron kundalik uchun pullik obuna 30 noyabrdan boshlanadi

30 noyabrdan elektron kundalik uchun to‘lovni amalga oshirish mumkin. Obuna narxi qog‘oz kundalikning o‘rtacha narxi kabi — 9 200 so‘m etib belgilandi. U orqali ota-onalar bir yil davomida bolaning maktab hayotini kuzatish imkoniga ega bo‘ladi. O‘qituvchilar elektron jurnaldan bepul foydalana oladi.

18 noyabr 2020, 09:48

Andijonda 65 yoshli erkak voyaga yetmagan qizni zo‘rlashda ayblanmoqda

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida voyaga yetmagan qiz (nogiron, 2004 yilda tug‘ilgan) 65 yoshli qo‘shnisi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchradi. Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, erkak 2018 yildan beri qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgan.

18 noyabr 2020, 09:18

O‘zbekistondagi 26 ta ko‘prik ayanchli holatga kelib qolgan

«O‘zyo‘linspeksiya» O‘zbekistondagi 26 ta ayanchli holatga kelib qolgani, ularni saqlashga mas’ul bo‘lgan korxonalar ham zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmaganini ma’lum qildi. Ayrim ko‘priklarga yaqin o‘zanlarda karerlar faoliyati hanuz tugatilmagan.

17 noyabr 2020, 22:20

SSV koronavirus bo‘yicha rasmiy statistikadagi farqlarga izoh berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalardagi bemorlar soni va davolanayotgan koronavirus bemorlari ko‘rsatkichlardagi farqlarga izoh berdi. Unga ko‘ra, rasmiy statistikaga faqatgina maxsus laborator tekshiruvlarda koronavirus tasdiqlanganlar kiritiladi. Shifoxonalar statistikasida esa kasallik belgilari mavjud yoki pnevmoniya bo‘lganlar, lekin infeksiya tasdiqlanmagan bemorlar ham kiritilgan bo‘ladi.

17 noyabr 2020, 18:00

«So‘x voqealari» bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi

«So‘x voqealari» bo‘yicha 22 nafar shaxsga nisbatan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Davlat ayblovchisi So‘x voqealarida bir qancha avtomashina va yashash xonadonlariga moddiy zarar yetganini aytdi. Ayblanuvchilarning bir qismi aybiga iqror bo‘lmagan, ayrimlari esa qisman iqrorligini ma’lum qilgan.

17 noyabr 2020, 17:59

Endi yashash joyida ro‘yxatdan o‘tganlar haqida ma’lumotnomani elektron olish mumkin

«Doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnoma»ni [17 forma] elektron tarzda, bir necha daqiqalar ichida olish imkoniyati yaratildi.

17 noyabr 2020, 13:23

Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan tergov yakunlanib, jinoyat ishi sudga yuborildi

Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan tergov yakunlandi. Sud ishini Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi raisi ko‘rib chiqadi. Yo‘ldoshevaning advokati ayblovlar asossiz ekanini aytmoqda. «Hozir taqdim qilingan ayblov bo‘yicha 20 ta epizod taqdim qilingan», — dedi advokat. U, shuningdek, tarqatilayotgan xabarlar Yo‘ldoshevaning oilasiga ruhim bosim o‘tkazayotganini aytmoqda.

17 noyabr 2020, 12:43

Uch yilda hunarmandchilik loyihalariga 100 mln dollarlik kreditlar ajratilgan

Hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 3 yil ichida 100 mln AQSH dollariga teng kredit resurlari ajratildi. Ushbu mablag‘ evaziga 158 ming hunarmandlar ish bilan ta’minlandi va 28 mingta loyihalar amalga oshirildi. Bundan tashqari barcha xunarmandlarga QR kodli maxsus guvohnomalar berildi.

17 noyabr 2020, 12:28

Surxondaryoda sport maktabi tarbiyalanuvchilari uyushtirgan «samosud» bo‘yicha izoh berildi

Tergov departamenti ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Surxondaryoda bir guruh sport maktabi tarbiyalanuvchilari „samosud“ uyushtirib, katta janjal keltirib chiqardi» nomi ostida tarqalgan video yuzasidan munosabat bildirdi. «Samosud» uyushtirganlarga «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

17 noyabr 2020, 11:48

2020−2025 yillarda sog‘lom ovqatlanish dasturi indikatorlari belgilandi

2025 yilga kelib aholining umr ko‘rish davomiyligini 75,1 yoshdan 76,4 yoshgacha oshirish hamda semizligi bo‘lgan aholi ulushining o‘sishini 23,5% darajasida to‘xtatish rejalashtirilgan. Ushbu rejalar sog‘lom ovqatlanishni shakllantirish dasturida belgilanadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting