Jamiyat

15 oktabr 2021, 15:13

2022 yildan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi mustaqil faoliyat yuritadi

2022 yildan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqariladi va mustaqil faoliyat yuritadi. Bemorlarga Toshkentga temir yo‘l va aviatransport kelish harajatlari qoplab beriladi. Buning uchun ularga imtiyozli yo‘llanma yoki vaucherlar beriladi.

15 oktabr 2021, 12:16

9 oy davomida bog‘chalarda 6,6 mlrd so‘m noqonuniy o‘zlashtirilgan

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistondagi bog‘chalarda 6,6 mlrd so‘mlik kamomad va noqonuniy o‘zlashtirish holatlari aniqlangan. Shundan 2,4 mlrd so‘m mablag‘ tashkilotlarda aslida ishlamaydigan xodimlar nomiga yozilgan ish haqi bo‘lib chiqqan.

15 oktabr 2021, 11:19

Dam olish kunlari quyoshli va iliq ob-havo bo‘ladi

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha kuchsiz shamollar bilan bulutsiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi +22…+25 daraja atrofida bo‘ladi.

15 oktabr 2021, 10:29

Endi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin

Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritishga oid qonun prezident tomonidan imzolandi. Unga muvofiq, endi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin. Qolaversa, OTMlar qatorida kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlarda ta’lim olish uchun yo‘naltirilgan daromadlar soliqqa tortilmaydi.

15 oktabr 2021, 10:16

O‘zbekistonda tug‘ilgan ayol Chernogoriya «oltin pasportini» olganligi ma’lum bo‘ldi

Chernogoriya hukumati investitsiya kiritganligi uchun mamlakat fuqaroligini bergan xorijliklar orasida Samarqandda tug‘ilgan ayol ham borligi ma’lum bo‘ldi. «Oltin pasportlar» 250 mingdan 450 ming yevrogacha Chernogoriyadagi loyihaga sarmoya kiritgan va hukumat jamg‘armasiga 100 ming yevro to‘lagan investorlarga beriladi.

15 oktabr 2021, 10:16

Buxoroda avtomashina gaz balloni yorilishi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda “Gaz-24” avtomashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni yorilishi natijasida ikki nafar yo‘lovchi vafot etdi.

15 oktabr 2021, 10:13

O‘zbekiston qamoqxonalarida 2000 dan ziyod diniy va siyosiy mahbus bor ­- AQSh komissiyasi hisoboti

O‘zbekistonda diniy va siyosiy sabablarga ko‘ra sudlangan 2000 nafardan ziyod mahbus bor. AQShning Diniy erkinliklar bo‘yicha xalqaro komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu sobiq ittifoq respublikalaridagi barcha diniy mahbuslar yig‘indisidan ko‘ra ko‘proq va dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Komissiya O‘zbekiston yutuqlarini qayd etdi, lekin ushbu soha jiddiy islohotga muhtoj deb hisoblaydi.

14 oktabr 2021, 21:32

Toshkentda uch kunlik chaqalog‘ini 18 ming dollarga sotayotgan ayol 5 yilga qamaldi

Yangihayot tumani sudida uch kunlik chaqalog‘ini sotishga uringan ayolga 5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

14 oktabr 2021, 21:30

14 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Alisher Qodirovning migrantlardan ham soliq undirish haqida taklifi, Tashkent City bog‘iga kirish bepul bo‘lishi, Abdulaziz Kamilovning O‘zbekistonda AQSh harbiy bazalarini joylashtirish muhokama qilinmayotganini ma’lum qilishi — “Gazeta.uz"ning 14 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

14 oktabr 2021, 20:34

2800 dan ortiq o‘quvchi sababsiz dars qoldirgani aniqlandi — XTV

O‘zbekistonning 10 minga yaqin maktablarida o‘tkazilgan ikki kunlik reydlarda 2832 nafar o‘quvchi darslarni sababsiz qoldirgani ma’lum bo‘ldi. XTV xabariga ko‘ra, ularning 507 nafari internet klublarda vaqt o‘tkazayotgani, 338 nafari esa bozorda savdo-sotiq, aravakashlik bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan.

14 oktabr 2021, 19:33

Rossiyadan fuqarolarni olib kelish uchun 4 ta maxsus yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Rossiyada qolib ketgan fuqarolarni qaytarish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida 4 ta maxsus reys yo‘lga qo‘yiladi. Poyezdlar 22, 25, 29 oktabr hamda 1 noyabr kunlari “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi.

14 oktabr 2021, 19:03

«Qodirov ochko yo‘qotish uchun atay shunaqa gapirtirilganmi?» Twitter va Telegram foydalanuvchilari migrantlardan ham soliq undirish taklifi haqida

«Milliy tiklanish» partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov saylovchilar bilan muloqotda migrantlardan ham soliq undirish taklifini bildirdi. «Gazeta.uz» Twitter va Telegram foydalanuvchilarining hamda migrantlarning ushbu holat yuzasidan bildirgan ayrim fikr-mulohazalarini taqdim etadi.

14 oktabr 2021, 18:21

Samarqand viloyatida kuydirgi tarqalgani haqidagi ma’lumot tasdiqlanmadi — Veterinariya qo‘mitasi

Samarqand viloyatidagi qishloqlardan birida hayvonlar orasida Sibir yarasi (kuydirgi) kasalligi tarqalgani haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmadi. Davlat veterinariya qo‘mitasi laboratoriya tekshiruvlari natijalariga tayanib bu haqda ma’lum qildi.

14 oktabr 2021, 18:20

Buxoroda bog‘cha mudirasi xodimni ishga saqlab qolish uchun 300 ming so‘m talab qildi

Buxoroda xodimni ishga saqlab qolish uchun 300 ming so‘m talab qilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining mudirasi qo‘lga olindi.

14 oktabr 2021, 18:12

Farg‘onada er-xotin qarzdorlikni undirishga kelgan MIB xodimiga chaqalog‘ini yoqib yuborish bilan tahdid qildi

Quvasoy shahrida er-xotin 32,5 mln so‘m qarzdorlikni undirishga kelgan MIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, chaqalog‘ining ustiga benzin sepib, yoqib yuborish bilan qo‘rqitdi. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish va haqorat qilish moddalari bilan ish ochildi.

14 oktabr 2021, 16:11

Qizil kitobga kiritilgan 8 bosh lochinni sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi

Qizil kitobga kiritilgan lochinlarni 280 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs va xaridor qo‘lga tushdi. Davlat bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, «qushlarning 6 nafari Qizil kitobga Itolg‘i nomi bilan kiritilgan bo‘lib, ular tobora yo‘qolib borayotgan tur hisobanadi». Lochinlar vaqtincha Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.

14 oktabr 2021, 15:28 1

«Migrantlar ham mamlakat taraqqiyoti uchun soliq to‘lasin» — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov saylovchilar bilan muloqotda migrantlardan ham soliq undirish taklifini bildirdi. «Kelinglar endi yana ham vatanparvarroq bo‘laylik, migrantlar ham o‘zining solig‘ini mamlakat taraqqiyoti uchun to‘lasin», — dedi u.

14 oktabr 2021, 14:32

Alohida toifali yoshlarga uy-joy qurish uchun garovsiz kreditlar ajratiladi

«Temir daftar» va «Ayollar daftari» ga kirgan oilalar farzandlari hamda «Yoshlar daftari» dagi yoshlarga turmush qurayotganida o‘z xonadonidan qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz 30 mln so‘mgacha kreditlar beriladi. Hukumat qarori bilan kredit ajratishning tartibi belgilab berildi.

14 oktabr 2021, 13:32

Strit-art — san’atmi yoki vandalizm?

Graffiti, posterlar, murallar, teglar, asfaltdagi rasmlar — bularning barchasi strit-art, shahar ko‘chalaridagi san’at hisoblanadi. Ba’zilar uchun esa jamoat joylari, metro va yer osti yo‘llaridagi grafittilar vahshiylik va bezorilikka o‘xshaydi. Tasvirlar asosan biror muammoli mavzuni keng omma oldida targ‘ib qilish uchun yashirin tarzda chiziladi. Strit-art qanday kelib chiqqan, uning yo‘nalishlari, mashhur «ko‘cha rassomlari» haqida «Gazeta.uz» so‘z yuritadi.

14 oktabr 2021, 13:28

Afg‘onistondan Amerikagacha: Xorijdagi o‘zbekistonliklar qaysi davlatlarda ovoz bera olishi ma’lum bo‘ldi

Afg‘onistondan Amerikagacha — MSK qaysi xorijiy mamlakatlarda o‘zbekistonliklar uchun saylov uchastkalari tashkil etilishini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, xorijdagi saylovchilar diplomatik vakolatxonlarda tuzilgan uchastkalarda ro‘yxatga olinadi hamda saylov o‘tkazilish joyi va vaqti haqida xabardor qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting