Jamiyat

14 oktabr 2021, 11:38

Tashkent City bog‘iga kirish bepul bo‘ldi

Tashkent City bog‘iga kirish 14 oktabrdan bepul bo‘ldi. Avtotransport vositalari kirishi bundan mustasno.

14 oktabr 2021, 11:11

Qashqadaryoda o‘tgan 9 oyda YTHlar oqibatida 181 kishi vafot etgan

Qashqadaryoda 9 oyda sodir bo‘lgan 369 ta YTH oqibatida 181 kishi vafot etgan. Shundan 31 nafari voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan. Hududlar kesimida eng ko‘p YTHlar Qarshi shahri hamda Chiroqchi va Qarshi tumanlarida sodir bo‘lgan.

14 oktabr 2021, 10:20

Samarqandda Nexia haydovchisi rulda uxlab qolib, YTH sodir etdi. 2 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda katta tezlikda ketayotgan Nexia haydovchisi uxlab qolishi natijasida avtomashina yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan. Yuzaga kelgan yong‘in oqibatida mashina salonida bo‘lgan 2 yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.

14 oktabr 2021, 09:53

Sirdaryoda besh kunlik chaqalog‘ini 5 ming dollarga sotayotgan ayol qo‘lga olindi

Qashqadaryolik fuqaro Gulistonda besh kunlik chaqalog‘ini 5000 dollar evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

13 oktabr 2021, 21:30

13 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonga olib kelingan va mamlakatda ishlab chiqarilgan vaksinalar, Google va Microsoft Store operatorining O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi, MSK — nomzodlarning saylovoldi targ‘iboti va amaldagi vazifasi aralashib ketishi haqida — “Gazeta.uz"ning 13 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida

13 oktabr 2021, 16:44

Jinoiy javobgarlikka tortish yoshi 13 yoshdan 14 yoshga oshirilmoqda

Jinoiy javobgarlikka tortish yoshi 13 yoshdan 14 yoshga oshirilishga doir qonun loyihasi qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilmoqda.

13 oktabr 2021, 12:35

207 ta saylov uchastkalarida videokuzatuv olib boriladi

Prezident saylovini onlayn kuzatish maqsadida 207 ta tuman va shaharlardagi saylov uchastkalarida jami 414 ta kuzatuv kameralari o‘rnatiladi. Ushbu uchastkalardagi ovoz berish jarayoni saylov21.uz portali, MSK binosi va matbuot markazida, shuningdek «O‘zbekiston24» telekanalida onlayn translyatsiya qilinadi.

13 oktabr 2021, 12:01

Andijonda yog‘ochdan ko‘prik yasab, odamlarni pul evaziga o‘tkazgan shaxs 7 sutkaga qamaldi

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida yog‘ochdan ko‘prik yasab, odamlarni soydan pul evaziga o‘tkazgan shaxs 7 sutkaga qamaldi. Ko‘prik iyul oyida tabiiy ofat sabab avariya holatiga kelgan. Hozirda qurilish va ta’mirlash ishlari boshlangan.

13 oktabr 2021, 11:19

Toshkentdan «Tashmore»gacha BRT yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent viloyati hokimligi Architects Engineers Planners Advisors kompaniyasi bilan poytaxt va Toshkent dengizi o‘rtasida 6,9 mlrd so‘mlik tezyurar avtobus tranziti qurilishining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish to‘g‘risida shartnoma imzoladi.

13 oktabr 2021, 10:42

Janubiy Koreya O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun $5 mln ajratdi

Koreya Respublikasi hukumati 2021 yilda O‘zbekistonda COVID-19 bilan kurashish bo‘yicha kompleks dasturni amalga oshirish uchun 5 mln dollar ajratdi. Dastur KOICA agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

13 oktabr 2021, 10:25

Strategiyalar, strategiyalar…

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari akademik erkinlikka erishdimi, ular xalqaro agentliklarning reytingiga kira oldimi, O‘zbekistonning Bolonya jarayoniga qo‘shilish rejalari haqida nimalar ma’lum? Kolumnistimiz Komil Jalilov oliy ta’lim boshqaruvi sohasidagi islohotlarning ba’zi natijalarini tahlil qiladi.

13 oktabr 2021, 10:18

Andijon tibbiyot institutida shanbalik uchun xodimlardan ushlab qolingan 150 mln so‘m qaytarildi

Andijon tibbiyot instituti xodimlari shanbalik uchun maoshidan pul ushlab qolinishiga o‘z ixtiyori bilan rozi bo‘lgani haqidagi xabarlar institut tomonidan “feyk xabar” deya aytilgan edi. Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan holat o‘rganish natijasida 150 mln so‘m pul mablag‘lari institut xodimlariga to‘liq qaytarildi.

12 oktabr 2021, 21:30

12 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Onix savdolari 2022 yil yakunidan boshlanishi, Jurabek Laboratories ishlab chiqargan “Sputnik V” vaksinasi SESga topshirilishi, hududlarda 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilishi — “Gazeta.uz"ning 12 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida

12 oktabr 2021, 19:34

Shahrisabzdagi sport zali OAV tanqididan so‘ng ta’mirlandi

Shahrisabzdagi maktablardan birida o‘quvchilar poli chirib ketgan sport zalida shug‘ullanayotgani haqida xabarlar tarqalgandan bir necha kun o‘tib tuman hokimligi sport zalini ta’mirlab berdi.

12 oktabr 2021, 17:56

Rossiya 150 ming o‘zbekistonlik uchun mamlakatga kirish taqiqini olib tashladi

Rossiya hukumati 150 ming O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakatga kirish bo‘yicha taqiqni olib tashladi.

12 oktabr 2021, 12:00

Green Card dasturiga ariza topshirish va natijalarni tekshirish — qo‘llanma

Green Card dasturiga onlayn anketa qanday to‘ldiriladi? Green Card anketasi uchun fotosuratlar bo‘yicha talablar qanday? Green Card natijalarini qayerda va qanday tekshirsa bo‘ladi? “Gazeta.uz” o‘quvchilar talabiga binoan Green Card dasturiga onlayn ariza topshirish va ariza natijalarini tekshirish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.

12 oktabr 2021, 10:37

Hududlarda 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

Hukumat 2022 yil oxirigacha O‘zbekiston hududlarida 310 ta yangi avtobus avtobus yo‘nalishlarini tashkil etishning maqsadli parametrlarini tasdiqladi. Tashuvchilarning zarar miqdori 30% gacha bo‘lsa subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplab berilishi mumkin.

12 oktabr 2021, 10:18

O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qatlami 20 mlndan oshdi

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qatlami aholi umumiy sonining 57,8 foizini, ya’ni 20 mln kishidan ko‘proqni tashkil etmoqda. Mehnatga yoshigacha bo‘lganlar 31,1 foiz, mehnat yoshidan kattalar esa 11,1 foizga yetgan.

12 oktabr 2021, 09:52

Toshkentda avtomashinadan tanasini chiqarib, operatorlik qilgan shaxslar jazolandi

Toshkentda harakatdagi avtomobil eshigiga osilib va avtomashina salonidan chiqib operatorlik qilgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

11 oktabr 2021, 21:30

11 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi, bayram kunlari yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dushanbani ham dam olish kuni deb e’lon qilish taklif etilishi, aholidan ortiqcha hujjat talab qilgan 9 ta vazirlik va idora rahbar xodimlari javobgarlikka tortilishi — “Gazeta.uz"ning 11 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting