Jamiyat

13 aprel 2021, 17:43

Jizzaxda chiqindi yig‘ish transportining gaz balloni portlashi oqibatida ikki piyoda jarohatlandi

Jizzax shahrida chiqindi yig‘ish maxsus transport vositasida o‘rnatilgan gaz ballon portlab ketdi. Oqibatda 2 nafar yo‘lovchi tan jarohati oldi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

13 aprel 2021, 16:56

Namangandagi maxsus bog‘cha tarbiyalanuvchisi vafotidan keyin bog‘cha direktori va bir necha xodimlar ishdan bo‘shatildi

Namangandagi bolalar bog‘chasida issiq suvdan kuyib, vafot etgan bola voqeasidan so‘ng, MTM direktori, hamshira, qo‘riqchi va guruhda ishlagan barcha xodimlar o‘z vazifasidan ozod etildi. Maktabgacha ta’lim vazirligi mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan jazo tayinlanishi tarafdori bo‘lmoqda.

13 aprel 2021, 16:49

Yil oxiriga qadar barcha terminallar Uzcard va HUMO plastik kartalarini qabul qiladi

Uzcard va HUMO to‘lov tizimlarining terminallari yil oxirigacha har ikki turdagi kartalarni ham qabul qilishni boshlaydi.

13 aprel 2021, 16:02

Eski Pushkin chorrahasi oldidagi yo‘l avtomobillar harakati uchun ochildi

Toshkent shahridagi Mustaqillik va Parkent ko‘chalarini tutashtiruvchi (eski Pushkin chorrahasi) yo‘l nihoyat avtomobillar harakati uchun ochildi. Ushbu yo‘l deyarli 6 yil oldin yopilgan edi. Yo‘lni ochish to‘g‘risidagi rejalar yanvar oyida e’lon qilingan edi.

13 aprel 2021, 14:33

O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘da maktab quradi

O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘da maktab qurishni rejalashtirmoqda, dedi AOKA direktori Asadjon Xodjayev. Uning aytishicha, hududdagi tiklanishi lozim bo‘lgan ob’ektlar ro‘yxati belgilanmoqda, ularni rekonstruksiya qilishga o‘zbekistonlik quruvchilar jalb qilinadi.

13 aprel 2021, 13:38

Kubatinga nisbatan jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazilmagan — Bosh prokuratura

Bosh prokuratura turkshunos olim Andrey Kubatinga DXX tomonidan ruhiy va jismoniy tazyiqlar o‘tkazilmaganligini ma’lum qildi. Xibsxonaga joylashtirish va chiqib ketayotgan vaqtida uning badanida jismoniy jarohatlar kuzatilmagani, sog‘lig‘i bo‘yicha shikoyatlar bo‘lmagani va ruhiy holati mutaxassislar tomonidan ijobiy baholangani aytilmoqda.

13 aprel 2021, 13:18

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 200 ming nafardan oshdi

12 aprel kuni O‘zbekistonda 67,4 mingdan ziyod kishi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanib, vaksina olganlar soni 200 ming nafardan oshdi.

13 aprel 2021, 12:07

O‘zbekistonda taroveh namozlari boshlandi — foto

O‘zbekistonda taroveh namozlarining o‘qilishi boshlandi. Toshkentdagi «Hazrati Imom» jome masjidida boshlangan taroveh namozlaridan «Gazeta.uz» fotoreportaji.

13 aprel 2021, 11:43

O‘zbekistonning bir nechta hududlarida zilzila qayd etildi

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning bir nechta hududlarida 2 balldan sezildi. Magnituda M=5,4, chuqurligi 191 kmni tashkil etdi.

13 aprel 2021, 10:50

Madaniyat vazirligi musiqa asboblarini bozor narxidan deyarli 800 mln so‘m qimmatroqqa sotib olgan

Madaniyat vazirligi mansabdorlari tadbirkorlik sub’ektini asossiz ravishda tanlovda g‘olib sifatida ko‘rsatganligi natijasida, musiqa asboblarini haqiqiy bozor bahosidan 792,2 mln so‘mga qimmat narxda sotib olgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

13 aprel 2021, 10:23

Xorijda pulsiz qolgan O‘zbekiston fuqarolariga qarz berib turiladi

Xorijdagi konsullik okrugi hududiga vaqtincha kirgan fuqaro yashash uchun mablag‘larsiz qolganda, muassasaga moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin. Muassasa 2 ish kunida fuqarodan arizani qabul qiladi va Tashqi ishlar vazirligining roziligiga ko‘ra fuqaro bilan qarz shartnomasi tuziladi hamda oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy, kiyim-kechak va transport xarajatlari uchun to‘lov o‘tkaziladi.

13 aprel 2021, 09:16

Toshkent markazida ma’muriy binoni rekonstruksiya qilish va avtoturargoh qurishga 431,5 mlrd so‘m sarflanadi

Toshkentning Sharof Rashidov ko‘chasidagi (Mustaqillik maydoni yonida) ma’muriy bino rekonstruksiyasi va favvora ostiga avtoturargoh qurilishiga 431,5 mlrd so‘m sarflanishi mumkin. Pudratchi sifatida aksionerlari orasida qurilish vazirining o‘g‘li va rafiqasi bo‘lgan «12-trest» tanlanmoqda.

12 aprel 2021, 18:46

Ro‘za paytida sog‘lom ovqatlanish — JSST tavsiyalari

Ramazon oyi paytida haddan tashqari ko‘p ovqat yeyish yoki noto‘g‘ri ovqatlanish inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. «Gazeta.uz» Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ro‘za paytida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha maslahatlarini taqdim etadi.

12 aprel 2021, 17:43

Quvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshiradi

Quvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi. Aviakompaniya Quvayt — Toshkent — Quvayt yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi.

12 aprel 2021, 17:15

Hafta davomida ob-havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

Haftaning birinchi yarmida respublikada iliq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Haftaning ikkinchi yarmiga kelib havo harorati haftaning boshiga nisbatan kechalari 9−14 daraja, kunduzi 22−27 daraja iliq bo‘lgan biroz yuqori, asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

12 aprel 2021, 16:22

Andijonda 3 oylik chaqalog‘ini 700 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Izboskan tumanida G. va O. kimdan ekani noma’lum bo‘lgan 3 oylik chaqalog‘ini sotishga urindi. Ular Andijon shahridagi «Daryotrans» yonida 700 dollar evaziga «er-xotin mijoz»ga chaqaloqni bergan. Fuqaro O. 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, chaqaloqning onasiga esa shartli jazo tayinlandi.

12 aprel 2021, 15:00

Texnopark «Innoprom-2021» natijalarini ma’lum qildi

Texnopark va Kuka kompaniyalari «Innoprom-2021» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida strategik sheriklik to‘g‘risida shartnomalar tuzishdi.

12 aprel 2021, 13:04

Farg‘onada ikki kunda ikki nafar velosipedchi YTHga uchrab, halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida Lacetti va velosiped ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Jabrlanuvchi tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, Marg‘ilonda ham Lacetti avtomashinasi velosipedchini urib yuborgan. Natijada velosipedchi shifoxonada vafot etgan.

12 aprel 2021, 10:30

Saharlik va iftorlik uchun taomlar ro‘yxati

Zira.uz saharlik va iftorlik uchun mazali va to‘yimli taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

12 aprel 2021, 09:30

«OTMlarni foyda olish maqsadida ochish — yaxshi g‘oya emas» — Komiljon Karimov

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Komiljon Karimov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida nega xususiy OTMlar uchun foyda olish masalasi ustuvor vazifa bo‘lishi kerakmasligi, oliygohlar o‘rtasidagi raqobat uchun teng sharoitlar bo‘lishining ahamiyati va davlat OTMlarining asosiy ustunligi haqida gapirib berdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting