Jamiyat

4 fevral 2021, 16:24

Azon.uz ta’sischisi Mubashshir Ahmad Din qo‘mitasidan tahdid bo‘lganligini ta’kidlamoqda

Mubashshir Ahmad 3 fevral kuni Din ishlari qo‘mitasi xodimi tomonidan qo‘ng‘iroq bo‘lganini aytdi. Aytilishicha, suhbatda qo‘mita raisining o‘rinbosari Mubashshir Ahmadga aloqador bo‘lmagan, axborot resurslarida e’lon qilingan maqolalar yuzasidan haqoratli so‘zlar bilan tahdid qilgan.

4 fevral 2021, 16:04

Yangiyo‘lda 8 yoshli qizaloqni olib ketmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi

Yangiyo‘l shahrida 8 yoshli maktab o‘quvchisini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan erkak Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Fuqaro bundan avval qasddan odam o‘ldirish va bosqinchilik uchun sudlangani ma’lum bo‘ldi.

4 fevral 2021, 15:15

«Qo‘rqmanglar, ortingizda prezident turibdi» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan suhbatda «adolatni yetkazishdan to‘xtamaslik» lozimligini aytdi. «Qo‘rqmanglar. Ortingizda Prezident turibdi», — dedi prezident.

4 fevral 2021, 13:35

Yangiyo‘ldagi maktabda shift ko‘chib tushishi oqibatida 2 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Yangiyo‘ldagi maktab sinfxonasida shift ko‘chib tushib, ikki nafar 6 sinf o‘quvchilarini jarohatladi. Maktabning ta’mirlash ishlari 2019 yilda Toshkent viloyatiga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m evaziga amalga oshirilgan.

4 fevral 2021, 13:01

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Azon.uz tahririyatiga bosim o‘tkazmaganini aytmoqda

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati Azon.uz saytidagi maqolalarni o‘chirish bo‘yicha topshiriq berilmaganini ta’kidladi.

4 fevral 2021, 13:00

Ōsten elektron gaz hisoblagichini qayta yoqish

TEXNOPARK qarzdorlik to‘langanidan so‘ng Ōsten elektron gaz hisoblagichlarini qayta yoqish bo‘yicha qisqa yo‘riqnomani taqdim etadi (reklama huquqlari asosida).

4 fevral 2021, 12:39 5

Sirdaryoda Turkiya tibbiyot universtiteti filiali ochiladi

Turkiya Sog‘liq bilimlari universiteti filiali Guliston shahrida tashkil etiladi. Filialga qabul qilingan talabalar 3 yil O‘zbekistonda, 3 yil Turkiyada ta’lim oladi. 30 foiz talabalarga grant asosida o‘qish imkoniyati taqdim etiladi.

4 fevral 2021, 12:29

Rossiya kompaniyasi Samarqandda transport sohasini takomillashtirishga ko‘maklashadi

SIMETRA kompaniyasi Samarqandda transportni rivojlantirish loyihasining bosh rejasini ishlab chiqadi. Ushbu reja avgust oyining ohirigacha amalga oshirilishi belgilanmoqda.

4 fevral 2021, 12:05

2020-yilda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar soni oshdi

Davlat mehnat inspeksiyasi 2020-yilda ishlab chiqarish jarayonlarida baxtsiz hodisalar 607 tani tashkil etganini, bu esa 2019-yilga nisbatan 107 taga ko‘pligini ma’lum qildi. Oqibatda 693 nafar xodim jabrlangan, shundan 201 nafari halok bo‘lgan.

4 fevral 2021, 11:06

Azon.uz bosh muharriri tahririyat bosimga uchragani sabab ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza berdi

Azon.uz sayti bosh muharriri Abdulaziz Muborak Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Dilshod Eshnayev tomonidan tahririyatga bosim va tahdid bo‘lagani sabab ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza yozgani haqida ma’lum qildi.

4 fevral 2021, 10:52

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga tashrif buyuradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi loyihalar bilan tanishish uchun Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi.

3 fevral 2021, 22:33

Jasur Umirov ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan tergovchining harakatlari o‘rganilmoqda

Xonanda Jasur Umirovning ishi bo‘yicha dastlab jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan IIB tergovchisining harakatlari prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda.

3 fevral 2021, 22:01

Toshkentdagi «Moviy gumbazlar» xiyobonida Istiqlol majmuasi quriladi

Poytaxt hokimiyati O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan «Istiqlol» majmuasi konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qildi. Ob’ekt Toshkent markazidagi «Moviy gumbazlar» xiyobonida (Toshkent markaziy univermagi qarshisida) bunyod etiladi.

3 fevral 2021, 17:53

2020-yilda 40 mingdan ortiq holatda mehnat qonunchiligi buzilgan

Davlat mehnat inspeksiyasi o‘tgan yili 40 mingdan ortiq holatda mehnat qonunchiligi buzilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 11 621 ta holatda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizlikka amal qilinmagan bo‘lsa, yana 4 301 ta holatda ish haqi vaqtida to‘lanmagan. Eng ko‘p qonunbuzilish xalq ta’limiga — 4 731 ta holatda rahbarlar tomonidan o‘qituvchi va boshqa xodimlarga nisbatan nohaqlik qilishga to‘g‘ri kelmoqda.

3 fevral 2021, 15:41

«Mozori-Sharif-Kobul-Peshavar» temir yo‘lining uzunligi 573 km bo‘ladi

Toshkentni Pokiston shimoli bilan bog‘laydigan «Mozori-Sharif-Kobul-Peshavar» temir yo‘lining uzunligi 573 km bo‘lishi ma’lum qilindi. Loyiha uchun umumiy 4,8 mlrd dollar kredit jalb qilinadi.

3 fevral 2021, 14:57

Iste’mol savati bir kishi uchun bir oyda 2 mln 157 ming so‘mni tashkil etdi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi dekabr oyida o‘tkazgan o‘rganishlar natijasida iste’mol savati bir kishi uchun bir oyda 2 mln 157 ming so‘mni tashkil etmoqda. Unga ko‘ra, bir insonning oylik non iste’moli 10 donani tashkil etmoqda.

3 fevral 2021, 14:03

Jizzax yo‘lida COVID-19 testini noqonuniy sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Jizzax yo‘lida dorixonadan tashqarida noqonuniy tarzda COVID-19 testlari, pulsoksimetr, maxsus tibbiyot kislorod maskasi va boshqalarni noqonuniy sotayotgan shaxs qo‘lga tushgan. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

3 fevral 2021, 11:34

Yangiyo‘lda maktab o‘quvchisini olib ketmoqchi bo‘lgan erkak qidirilmoqda

Yangiyo‘lda maktabdan chiqqan birinchi sinf o‘quvchisini o‘zi bilan olib ketmoqchi bo‘lgan shaxsni qidirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ushbu hodisa haqidagi ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

3 fevral 2021, 10:33

Bosh vazir o‘rinbosari — amaldorlar prezident bilan uchrashuvda nima uchun bloknotlarga qaydlar yozib borishi haqida

Prezident bilan uchsharuvlarda amaldorlar bloknotlarga qaydlar yozib borishi — “bu shakllangan siyosiy madaniyat va biz uni hurmat qilishimiz kerak”, dedi Sardor Umurzakov. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘ziga tegishli bo‘lgan topshiriqlarni yozib boradi, keyin esa tizimlashtiradi va ulardan o‘z chiqishida asosiy masalalarni o‘rtaga tashlashda foydalanadi.

3 fevral 2021, 10:30

Xorijda vafot etganlarning jasadini olib kelishda ko‘maklashuvchi jamg‘arma tashkil etiladi

Xorijda qiyin ahvolga tushgan fuqarolarni qaytarish uchun avia yoki temiryo‘l chiptalarini to‘lashda ko‘maklashuvchi jamg‘arma tashkil etilishi kutilmoqda. Bundan tashqari vafot etgan fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelishda ham moddiy yordam ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting