Jamiyat

8 fevral 2021, 10:26

Buxoro tumani hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

«Gazlineftqazibchiqarish» boshqarmasi kapital qurilish va ta’mirlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Anvar Rajabov Buxoro tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

8 fevral 2021, 10:20

Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashdi. Bir kishi jarohatlandi

Toshkent shahrida 46 sonli yo‘nalishdagi MAN va 134 sonli yo‘nalishdagi Isuzu avtobuslari to‘qnashdi. Bir nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati oldi.

8 fevral 2021, 10:15

12 ming AQSH dollariga jazoni yengillashtirishni va’da bergan IIB xodimlari qo‘lga olindi

Andijon viloyati katta tergovchisi va vaqtincha aqlash hibsxonasi boshlig‘i 12 ming AQSH dollarini olayotgan paytda qo‘lga olindi. Andijon viloyati IIB katta tergovchisi va vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i 12 ming dollar olayotganda hibsga olingan. Ular suddagi tanishlari orqali shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun va bojxona qonunchiligini buzganlikda ayblanayotgan shaxsga nisbatan jazoni yengillashtirishni va’da bergan.

8 fevral 2021, 09:45

Nukusda qurilish kompaniyasi asfalt yotqizishga ajratilgan 236,5 mln so‘mni talon-toroj qildi

Nukusda Granit Montaj Stroy qurilish kompaniyasi Nukus city hududida asfalt yotqizish hamda suv tarmoqlarini ta’mirlashga ajratilgan 246,1 mln so‘mni talon-toroj qildi. Kompaniya ishlarni to‘liq bajarmasdan, hisob-fakturalarga soxta ma’lumotlarni kiritgan.

6 fevral 2021, 18:35

Buxoroda bozor ma’muriyati Bukhara News ishiga to‘sqinliq qildi

Buxorodagi markaziy bozor ma’muriyati vakillari «Bukhara News» nashri so‘rovnomasini videoga olayotgan xodimlarning ishiga to‘sqinlik qildi. Jurnalistning mikrofoni va telefoni olib qo‘yilgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha AOKA tomonidan Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va viloyat hokimligiga so‘rov yuborildi.

6 fevral 2021, 17:40

Farg‘ona viloyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston va Yozyovon tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bag‘dod tumani hokimi boshqa lavozimga o‘tishi munosabati bilan o‘z vazifasidan ozod etildi.

6 fevral 2021, 15:01

Andijonda bank xodimi dehqon bozoridagi bankomatlardan 345,5 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Andijon viloyatida bank filialining bosh mutaxassisi o‘tgan yilning dekabr oyidan, shu yilning yanvar oyigacha bankomatlardan 345,5 mln so‘mni o‘zlashtirib oldi. Bundan tashqari, fuqaro o‘z ixtiyorida bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi mulkni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi ma’lum bo‘ldi.

6 fevral 2021, 13:57

Andijonda yuk avtomashinasi 83 yoshli piyodani urib yubordi. Qariya vafot etdi

Andijon viloyatida «MAN» yuk mashinasi svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan paytda, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rmay qolib harakatlangan. Oqibatda 83 yoshli piyoda mashina tagida qolib, vafot etdi.

6 fevral 2021, 13:40

Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yashnobod tumanida «YeQUINOX AT», «Kamaz» ga urilib, zarb natijasida yo‘l chetida turgan «Nexia» bilan to‘qnashuv sodir etdi. Bundan tashqari, «Kamaz» boshqaruvni yo‘qotib TMA-1 binosiga urilgan. YTHning barcha ishtirokchilari shifoxonaga yotqizildi.

6 fevral 2021, 13:00

Farg‘ona shahri rahbariyati ishdan olindi

Farg‘ona shahar hokimi, prokurori, ichki ishlar boshqarmasi va soliq inspeksiyasi rahbarlari prezidentning shahar mahallalaridan biriga rejasiz tashrifidan so‘ng o‘z vazifalaridan ozod etildi.

6 fevral 2021, 12:52

Quva tumaniga yangi hokim tayinlandi

Halimjon Umarov Quva tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. U bundan avval viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.

6 fevral 2021, 12:47

UzAuto Motors Equinox sotuvini to‘xtatdi

UzAuto Motors Equinox hozirgi avlodi sotuvi to‘xtatilishini e’lon qildi. Shartnoma asosida rasmiylashtirgan xaridorlarga mashinalar yetkaziladi.

6 fevral 2021, 12:26

Buxoroda portlagan uy noqonuniy qurilgan — Qurilish vazirligi

Buxoro shahrida portlagan uyning 7−8 qavatli etib qurilishi uchun tasdiqlangan konsepsiya loyihasi buzilib, o‘zboshimchalik bilan qavatlar soni oshirilganligi ma’lum bo‘ldi. Shaharsozlik hujjatlarini to‘liq rasmiylashtirmasdan qurilish ishlarini olib borayotganligi uchun inspeksiya xodimlari tomonidan ogohlantirish ham berilganligi aytilmoqda.

6 fevral 2021, 10:39

Nima tayyorlaymiz: tvorogdan tayyorlangan nonushta

Zira.uz nonushta uchun tvorogdan tayyorlangan 7 ta mazali va foydali retseptlar ro‘yxatini taqdim etadi.

5 fevral 2021, 22:53

Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan adliya vaziriga o‘rinbosar etib Alisher Karimov tayinlandi. U bunga qadar vazirlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

5 fevral 2021, 18:49

“Tashkent Law Spring” ikkinchi xalqaro forumi onlayn shaklda o‘tkaziladi

2021-yilgi davlat dasturiga muvofiq, “Tashkent Law Spring” ikkinchi xalqaro forumi onlayn tarzda o‘tkaziladi. Uning muddati 1 aprel etib belgilangan, biroq tashkiliy jihatdan forum sanasi o‘zgarishi ham mumkin. O‘tgan yilgi forum pandemiya sabab qoldirilgan edi.

5 fevral 2021, 16:16

Sobiq Jizzax shahar hokimi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi

Akbar Shukurov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi. U bundan avval Jizzah shahri xokimi vazifasida faoliyat yuritib, yanvar oyida lavozimdan ozod etilgan.

5 fevral 2021, 15:38

«Bahonalar ketmaydi bu yerda» — Senat raisi davlat dasturi ijrosi haqida

Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida 2020 yilgi davlat dasturi ijrosi bo‘yicha tanqidiy fikrlar bildirildi. «Kechirib bo‘lmaydigan har xil bahonalar qilgansizlar. Bahonalar ketmaydi bu yerda» — dedi Tanzila Narbayeva.

5 fevral 2021, 15:26

Navoiyda «Matiz» va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Navoiy viloyatida «GAZ» rusumli yuk mashinasi «Matiz» ga urilib, YTHga sodir etdi. Hodisa oqibatida «Matiz» haydovchisi tan jarohatlaridan vafot etdi.

5 fevral 2021, 14:19

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirildi

Tashqi mehnat migratsiyasi Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini ushbu mamlakatdagi ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting