Jamiyat

18 oktabr 2021, 19:56

Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi belgilandi

Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Yerto‘ladad do‘konlar, kioskalar, do‘konchalar va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish mumkin. Yerto‘lalar faqat kvartira egalarining roziligi bilan ajratiladi.

18 oktabr 2021, 17:44

Toshkentda 10 kun ichida tez yordamga bemor bolalar bo‘yicha 13,8 mingta chaqiriq kelib tushgan

10 kun oralig‘ida poytaxt tez yordam xizmatiga bemor bolalar bo‘yicha kelib tushgan chaqiriqlar soni 13 ming 820 taga yetdi. oktabr oyida bolalar bo‘yicha shahar tez yordamga bo‘layotgan kunlik murojaatlar o‘rtacha 1300−1500 tani tashkil qilmoqda.

18 oktabr 2021, 15:29

Parkent tumani tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 1,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirdi

Parkent tumani tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 1,5 mlrd so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Ularga «qamoq» va «uy qamog‘i» ehtiyot choralari qo‘llanilgan. Prokuratura jinoyat ishini sudga oshirdi.

18 oktabr 2021, 15:04

AQSh O‘zbekistonga 526,5 ming doza Pfizer vaksinasini yubordi

AQSh hukumati O‘zbekistonga 526 500 doza Pfizer/BioNTech vaksinasini yetkazib berdi. Oy oxirigacha mamlakatga ushbu vaksinadan yana 274,5 ming doza olib kelinadi.

18 oktabr 2021, 13:00

Sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Lactalis kompaniyasi O‘zbekiston bozorini egallamoqda

Lactalis barcha turdagi sut mahsulotlarini sotishni va O‘zbekiston bozorida sut ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalaridan biriga aylanishni rejalashtirmoqda.

18 oktabr 2021, 12:45

Hafta oxirida havo keskin sovuqlashadi

Payshanba kuni O‘zbekistonda ob-havo sovuqlashib, +18 daraja iliq bo‘lishi, dam olish kunlari esa kunduzi +13 darajacha tushishi kutilmoqda. Ba’zi hududlarda yog‘ingarchilik kutilmoqda, tog‘li hududlarda esa qor yog‘ib, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Bundan tashqari, shamol tezligi kuchayishi, ayrim viloyatlarda tuman tushishi ham mumkin.

18 oktabr 2021, 11:59

So‘x aeroporti tez kunlarda foydalanishga topshiriladi

Farg‘ona viloyati hokimi So‘x tumanida qurilish ishlari yakunlanayotgan yangi aeroportni borib ko‘rdi. 7 gektar maydonda joylashgan aerodrom loyihasi avvaliga 12 mlrd so‘mga baholangan edi, qurilish yakuni bo‘yicha budjetdan 6,8 mlrd so‘m ajratilgani aytilmoqda.

18 oktabr 2021, 10:58

O‘zbekiston hududlarida qancha aholi yashaydi?

1 oktabr holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida 4 mln 8 ming 843 kishi yashab kelmoqda. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 3,8 mln kishi, Qashqadaryo viloyatida 3,3 kishi istiqomat qiladi. Toshkent shahrida 2,8 mln kishi doimiy yashamoqda.

18 oktabr 2021, 10:09

6 ta metro bekati atrofida avtoturargohlar quriladi

2022 yil 1 oktabrgacha Toshkent shahriga kirib keluvchi yo‘lovchi transportlar uchun 6 ta metro bekati atrofida avtoturargohlar tashkil etiladi. Shuningdek, keyingi yilning 1 iyuliga qadar 7 ta metro bekatida transport o‘tish bog‘lamalari tashkillashtiriladi.

17 oktabr 2021, 11:56

Samarqandda bog‘chadan go‘shtni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi bog‘chada oshpaz va xo‘jalik ishlari mudiri go‘sht o‘g‘irlayotganda ushlandi. Ular bu ishni direktorning topshirig‘i bilan qilganini aytmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

16 oktabr 2021, 19:56

Milliy estrada san’ati instituti tashkil etiladi

Prezident qarori bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etiladi. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab OTMda bastakor, san’atshunos va ovoz rejissyorlari tayyorlanadi.

16 oktabr 2021, 17:00

Hair Boss lazerli epilyatsiya uchun belgilangan narxdagi Benefit kartalarini chiqardi

Hair Boss studiyasi Benefit qizil kartochkasi xizmatlarini taklif qiladi. Ushbu karta belgilangan va bir yil davomida o‘zgarmaydigan narxda uchta zonani lazerli epilyatsiya qilish imkoniyatini beradi.

16 oktabr 2021, 16:29

COVID-19ga qarshi kurashish va vaksinalar sotib olish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m ajratildi

Parlament komissiyasi yig‘ilishida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksinalar sotib olish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m ajratilgani qayd etildi. 2021 yilda bu maqsadlar uchun davlat budjetida 3 trln so‘m zaxira shakllantirilgan edi, lekin ushbu mablag‘ sarflab bo‘lingan.

16 oktabr 2021, 12:48

O‘zbekistonliklarning tabiiy gaz bo‘yicha qarzdorligi 500 mlrd so‘mdan oshgan

O‘zbekiston bo‘ylab 1,2 milliondan ortiq iste’molchining tabiiy gazdan foydalanganlik uchun 501,6 mlrd so‘m miqdoridagi debitorlik qarzdorligi mavjudligi ma’lum qilindi.

16 oktabr 2021, 11:00

Yo‘llarda o‘limlar sonini qisqartirish bo‘yicha rejalar bormi o‘zi?

YTH oqibatida kimdir halok bo‘lgani haqidagi xabarlar kunda chiqib turibdi. Ko‘plab voyaga yetmagan bolalar ham O‘zbekiston yo‘llaridagi avtohalokatlar qurboni bo‘lishmoqda. Shunga qaramasdan, deputatlar tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdorini pasaytirishni taklif qilishdi. “Gazeta.uz” muxbiri Og‘abek Samisov YTHlarning sabab va oqibatlariga e’tibor qaratdi.

16 oktabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: turk taomlari

Laxmajun, yasmiqli krem-sho‘rva, revani va simitlar, burek yoki yong‘oqli pirog — Zira.uz turk oshxonasining taomlari retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

15 oktabr 2021, 21:31

O‘zbekistonga koronavirus tahlili uchun ko‘chma laboratoriya olib kelindi

Germaniya O‘zbekistonga koronavirusga PSR tekshiruvini o‘tkazish uchun mobil laboratoriya yetkazib berdi. Laboratoriya quvvati bir kunda 1500 ta tahlil o‘tkazishga mo‘ljallangan. Ushbu laboratoriyada koronavirusga bepul test topshirish mumkin.

15 oktabr 2021, 21:30

15 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Rustam Azimovning OAVda chiqish qilishi, O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida 14 pog‘onaga ko‘tarilishi, Safia asoschisining prezidentga murojaat qilishi — “Gazeta.uz"ning 15 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

15 oktabr 2021, 20:18

ID-kartaga ega haydovchilardan haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatish talab etilmaydi

Hukumat qaroriga muvofiq haydovchining YPX inspektoriga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlari yonida bo‘lmasa ular maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikatsiya ID-kartasi orqali tekshiriladi. Shuningdek, 2022 yil 1 fevralgacha sug‘urta shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yagona axborot tizimiga to‘liq kiritiladi.

15 oktabr 2021, 17:22

O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida 14 pog‘onaga ko‘tarildi

World Justice Project tashkiloti 2021 yilgi Huquq ustuvorligi indeksi natijalarini e’lon qildi. Tadqiqotlar COVID-19 pandemiyasi sabab 74,2 foiz mamlakatda huquq ustuvorligi ko‘rsatkichlari pasayganini ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonga berilgan baholar esa 4,1 foizga oshdi, natijada 139 ta davlat orasida 85 o‘rinni egalladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting