Jamiyat

24 dekabr 2020, 13:18

O‘g‘irlanayotgan qiz o‘zini mashinadan tashlab vafot etdi

Norin tumanida yashovchi 18 va 23 yoshli ikki yigit oldindan til biriktirib, ijarada yashab kelayotgan, asli uchqo‘rg‘onlik bo‘lgan 16 yoshli qizni o‘g‘irlashga urinishgan. Qiz yurib ketayotgan Damas avtomashinasidan o‘zini tashlab vafot etgan.

23 dekabr 2020, 22:46 1

“Biz baribir tabaqalashtirilgan QQSga kelamiz” — Adham Ikromov

Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikromovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston toifalar va tarmoqlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan QQSga o‘tadi. Uning gaplariga ko‘ra, imtiyozlar va preferensiyalarga ega bo‘lgan kuchli o‘rta biznessiz mamlakat “hech qachon boshqa davlatlar bilan yetarlicha raqobatlasha olmaydi”.

23 dekabr 2020, 19:30

UzAuto Motors’ning Asakadagi zavodi faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi

UzAuto Motors 2021 yil yanvar oyida Asaka zavodi faoliyatini vaqtincha to‘xtatish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Kompaniyaning bildirishicha, bu yangi sifat standartlarini joriy qilish bilan bog‘liq.

23 dekabr 2020, 19:04

«Yaqin orada uylarning narxi 1 kv. m. uchun 1500 dollardan kam bo‘lmasligini prognoz qilganmiz» — Ortiqxo‘jayev

Toshkentda qurilish bo‘yicha yirik loyihalar «ko‘p qavatli uylar narxlari oshishining oldini olish uchun kerak», deya ta’kidladi Jahongir Ortiqxo‘jayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2,5−3 yil avval uylarning narxi 1 kv. metri uchun 1500 dollardan kam bo‘lmasligi prognoz qilingan. «Agar Toshkent shahrida qurilishni to‘xtatib qo‘ysak, narxlar keskin oshishi kuzatilardi», — dedi hokim.

23 dekabr 2020, 18:03

Vaksinalar sinovida hozircha nojo‘ya ta’sir aniqlanmadi — Innovatsion rivojlanish vaziri

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov koronavirusga qarshi vaksina sinovlari poytaxtdagi uchta poliklinikada bo‘lib o‘tayotganligini ma’lum qildi. U o‘zi ham bir oy oldin ushbu vaksinalar bilan emlanganligini, hozirgacha o‘zida nojo‘ya ta’sirini sezmaganligini aytmoqda.

23 dekabr 2020, 17:41

Elektr energiyasi qachon avtomatik tarzda qayta ulanishi to‘g‘risida vazirlik javob berdi

Energetika vazirligining xabar berishicha, ASKUE tizimi iste’molchilarning 100 foizini qamraganidan so‘ng to‘liq tartibda ishlay boshlaydi. Bugungi kungacha 72% iste’molchilarga ushbu turdagi hisoblagichlar o‘rnatilgan. Ushbu tizimga to‘liq ulanish 2021 yil apreligacha rejalashtirilgan.

23 dekabr 2020, 17:28

Qoraqalpog‘iston rahbari Nukusda o‘rnatilgan archa uchun Toshkent hokimiga minnatdorchilik bildirdi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Murat Kamalov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga Nukusda o‘rnatilgan yangi yil archasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

23 dekabr 2020, 17:12

Namangandagi kafeda 24 yoshli yigit pichoqlandi

Namagandagi kafelardan birida 21 yoshli fuqaro atrofdagilarni tinchini buzib, o‘tkir kesuvchi jism bilan 24 yoshli fuqaroni og‘ir jarohatladi. Hozirda unga unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

23 dekabr 2020, 16:17

Ucell ko‘rsatilmagan xizmat uchun yechib olingan qariyb 97,5 mln so‘mni qaytardi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Ucell aloqa operatori tomonidan Al-Chiroq aksiyasi doirasida 337,9 mingdan ziyod abonent hisobidan ko‘rsatilmagan xizmat uchun pul yechib olinganini aniqladi. Pullar egalariga qaytarildi.

23 dekabr 2020, 14:43

Jahongir Ortiqxo‘jayev 2021 yil oxirigacha “snos"lar bo‘yicha barcha qarzlarni to‘lashni va’da berdi

“O‘zbekiston tarixida bir yilda buncha kompensatsiya to‘lab berilmagan”. Bu yili “snos"lar bo‘yicha yer yoki pul ko‘rinishiga to‘lovlar 700−800 mlrd so‘mni tashkil etdi, deya ma’lum qildi Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev. U 2021 yil so‘nggiga qadar barcha buzilishlar bo‘yicha qarzlarni to‘lashga va’da berdi.

23 dekabr 2020, 14:43

O‘zbekiston Alisher Navoiy maqbarasining qayta ta’mirlanishida ko‘maklashadi

Hirotda joylashgan Alisher Navoiy maqbarasining qayta ta’mirlanishi va obodonlashtirilishida O‘zbekiston Afg‘onistonga yordam beradi.

23 dekabr 2020, 14:32

Xorijiy ekspert uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziriga maslahatchi etib tayinlandi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziriga xorijlik mutaxassis Olive Norman maslahatchi etib tayinlandi. U qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihalarini shakllantirish masalalarida vazirlik mas’ul xodimlariga ko‘maklashadi.

23 dekabr 2020, 14:30

Toshkentning g‘aroyib toponimikasi. Poytaxtning ba’zi joylarining nomi qayerdan kelib chiqqan?

Toshkentliklar “S-14” o‘rniga “Ganga” deyishadi. Shunga o‘xshash atamalar qayerdan kelib chiqqan, Toshkent “Fransiya"si qayerda joylashgan va oddiy shlagbaum qanday qilib xalq uchun manzil mo‘ljaliga aylangani haqida — ekskursovod Aziz Xolmurodovning maqolasida.

23 dekabr 2020, 12:44

Toshkentda avtobusda yong‘in yuzaga keldi

Toshkentda 47 yo‘nalishdagi Mercedes-Benz rusumli avtobusning dvigatelida yong‘in yuzaga keldi. Jabrlanganlar yo‘q.

23 dekabr 2020, 11:34

Ispaniyada Toshkent stomatologiya instituti filiali ochiladi

Ispaniyaning Balear universitetida Toshkent davlat stomatologiya institutining filiali tashkil etiladi. Kelishuvga ko‘ra, har ikkala oliy ta’lim muassasasi tomonidan yiliga 30 nafar pedagoglar jalb etiladi.

22 dekabr 2020, 21:52

Sherobodda jome’ masjidida qotillik sodir etildi: imom vakili masjid kotibini pichoqladi

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida mahallalardan birining imom vakili jome’ masjidi binosi ichida masjid kotibini pichoqladi. Kotib shifoxona yo‘lida vafot etdi.

22 dekabr 2020, 19:32

COVID-19 ga qarshi vaksinani birinchi bo‘lib keksalar, shifokorlar va o‘qituvchilar oladi — Nurmat Otabekov

O‘zbekiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX alyansi orqali 2 mln doza vaksina so‘rab murojaat qilgan va O‘zbekistonning arizasi qabul qilingan.

22 dekabr 2020, 18:00

Amudaryo orqali o‘tadigan yangi ko‘prikka tamal toshi qo‘yildi

Amudaryo orqali Xorazm viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi 413 metrlik ko‘prik qurilishi boshlandi. Ko‘prik qurilishi 2022 yil sentabr oyiga yakunlanishi rejalashtirilgan.

22 dekabr 2020, 16:02

Rossiyadagi chet elliklar orasida o‘zbekistonliklar eng ko‘p YTH sababchisi bo‘lgan

Rossiyada 2020 yilning 9 oyi davomida chet el fuqarolari tomonidan sodir etilgan YTHlarning aksariyatiga o‘zbekistonliklar sababchi bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarolari keltirib chiqargan 797 YTHda 58 kishi vafot etgan, 1080 kishi jarohatlangan. Tojikiston fuqarolari keltirib chiqargan avariyalarda eng ko‘p o‘lim holatlari (76 nafar qurbon) qayd etilgan.

22 dekabr 2020, 15:12

Sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatlarini berish muddatlari uzaytiriladi

Instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish muddati 10 kundan 20 kunga, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha esa 20 kundan 1 oyga qadar uzaytirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting