Jamiyat

12 aprel 2021, 17:15

Hafta davomida ob-havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

Haftaning birinchi yarmida respublikada iliq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Haftaning ikkinchi yarmiga kelib havo harorati haftaning boshiga nisbatan kechalari 9−14 daraja, kunduzi 22−27 daraja iliq bo‘lgan biroz yuqori, asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

12 aprel 2021, 16:22

Andijonda 3 oylik chaqalog‘ini 700 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Izboskan tumanida G. va O. kimdan ekani noma’lum bo‘lgan 3 oylik chaqalog‘ini sotishga urindi. Ular Andijon shahridagi «Daryotrans» yonida 700 dollar evaziga «er-xotin mijoz»ga chaqaloqni bergan. Fuqaro O. 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, chaqaloqning onasiga esa shartli jazo tayinlandi.

12 aprel 2021, 15:00

Texnopark «Innoprom-2021» natijalarini ma’lum qildi

Texnopark va Kuka kompaniyalari «Innoprom-2021» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida strategik sheriklik to‘g‘risida shartnomalar tuzishdi.

12 aprel 2021, 13:04

Farg‘onada ikki kunda ikki nafar velosipedchi YTHga uchrab, halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida Lacetti va velosiped ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Jabrlanuvchi tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, Marg‘ilonda ham Lacetti avtomashinasi velosipedchini urib yuborgan. Natijada velosipedchi shifoxonada vafot etgan.

12 aprel 2021, 10:30

Saharlik va iftorlik uchun taomlar ro‘yxati

Zira.uz saharlik va iftorlik uchun mazali va to‘yimli taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

12 aprel 2021, 09:30

«OTMlarni foyda olish maqsadida ochish — yaxshi g‘oya emas» — Komiljon Karimov

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Komiljon Karimov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida nega xususiy OTMlar uchun foyda olish masalasi ustuvor vazifa bo‘lishi kerakmasligi, oliygohlar o‘rtasidagi raqobat uchun teng sharoitlar bo‘lishining ahamiyati va davlat OTMlarining asosiy ustunligi haqida gapirib berdi.

11 aprel 2021, 17:29

Xorazmda 19 yoshli kelin osilgan holda topildi

Xorazm viloyatining Shovot tumanida 19 yoshli Muxlisa Qadamboyeva osilgan holda topildi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning homilador bo‘lgani hamda eri va uning oilasi tomonidan kaltaklab kelingani haqida ma’lum qilindi. Prokuratura ushbu xabarni o‘rganmoqda. Vaziyat yuzasidan Saida Mirziyoyeva ham munosabat bildirdi.

11 aprel 2021, 16:20

Termizda o‘quvchi qizning zo‘rlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Termiz prokurori 16 yoshli o‘quvchi qizning zo‘rlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. O‘tkazilgan qo‘shimcha tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, «mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va haqiqatni aniqlash maqsadida» jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

11 aprel 2021, 12:48

Qurilish vazirligi «Navro‘z» qabullar uyi avariya holatida bo‘lganini ma’lum qildi

«Navro‘z» qabullar uyi buzilishi boshlanganidan ikki kun o‘tib Qurilish vazirligi bino poydevori 27 smga cho‘kkanini ma’lum qildi. Majmua avariya holatida bo‘lgani sababli uni rekonstruksiya qilish maqsadga muvofiq emas, deb topilgan.

11 aprel 2021, 11:35

Emlash ro‘zani buzadimi — O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati javobi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati koronavirusga qarshi ommaviy emlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan emlash, shuningdek, ukol qilish ro‘zani buzadimi, degan savolga javob berdi.

10 aprel 2021, 23:00

O‘simlik yog‘i narxi oshishining sababi ma’lum qilindi

O‘simlik yog‘i narxining o‘sishi tashqi bozorda narxlar oshishi bilan bog‘liq, deya xabar qildi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi. Qo‘mita mamlakatda yog‘ zaxiralari yetarlicha ekanini va narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha choralar ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.

10 aprel 2021, 21:35

Metro eshigi ochiq holda harakatlanishiga sabab bo‘lgan uch xodim ishdan bo‘shatildi

Metro poyezdi eshigi ochiq holda harakatlanishi ortidan olib borilgan o‘rganishlardan so‘ng harakat tarkibining mashinisti, elektr-chilangari va katta ustasi ishdan bo‘shatildi. Eletkrodepo rahbari o‘rinbosari oyligining 40 foizi miqdorida jarimaga tortildi, deya xabar qildi «Toshkent metropoliteni».

10 aprel 2021, 12:58

Metropoliten harakat vaqtida vagonlardan birining eshigi ochiq qolganini o‘rganishni boshladi

«Toshkent metropoliteni» vagonlardan birining eshigi yopilmay qolgani uchun kechirim so‘rab, xizmat tekshiruvi boshlanganini ma’lum qildi.

9 aprel 2021, 20:13

Termizda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan

Termizda maktab o‘quvchisi bo‘lgan voyaga yetmagan qizning nomusiga tegish holati Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi. Senator Farhod Boqiyev shahar IIO FMB jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etgani va bir yildan ziyodroq vaqt mobaynida gumondorga chora ko‘rilmaganini ma’lum qildi.

9 aprel 2021, 17:37

2021 yil uchun fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi

O‘zbekistonda 2021 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi.

9 aprel 2021, 17:17

«Navro‘z» qabullar uyi o‘rnida «ulkan kutubxona» quriladi

Toshkent hokimligi Milliy bog‘ hududida madaniy-ma’rifiy kompleks qurilishi boshlanganligi haqida xabar berdi. Bu yerda joylashgan «Navro‘z» to‘yxonasining buzilishi poytaxt aholisi uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Uning o‘rniga 1,5 mln kitob fondiga ega kutubxona qurilishi kutilmoqda. «Gazeta.uz» muxbiri qurilish joyida bo‘ldi.

9 aprel 2021, 15:27

Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentning Yakkasaroy tumanida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

9 aprel 2021, 14:39

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi

Dam olish kunlari respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 7−12 daraja iliq atrofida, kunduz kunlari esa 17−22 daraja iliqdan yuqori va me’yordan 2−3 daraja past bo‘ladi.

9 aprel 2021, 09:44

Toshkent va Farg‘onada yaroqsiz batareykalarni yig‘adigan 171 ta konteynerlar o‘rnatildi

Toshkent shahar va Farg‘onadagi chiqindilarni yig‘ish punktlarida ishlatilgan batareykalarni yig‘ish uchun konteynerlar o‘rnatildi. Hozirda ular 171 ta tashkil etmoqda va keyinchalik respublikaning barcha chiqindi yig‘ish joylari qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.

8 aprel 2021, 18:29

Ramazon oyining boshlanishi 13 aprelga to‘g‘ri keladi

O‘zbekistonda Ramazon oyining boshlanishi 13 aprelga to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi. Prezident ushbu oyni munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting