Jamiyat

16 aprel 2021, 15:01

Kimni hisobiga korrupsiya bo‘lyapti? Xalqimiz hisobiga — Shavkat Mirziyoyev

“Davlat nima bilan qudratli? Qonun bilan. Hech kimni bunaqa qilishiga yo‘l qilmaymiz. Bu narsalar bizga saboq bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev mamlakatda kuzatilayotgan korrupsiya holatlari haqida.

16 aprel 2021, 14:41

Dam olish kunlari iliq ob-havo kuzatiladi

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining ko‘p qismida bu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 16−19 aprelda kechalari 9−14 daraja iliq, kunduzi 22−27 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

16 aprel 2021, 14:09

Prezident Paxtachi tumanining nomini o‘zgartirishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Paxtachi tumanidan kelgan onaxon bilan suhbatda shu taklifni bildirdi. «Paxtachi degan nom, masalan, menga yoqmaydi. Nima biz Paxtachi bo‘lib o‘tib ketaveramizmi?», — deydi prezident.

16 aprel 2021, 13:29 1

Toshkentda LGBTga qarshi kurash maqsadida maktab o‘quvchilarining paypog‘i tekshirildi

Toshkentdagi maktablardan birida dars payti bolalarning oyoq kiyimini yechtirib, paypog‘ini kalta yoki uzunligini tekshirilgan. Bloger Shahnoza Soatovaning yozishicha, bunga «LGBT»ga qarshi kurash deb tushugtirish berilgan. «Dars o‘rniga LGBT mavzusini ortiqcha eslatadigan ma’ruzalar kirib bordimi maktablarga?», — deb yozadi u. Xalq ta’limi vazirligining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, vazirlik tizimida bunday topshiriq bo‘lmagan.

16 aprel 2021, 13:22 1

O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov vafot etdi

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori, O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 58 yoshida vafot etdi.

16 aprel 2021, 13:11

Ijro organlari rahbarlarlarining ko‘pi o‘qimagan, saviyasi past — prezident

Shavkat Mirziyoyev so‘nggi vaqtlar nima sababdan yig‘ilishlarda sektor rahbarlar ishdan olinayotganiga izoh berdi. «Eng katta fojia — bilim yo‘q, ko‘p rahbarlar o‘z ustida ishlamaydi, bugungi tahlikali va shiddat bilan o‘tayotgan zamonda xalqning ishonchini oqlamayapti», — dedi davlat rahbari.

16 aprel 2021, 12:31

Andijonda bir nechta noqonuniy yer sotish holatlari aniqlandi

Andijon viloyatida mansabdor tanishlari orqali 100 gektar yer ajratib, hujjatlarni tayyorlatib berish evaziga 128 ming dollar olgan fuqarolar vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Shuningdek, shahar hokimining tegishli qarorini chiqartirib, sanoat zonasidan 80 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilib, 50 ming dollar talab qilgan fuqaro jinoyat ustida qo‘lga olingan.

16 aprel 2021, 11:26

«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi rekonstruksiya qilinadi

«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarining nomlari aks etgan ramziy kitob barpo etiladi. Bundan tashqari, maishiy xizmat binolari, milliy hunarmandchilik va savdo do‘konlari, ochiq amfiteatr va «Wi-Fi» xududlari tashkil etiladi.

16 aprel 2021, 11:20

Farg‘onada ayol-sudya zo‘ravonlikka uchradi

Farg‘onada nizoli xonadonda holatni o‘rganayotgan ayol-sudya zo‘ravonlikka uchradi. Sudyaga nisbatan jismoniy kuch ishlatilib, telefoni qasddan sindirilgan.

16 aprel 2021, 11:03 1

«Vatanparvar» tashkiloti «Temir daftar»ga kirganlarni haydovchilikka bepul o‘qitadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida 1 iyundan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga haydovchilik guvohnomasini olish xarajatlari byudjetdan to‘lab berilishini ta’kidlab o‘tdi. «Vatanparvar» tashkiloti tomonidan «Yoshlar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan fuqarolar yuqoridagi kasblarga bepul o‘qitilishi rejalashtirildi.

16 aprel 2021, 10:40

Namanganda Tico urib yuborgan piyoda vafot etdi

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida Tico avtomobili haydovchisi piyodani urib yuborishi oqibatida, piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

16 aprel 2021, 10:38

Savdogar ayollarning buyumlarini tortib olgan soliqchilar ishdan olindi

Ko‘chada sotuvchilik qilayotgan ayollarning buyumlarini tortib olgan soliqchilar bo‘yicha tarqalgan videodan so‘ng, Olmaliq shahar davlat soliq inspeksiyasining 11 nafar xodimi vazifasidan ozod etildi. Shu bilan birga, Toshkent viloyati DSB boshlig‘i o‘rinbosari hamda Olmaliq shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘iga hayfsan berildi.

16 aprel 2021, 09:45

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi «12-trest» bilan bog‘liq davlat xaridlarini o‘rganmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi aksionerlari orasida qurilish vazirining o‘g‘li va turmush o‘rtog‘i ham bo‘lgan «12-trest» kompaniyasi qo‘lga kiritgan davlat xaridlarini o‘rganmoqda. Agentlik, shuningdek, Jizzax viloyati hokimining qarindoshlari bilan bog‘liq davlat xaridlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etdi.

16 aprel 2021, 08:47 1

O‘zbekning bolasi o‘zbek qadriyatlari bilan tarbiya ko‘rsin, savodini o‘zbek tilida chiqarsin — Alisher Qodirov

Qonunchilik palatasi vitse-spikeri Alisher Qodirov o‘zbeklarning yangi avlodi ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda o‘zligini anglamaydigan, ona tilini bilmaydigan holda voyaga yetayotganini fojia deb atadi.

16 aprel 2021, 06:25

Toshkentning Sergeli tumanida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Poytaxtning Sergeli tumanida joylashgan polietilen mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasida jumaga o‘tar kechasi yirik yong‘in sodir bo‘ldi.

15 aprel 2021, 16:25

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Qorasuv mavzesidagi uy-joy qurilishi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Qorasuv mavzesida uy-joy qurilishi bilan tanishdi. Davlat rahbari quruvchi tashkilotning sifat uchun mas’uliyati va javobgarligini yanada kuchaytiradigan mexanizm ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

15 aprel 2021, 16:12

Deputat Yangiyo‘ldagi ishlamayotgan suv tozalash inshoati uchun ikki vazirni tanqid qildi

Deputat Rasul Kusherbayevning xabar berishicha, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi suv tozalash inshooti bir necha yildan beri ishlamay turibdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshida ta’mirlash ishlari Hisob palatasi tomonidan to‘xtatib qo‘yildi, Qurilish vaziri va Uy-joy kommunal xizmatining sobiq rahbarining «xoxishi sababli ishlar cho‘zilib», ob’ekt uchinchi yil o‘zgarishsiz turibdi.

15 aprel 2021, 14:40 1

Soliq organlari kuch ishlatar idora emas — Sherzod Kudbiyev

Ijtimoiy tarmoqlarda soliq xodimlari sotuvchilik orqali kun ko‘ruvchi ayollarning buyumlarini olib qo‘yganligi aks etgan video lavhalar tarqaldi. Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev bu holat soliq xizmati uchun uyatli ekanligini aytdi. “Soliq organlari hech qachon kuch ishlatar idora emas… Bunday holat yuz berganligi uchun butun xalqimizdan uzr so‘rayman”, — dedi u. Kudbiyev hodisada o‘zini noo‘rin tutgan xodimlar jazolaninishi ta’kidladi.

15 aprel 2021, 13:34

Ajrimlarni kamaytirish uchun yoshlarga imomlar ta’lim berishi taklif qilindi

Oilalarda ajrimning oldini olish masalasi bo‘yicha Yunusobod tumani hokimi tomonidan o‘tkazilgan majlisda nikohdan oldin yoshlarni imomlar tomonidan olib boriladigan 3 oylik o‘quv darslarida o‘qitish taklifi berildi. Shuningdek, ahloqiy jihatdan milliy mentalitetga to‘g‘ri kelmaydigan teleserial hamda kinofilmlarni efirga uzatmaslik kerakligi aytildi.

15 aprel 2021, 12:00

Toshkent metropoliteni vaqt ko‘rsatuvchi tablosidagi «nojo‘ya yozuv» yuzasidan izoh berdi

Toshkent metropoliteni metro stansiyasidagi vaqt ko‘rsatuvchi tablosidagi «nojo‘ya yozuv» elektron soat darchasiga qilingan kiberhujum natijasida paydo bo‘ldi, deya xabar berdi Toshkent metropoliteni.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting