Jamiyat

8 noyabr 2021, 11:52

DXX terroristik tashkilot tarafdori sifatida ayblangan shaxsni O‘zbekistonga olib keldi

DXX tomonidan «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti ta’siriga tushib qolgan shaxs O‘zbekistonga olib kelindi. U Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida qo‘shni davlatlarning biriga o‘tganida qo‘lga olingani aytilmoqda.

8 noyabr 2021, 11:51

Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Bugun va ertaga O‘zbekistonning janubiy hududlarida nam havo massalari aylanib turadi. Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Payshanba kuni mamlakatga iliq havo massalari kirib keladi. Havo harorati kechalari +3…+8 daraja iliq, kunduz kunlari +15…+18 daraja iliqgacha isiydi.

8 noyabr 2021, 11:27

Farg‘onadagi mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchi qolmadi va muassasalar faoliyati to‘xtatildi

Farg‘ona viloyatidagi mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchi qolmadi va muassasalar faoliyati to‘xtatildi. Dang‘ara tumanida yashovchi Berdiyevlar oilasi 6 nafar tarbiyalanuvchini asrab olib, “Bolalar baxti” nomli oilaviy bolalar uyini tashkil qildi. Shuningdek, Qo‘qon shahrining O‘zbekiston va Toshloq tumanlarida ham oilaviy mehribonlik uylari tashkil etilgan. Muassasaning 80 nafar sobiq ishchi-xodimlari mutaxassisligi bo‘yicha yashash manzillariga yaqin bo‘lgan joylarda ish bilan ta’minlanmoqda.

8 noyabr 2021, 10:51

Toshkentda 7 kishi o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

31 oktabr kuni poytaxtning Yunusobod tumanida 7 kishi o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqdi. Videolarda birinchi tomon avtomobilda qochmoqchi bo‘lganida ikkinchi tomon uning baloniga pichoq tiqqanini ko‘rish mumkin. Holat yuzasidan bezorilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

8 noyabr 2021, 10:38

Iqtisodiyot sohasida ishlayotganlar OTMlarga suhbat asosida qabul qilinishi mumkin

Iqtisodiyot tarmog‘ida 5 yil ish stajiga ega fuqarolar suhbat asosida OTMlarga o‘qishga qabul qilinishi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Talabgorlar vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari tomonidan berilgan tavsiyanomalar asosida suhbatga kiritiladi.

7 noyabr 2021, 14:42

Toshkent shahridagi Ahmad Donish ko‘chasi 17 noyabrgacha yopildi

Ahmad Donish ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan oralig‘idagi ikki tomonlama yo‘lning bir tomoni 7 noyabrdan 17 noyabrgacha qisman yopiladi.

7 noyabr 2021, 11:42

Navoiyda sodir bo‘lgan 2 ta YTHda 9 kishi halok bo‘ldi

Navoiy viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi. Ularning 3 nafari Xalq bankining Nurota filiali boshqaruv xodimlari ekani aytilmoqda. Shuningdek, viloyatda sodir bo‘lgan boshqa bir YTH oqibatida 1 kishi vafot etdi. Hodisaga qum bo‘roni ko‘rinishni cheklaganligi va oraliq masofa saqlanmaganligi sabab bo‘lgan.

6 noyabr 2021, 15:09

Toshkentda chang konsentratsiyasi pasaygan, ammo xavfliligicha qolmoqda

Shanba kuni soat 11:00 da Toshkentda havoning chang bilan ifloslanganlik darajasi ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 6,7 barobar yuqori edi. Bu juma kunidan kamroq (8 marta), lekin hali ham sog‘liq uchun xavfli. Ob-havo sharoiti changning to‘liq tarqalib ketishiga to‘sqinlik qilmoqda.

6 noyabr 2021, 15:00

Samarqandda yangi Volkswagen va Škoda dilerlik markazlari ochildi

Yangi dilerlik markazi uch turdagi Volkswagen Caddy minivenlarini hamda Škoda Kodiaq`ning besh o‘rindiqli Ambition va yetti o‘rindiqli Style avtomobillarini taklif etadi.

6 noyabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: xushbo‘y bulochkalar

Jem va tvorogli, yong‘oqli va shokolad pastali, turkcha va quritilgan mevali — Zira.uz xushbo‘y, mayin va shirin bulochkalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

5 noyabr 2021, 22:02

5 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda changli tuman haqida O‘zgidromet izohi va SSV maslahatlari, Milliy bog‘da Qonunchilik palatasi binosi yonidagi ko‘l quritilib, uning o‘rniga teatr qurilishi, “O‘zbekneftgaz” London fond birjasiga $700 mlnlik xalqaro obligatsiyalarni joylashtirishi — “Gazeta.uz"ning 5 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

5 noyabr 2021, 21:40

Fotoreportaj: Toshkentda changli tuman. Ikkinchi kun

Payshanba kuni Toshkentni qoplagan chang-qumli tuman hali ham tarqalgani yo‘q va prognozlarga ko‘ra, yaqin kunlarda ham davom etadi. “Gazeta.uz” muxbiri poytaxtning diqqatga sazovor joylaridan Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi binolari, Amir Temur haykali va boshqa joylarni suratga oldi.

5 noyabr 2021, 21:06

Farg‘ona va Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida Nexia-2 qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida “Vaz-2105” to‘qnashdi. YTH natijasida 4 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi shifoxonaga yotqizildi. Qashqadaryoda YTH oqibatida 1 kishi vafot etdi.

5 noyabr 2021, 18:43

9 oyda O‘zbekistonga 1,2 mlnga yaqin turist tashrif buyurgan

9 oy ichida O‘zbekistonga 1,2 mln nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan, 273 mln dollarlik turizm xizmatlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, ushbu davrda turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 6,5 mlrd so‘m miqdorida subsidiya ajratilgan.

5 noyabr 2021, 17:05

Energetika vazirligi — gaz narxidagi tafovutni qoplash uchun budjetdan ajratilgan 1 trln so‘m haqida

2020 yil yakuniga ko‘ra, «O‘ztransgaz» tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilayotgan 1000 kub metr tabiiy gazning qiymati gazning o‘rtacha narxidan 90 ming so‘mga qimmatroq bo‘ldi. Buning oqibatida 3,6 trln so‘mlik zarar vujudga kelgan. Shu munosabat bilan davlat budjetidan 1 trln so‘mlik subsidiya ajratilmoqda, deya tushuntirdi Energetika vazirligi.

5 noyabr 2021, 16:49

O‘zbekistonda 150 yil ichida bunday hodisa kuzatilmagan — «O‘zgidromet» changli tuman haqida

Kuchli shamollar tufayli mavsumga xos bo‘lmagan chang-g‘ubor xodisalari yuzasidan «O‘zgidromet» hududlar kesimidagi tafsilotlarni e’lon qildi. Markaz 150 yil davomida bunday holat ilgari kuzatilmagani qayd etdi. Payshanba oqshomida havodagi changning ruxsat etilgan miqdoridan oshib ketishi 30 baravarga yetdi, keyin esa 10 baravarga tushdi.

5 noyabr 2021, 15:28

Yana bir sayyohlik kompaniyasining mijozlari parvoz kechikishiga duch kelishdi

Payshanba kuni Moskvaga parvoz kechikishi sababli Urganch aeroportida 300 ga yaqin odam yig‘ildi. Uzbekistan Airports sayyohlik kompaniyasi kerakli hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlamagani haqida xabar berdi. iFly Airlines samolyoti kechki payt yetib keldi.

5 noyabr 2021, 15:09

Toshkentda 13 yil oldin davlat ehtiyoji uchun buzilgan uy-joyning zarari xanuz qoplanmagan

Toshkent shahrida davlat ehtiyoji uchun 13 yil oldin buzilgan uylar o‘rniga uy-joy yoki kompensatsiya pullari bugungi kunga qadar to‘lab berilmagan. Deputat Rasul Kusherbayevning ta’kidlashicha, «bu harakat davlatning o‘z fuqarosi oldida xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash majburiyatini bajarmayotganini ko‘rsatmoqda».

5 noyabr 2021, 14:33

Changli tuman qanday paydo bo‘ldi va u qancha davom etadi? «O‘zgidromet» javoblari

Chang bo‘ronlar O‘zbekiston va mintaqada tez-tez uchrab turadigan holat. Ammo hozirda respublika bo‘ylab kuzatilayotgan changli tuman g‘ayrioddiy ekanligi qayd etildi. U sekin tarqalmoqda va ertagacha davom etishi mumkin, deb xabar berdi «O‘zgidromet» «Gazeta.uz»ga. Markaz mamlakatdagi keng ko‘lamli qurilish ishlari ushbu hodisaning paydo bo‘lish sabablaridan biri ekanligini tasdiqladi.

5 noyabr 2021, 13:00

Milliy bog‘da ikkinchi ko‘l ham quritildi. Uning o‘rniga teatr qurilmoqda

Milliy bog‘da Qonunchilik palatasi binosi yonidagi ko‘l quritilib, uning o‘rniga Milliy akademik drama teatrining yangi binosi qurilmoqda. Bunga qadar ko‘ldagi orolchada tomosha minorasi bo‘lgan Light House restoran majmuasini barpo etish mo‘ljallanayotgan edi. «Gazeta.uz» qurilish joyiga borib, vaziyatni o‘rgandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting