Jamiyat

15 dekabr 2020, 16:34

Kafeda IIB xodimini kaltaklagan shaxslar qo‘lga olindi

Sirdaryo viloyatida profilaktika inspektori kafe ish yurituvchisi va uch nafar shaxslarning spirtli ichimliklar iste’mol qilayotganini suratga olgani uchun ular tomonidan kaltaklangan. Ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

15 dekabr 2020, 16:14

DXMlar xodimlari 10 oy yarim oylikka ishlagani haqidagi xabarga munosabat bildirildi

«Gazeta.uz»ning Toshkentdagi DXMlar xodimlari 10 oy yarim stavka oylik bilan ishlagani haqida xabariga munosabat bildirildi. Davlat xizmatlari agentligi xodimlar mehnatiga to‘liq haq olganini qayd etdi. Ularning nima sababdan va aynan qachondan yarim stavkaga o‘tkazilgani haqidagi masala esa ochiq qolmoqda.

15 dekabr 2020, 15:31

Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat qilganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi olib tashlanmoqda

Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat qilganlik uchun mavjud bo‘lgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi bekor qilinib, o‘rniga jarima yoki majburiy jamoat ishi jazosi qo‘shilmoqda.

15 dekabr 2020, 14:09

«Men to‘xtamayman». Andrey Kubatinning opasi — qiynoqlar, kompensatsiya va apellyatsiya to‘g‘risida

Koronavirusdan vafot etgan sharqshunos olim Andrey Kubatinning opasi Klara Saxarova talab qilingan 560 million so‘m o‘rniga 462 ming so‘m miqdoridagi moddiy tovon puli to‘g‘risidagi sud qaroridan norozi bo‘lib, shikoyat arizasi yozmoqchi. Kubatin reabilitatsiya qilinmaguniga qadar davlatga xiyonat qilishda ayblanib, 2,5 yil qamoqda o‘tirib chiqqan edi. Uning opasi «Gazeta.uz»ga jinoyat ishi tafsilotlari, qiynoqlar va Zangiota kasalxonasidagi davolanish haqida gapirib berdi.

15 dekabr 2020, 13:53

O‘zbekiston Inson kamoloti indeksida 106-o‘rinni egalladi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan e’lon qilingan 2020 yilgi Inson kamoloti indeksi hisobotida O‘zbekiston 106-o‘rinni egalladi.

15 dekabr 2020, 13:16

Namangandagi YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi

Namangan viloyatida ZIL-130 va Neksiya-1 rusumli avtomashinalar to‘qnashdi. YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi, ikki nafar yo‘lovchilar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

15 dekabr 2020, 12:42

2021 yil 1 martdan elektron sug‘urta joriy qilinadi

Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, 2021 yil 1 martdan Moliya vazirligi sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha Ye-polisni sotish, rasmiylashtirishni amalga oshiradi.

15 dekabr 2020, 12:30

Toshkentdagi noqonuniy diniy maktablarda bolalar kaltaklanib kelingani aniqlandi

Toshkentda noqonuniy diniy hujralar faoliyat yuritganligi aniqlandi. Hujralarda o‘qigan 30dan ortiq bolalar kaltaklanib, muntazam ravishda och qoldirish orqali jazolangan.

15 dekabr 2020, 00:15

Buxoro prokurorining ishi yuzasidan Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi

Bosh prokurorni bir nechta huquqbuzarliklard ayblagan Buxoro shahar prokurori J.Fozilovning vajlarini «har tomonlama va xolisona tekshirish» maqsadida Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi.

14 dekabr 2020, 19:00

OTB O‘zbekiston aholisi bandligini ta’minlashga 93 mln dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda ishsizlikni qisqartirishga, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan loyiha uchun 93 mln dollar ajratadi.

14 dekabr 2020, 16:45

Toshkent shahrida 4 million so‘mga yaqin pirotexnika vositalari ushlab qolindi

Toshkent shahar Bektemir tumanida IIO xodimlari tomonidan 4 mln so‘mga yaqin pirotexnika vositalari ushlab qolindi.

14 dekabr 2020, 15:54

Muzlagan yo‘llar sabab Qamchiq dovonida 13 ta avtomashina YTHga uchradi

Qamchiq dovonida muzlagan yo‘llar sababli 13 ta avtotransport vositalari YTHga uchradi. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

14 dekabr 2020, 15:14

Hafta oxirida havo iliqlashadi

Haftaning o‘rtalaridan boshlab havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Seshanba kuni kechasi Farg‘ona vodiysi hududlari va shanba kuni Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida qor yog‘ishi mumkin.

14 dekabr 2020, 14:35

«Universam»da ichki ishlar organlari hodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga keldi

Toshkent shahar Yunusobod tumani «Universam» savdo majumuasida ichki ishlar organ xodimlari yer osti yo‘lagida noqonuniy savdo bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga yo‘lakni bo‘shatish to‘g‘risida ogohlantirish berishgan. Ogohlantirishlarga mazkur fuqarolar rad javobini berib, janjal ko‘targan.

14 dekabr 2020, 13:21

Bolalar uchun Aqlvoy telekanali tashkil etiladi

Hukumat qarori bilan ixtisoslashgan bolalar ko‘ngilochar-ma’rifiy Aqlvoy telekanali (bolalar telekanali) tashkil etiladi. Telekanal o‘zini-o‘zi moliyalashtirish asosida faoliyat yuritadi.

14 dekabr 2020, 12:18

«Tonirovka» uchun onlayn ruxsatnoma olish xizmati yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, 2021 yil 1 apreldan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali avtotransportlarning oynalarini «tonirovka» qilish uchun onlayn tarzda ruxsatnoma berish davlat xizmati yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

14 dekabr 2020, 12:16

G‘uzor tumanining sobiq hokimi sudyaga bosim o‘tkazgani uchun lavozimidan bo‘shatilgani ma’lum bo‘ldi

G‘uzor tumanining sobiq hokimi Sa’dulla Boboqulov dehqon bozori rahbarini noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatib, uning o‘rniga o‘z yaqinini ishga tayinlagani ortidan boshlangan sud jarayonlarida sudyaga bosim o‘tkazgani sababli ishdan olingani aniqlandi. Viloyat hokimligi esa u sog‘lig‘i yomonlashgani sababli lavozimini tark etganini ma’lum qilgan edi. “Gazeta.uz” sobiq hokim ishi bo‘yicha o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijalarini qo‘lga kiritdi. Hodisa tafsilotlari.

14 dekabr 2020, 11:49

Davlat soliq qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Yunusjon Nasimdjanov Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Ushbu tayinlovdan avval u Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

14 dekabr 2020, 10:18

Turkiyada 31 yoshli o‘zbekistonlik tilanchi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

Turkiyaning Istanbul shahrida kurer bo‘lib ishlagan 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi tilanchilik bilan shug‘ullanuvchi shaxs tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Mojaroga o‘zbekistonlikning ishlash kerakligi haqidagi tanbehi sabab bo‘lgan.

14 dekabr 2020, 09:26

Maktablarni Yangi yil arafasi bezash taqiqlandi

Maktablarda o‘quvchilar ishtirokida Yangi yil tadbirlarini o‘tkazish, ota-onalardan bayramni nishonlash uchun pul yig‘ish va archalarni bezatishga taqiq joriy etildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting