Jamiyat

5 oktabr 2021, 15:35

Huquqbuzar shaxs yetkazgan zararini qoplab, jabrlanuvchi bilan yarashsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkin

Qonunchilikka tuhmat, haqorat qilish, yengil tan jarohati yetkazish va yengil tan jarohatiga olib kelgan YTHlar bo‘yicha ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda yarashuv instituti amaliyoti joriy qilinmoqda. Yarashuv faqatgina jabrlangan tomonning tashabbusi bilan va zarar qoplanganidan keyingina amalga oshishi mumkin.

5 oktabr 2021, 14:38

O‘zbekistonning bir qator hududlarida zilzila sezildi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida zilzila sezildi. Zilzilaning epitsentri Afg‘onistonda bo‘lgan. Qashqadaryo va Surxondaryoda 3−4 balllik silkinishlar qayd etilgan.

5 oktabr 2021, 13:00

OTMlardagi ilmiy-pedagogik mehnatni qanday baholash mumkin?

«Gazeta.uz» kolumnisti, faylasuf Valeriy Xanning ta’kidlashicha, oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar mehnatini baholashda moslashtiruv hali ham yo‘q qilinmagan. U ilmiy-pedagogik mehnatni baholashning yangi tizimiga asos bo‘la oladigan sifat va miqdor mezonlarini taklif qilmoqda.

5 oktabr 2021, 12:43

Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi

Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi. Jarima miqdori BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha oshirildi. Shuningdek, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazo chorasi kiritilmoqda va ozodlikdan mahrum qilish jazosi 1 yildan 3 yilgacha uzaytirildi.

5 oktabr 2021, 12:22

Bolalarda yurak nuqsonlarini davolash uchun 2021 yilda 500 ta okklyuder xarid qilinadi

Prezident qaroriga muvofiq, bolalarda yurak nuqsonlarini davolash uchun 2021 yilda 10 mlrd so‘mga 500 ta okklyuder xarid qilinadi, kelgusi yildan ularning soni 5 martagacha oshiriladi. Qolaversa, tuman va shahar darajasida kam invaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari keng joriy etiladi.

5 oktabr 2021, 10:54

Chirchiqda o‘zbek tilini targ‘ib qiluvchi varaqalar paydo bo‘ldi

Chirchiq ma’muriyati jamoat joylarida o‘zbek va rus tillarida tez-tez ishlatiladigan so‘zlar aks etgan varaqalar joylashtirib, o‘zbek tilidagi so‘zlardan foydalanishga chaqirdi. Hokimiyat xabariga ko‘ra, O‘zbek tili kuni arafasida o‘tkazilayotgan «chellenj»dan maqsad — o‘zlashma so‘zlar o‘rniga o‘zbek tilidagi so‘zlarni ishlatishni targ‘ib qilishdan iborat.

5 oktabr 2021, 10:05

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etiladi

Parlament va Vazirlar Mahkamasining muassisligida Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etilmoqda. Uning asosiy maqsadlariga ehtiyojmand oilalarning farzandlarini, chin yetimlarni, og‘ir kasallikka chalingan va nogironligi bo‘lgan bolalarni davolash, ularning ta’lim olishini, uy-joy bilan ta’minlanishini hamda kasb egallashlarini qo‘llab-quvvatlash kiradi.

4 oktabr 2021, 21:32

4 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi e’lon qilingan qaror va farmonlar, Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi, Sirdaryoda tuman hokimi 860 dan ortiq daraxtni kesishga ruxsat berishi — “Gazeta.uz"ning 4 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

4 oktabr 2021, 20:01

Sirdaryoda tuman hokimi 860 dan ortiq daraxtni kesishga ruxsat berdi

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani hokimi Dilfuza O‘rolova bir kunning o‘zida (4 oktabr) 866 tup daraxtni kesishga oid 12 ta qarorni imzoladi. Daraxtlar zararkunandalar va iqlim ta’siri oqibatida qurib qolgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan tuman hokimligi va Davlat ekologiya qo‘mitasi munosabat bildirdi.

4 oktabr 2021, 18:25

Rossiyada ishlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga qurilish sohasida 10 mingta ish o‘rni taklif etildi

Rossiyaning turli hududlarida bir qator salohiyatli ish beruvchilari tomonidan O‘zbekiston fuqarolari uchun qurilish sohasida 10 mingta bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinmoqda. Fuqarolar nomiga Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent O‘zbekistonda rasmiylashtiriladi.

4 oktabr 2021, 17:43

Iyul-sentabr oylarida 675 ta qarindoshlar o‘rtasida nikoh qayd etilgan

Iyul-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan qarindosh bo‘lgan 675 nafar kelin-kuyovning nikohlari qayd qilingan. Eng ko‘p bunday nikoh qayd qilingan hududlar Surxondaryo, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

4 oktabr 2021, 16:47

Samarqandda bolalar bog‘chasida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqand shahridagi bog‘chalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

4 oktabr 2021, 15:51 1

Qo‘llanma: «Tonirovka» uchun onlayn ruxsatnoma olish

1 oktabrdan boshlab avtomobil oynalarini qoraytirish uchun ruxsatnomani faqat YAIDXP orqali rasmiylashtirish mumkin. O‘quvchilarning iltimosiga ko‘ra, «Gazeta.uz» «tonirovka» sertifikatini olish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.

4 oktabr 2021, 15:08

«Bundan keyin barcha adiblarimizning muzeylariga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaytiriladi» — Aziz Abduhakimov

Abdulla Qodiriy xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov muzeylarga bo‘lgan yondoshuv tubdan o‘zgarayotganini ta’kidladi. «Bundan keyin barcha adiblarimizning muzeylari va hatto uy-muzeylarga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaytiriladi», — dedi u.

4 oktabr 2021, 14:36

Chilonzorda yangi qurilayotgan uyda gaz portlashi tafsilotlari ma’lum qilindi

Toshkentning Chilonzor tumanidagi yangi qurilayotgan uyda gaz portlashi kvartiraning gaz ta’minoti tizimiga ruxsatsiz ulanishi oqibatida yuz berdi, deya ma’lum qildi «Hududgazta’minot». Aniqlik kiritilishicha, bino hali foydalanishga topshirilmagan.

4 oktabr 2021, 12:28

Xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazganlarga xarid summasining 1 foizi qaytariladi

2022 yil 1 yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish obyektlarida xaridni amalga oshirgan va ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazganlarga o‘sha xarid summasining 1 foizi budjetdan qaytariladi. Keshbek har oy yakunida jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkaziladi. Chek bermaganlik holati haqida xabar berganlarga undirilgan jarimaning 20 foizi mukofot tariqasida to‘lanadi.

4 oktabr 2021, 11:49

Hafta davomida sovuq ob-havo davom etishi kutilmoqda

Ertaga shimoliy hududlarga Kavkazdan yana sovuq va kuchsiz havo massalari kirib keladi. 5−6 oktabrda shimolda va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayayishi kutilmoqda. Hafta davomida havo harorati +17…+20 daraja iliqgacha ko‘tariladi.

4 oktabr 2021, 11:25

14−20 oktabr kunlari saylovda muddatidan oldin ovoz berish mumkin bo‘ladi

14−20 oktabr kunlari O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish o‘tkaziladi.

4 oktabr 2021, 10:57

Namanganda 6 yoshli bola yuk mashinasi urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Namanganda viloyatida 6 yoshli bola yuk mashinasi urib ketishi oqibatida vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

4 oktabr 2021, 10:06

Bloger Bobur G‘aniyev 15 sutkaga qamaldi. Sud «ment» so‘zini haqoratomuz so‘z deya ta’rifladi

Avtobloger Bobur G‘aniyev IIBB xodimlarini haqorat qilgani uchun 5,4 mln so‘mga jarimaga tortildi. Sudya «ment» so‘zini haqoratomuz deb ta’rifladi. Bloger va uning sheriklari IIO xodimlarining xizmat vazifasini bajarishga qarshilik qilgani uchun 15 sutkaga qamaldi. Deputat Rasul Kusherbayev blogerning telefoni tintuv qilingani qanchalik qonuniy ekanligi bo‘yicha savolga berildi va qamoqning «ommani o‘ziga jalb qilish» bilan tushuntirilganligi bo‘yicha xavotir bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting