Jamiyat

2 fevral 2022, 21:36

«Turkiston» metrosi ustidagi ko‘cha prezidentga taqdim etilganidan olti oy o‘tib cho‘kdi

Toshkentdagi «Turkiston» metro bekati ustidagi ko‘chaning bir qismi foydalanishga topshirilganidan olti oy o‘tib cho‘kdi. Ko‘cha prezident tomonidan 2020 yil Mustaqillik bayrami arafasida ochilgan edi. Pudratchi Transyo`lqurilish-Jizzax (tendersiz tanlangan) ko‘cha «O‘zbekiston temir yo‘llari»ga qarashli «Ko‘prikqurilish» tresti korxonasi aybi bilan cho‘kkanini ma’lum qildi. Loyihada Toshkent hokimi bilan bog‘liq loyiha tashkiloti ham ishtirok etgan. «Gazeta.uz» vaziyatni o‘rgandi.

2 fevral 2022, 21:23

«Hech bir o‘quvchi va talaba chiptasiz qolmaydi» — SSV

Transport vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda hokimliklar avia va poyezd chiptalari xaridini tartibli ravishda tashkil etadi va doimiy ishlaydigan Shtablar faoliyatini yo‘lga qo‘yadi. 50 foizlik chegirmalar esa saqlab qolinadi. «Hech bir o‘quvchi va talaba chiptasiz qolmaydi», — deyiladi SSV xabarida.

2 fevral 2022, 21:10

7 fevraldan OTM, kollej, litsey va maktablarda ta’lim an’anaviy shaklga o‘tkaziladi

7 fevraldan boshlab umumta’lim maktablari, professional, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkaziladi.

2 fevral 2022, 18:19

Ohangaronda 30 gektar maydonda maishiy chiqindi poligoni tashkil etiladi

Prezident videoselektorda Ohangaron tumanining 30 gektar maydonida 17 mln dollarlik maishiy chiqindi poligoni qurilishini ma’lum qildi. Qolaversa, u resursini o‘tab bo‘lgan 24 ta chiqindi poligonini ko‘mishni buyurdi. Bundan tashqari, poligonlar tashkil etish va ularni yopishni tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqish zarurligi aytildi.

2 fevral 2022, 17:42

«Odamlarimiz hatto hovlisi atrofini tozalashdan erinadigan bo‘lib qolgan». Mirziyoyev hududlardagi ekologik holat haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yillik hosil bo‘layotgan maishiy chiqindilar miqdori 7 million tonnaga yetganini ma’lum qildi. Davlat rahbari 2022 yilda maishiy chiqindi to‘plash qamrovini 95 foizga, qayta ishlash hajmini 40 foizga yetkazish vazifasini qo‘ydi. «Odamlarimiz hatto eshigi va hovlisi atrofini tozalashdan, daraxt, gul, ko‘chat ekib, saranjom-sarishta qilib qo‘yishdan erinadigan bo‘lib qoldi», — dedi prezident.

2 fevral 2022, 17:10

Asaka tumani hokimligi mas’ul xodimi $8 ming pora bilan qo‘lga tushdi

Asaka tuman hokimligi mas’ul xodimi issiqxona qurish uchun 30 sotix yer maydoni ajratib berish evaziga fuqarodan 15 ming dollar so‘ragani aytilmoqda. U shundan 8 ming dollarni olayotgan vaqtida ushlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2 fevral 2022, 16:24

O‘zbekistonda OITS bilan kasallanganlar soni 45 mingga yetgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda OITSni (SPID) yuqtirib olganlarning umumiy soni 45 mingni tashkil qildi, shundan 55 foizi erkaklar va 45 foizi ayollardan iborat. Kasallikka chalinganlarning 14 foizi esa 18 yoshga to‘lmagan bolalarga to‘g‘ri kelmoqda. Kasallanish ko‘rsatkichi eng yuqori hudud esa Toshkent shahri hisoblanadi. Shifokorlar OITS yuqishi ehtimoli yuqori holatlar va uni oldini olish choralari haqida ma’lumot berdi.

2 fevral 2022, 16:08

Vaksinalar homilaga hech qanday nojo‘ya ta’sir ko‘rsatmaydi — SES bo‘lim boshlig‘i

«Gazeta.uz»ga koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlangan homilador ayol murojaat qilib, vaksinaning homilaga ta’siri to‘g‘risida ishonchli ma’lumot so‘radi. Virusologiya instituti shifokori Jaloliddin To‘ychiyevning tahririyatga ma’lum qilishicha, shu vaqtgacha homilador ayollar va tug‘ilgan bolalarda vaksinaning salbiy ta’siri kuzatilmagan. SES vaksinalar bo‘limi boshlig‘i Diloram Tursunova esa JSST vaksina olganlik sababli homiladorlikni to‘xtatishni tavsiya etmasligini eslatdi.

2 fevral 2022, 15:42

Hafta oxirlarida shamol tezligi 28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda

O‘zgidromet 4−6 fevral kunlari O‘zbekistonning ba’zi joylarda shamol kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi. Shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda esa 25−28 m/s gacha bo‘lishi kutilmoqda. 6 fevral kuni respublikaning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi.

2 fevral 2022, 13:44

USAID O‘zbekistonda yoshlar bandligini ta’minlash uchun 10 mln dollarlik dasturni ishga tushirdi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekistonda yoshlar bandligi va tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dasturni ishga tushirdi. budjeti 10 mln dollar bo‘lgan dastur xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari hamda Xalq ta’lim vazirligi tomonidan xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda amalga oshirilmoqda.

2 fevral 2022, 13:21

Uzbekistan Airways Express bagaj normasini 23 kg gacha oshirdi

1-fevraldan Uzbekistan Airways Express “to‘liq ekonom” formatidagi qatnovlarda bagaj normasini 15 kgdan 23 kg gacha oshirdi. Qo‘l yuki normasi va bagaj parametrlari o‘zgarishsiz qolgan.

2 fevral 2022, 12:51

Yaponiya hukumati Farg‘ona vodiysi qishloq xo‘jaligining iqlim o‘zgarishiga moslashuvi uchun qariyb 1 mln dollar ajratdi

BMT Taraqqiyot Dasturi Farg‘ona vodiysida qishloq xo‘jaligining iqlim o‘zgarishiga moslashuvi uchun agrometeorologik stansiyalar tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha loyihani amalga oshiradi. Yaponiya hukumati ushbu maqsadlarga qariyb 1 mln dollar ajratdi.

2 fevral 2022, 12:20

«Adolat» partiyasi TikTok tarmog‘ini butunlay bloklashni taklif qilmoqda

«Adolat» SDP O‘zbekistonda TikTok tarmog‘ini butunlay bloklashni taklif qildi. Partiya buni tarmoqdagi videolar orasida o‘zgalar hayotiga daxl qiluvchi nomaqbul kadrlar ko‘payayotganligi bilan izohlagan.

2 fevral 2022, 12:10

Parkent tumani hokimligi arxeologiya yodgorligini tadbirkorga sotib yuborgani aniqlandi

2018 yilda Parkent tumani hokimligi «Tepa (Kultepa)» arxeologiya yodgorligiga tegishli 2 gektar yerni tadbirkorga xom g‘isht ishlab chiqarish uchun auksion orqali sotib yuborgan. 2020 yilda esa tadbirkor ushbu yerni boshqa bir jamiyatga sotib yuborgan. Xom g‘isht ishlab chiqarish uchun esa yodgorlik hududidan tuproq qazib olingan. Antikorrupsiya agentligi buning natijasida tadbirkor madaniy meros obyektiga 1,5 trln so‘mlik moddiy zarar yetkazganini aniqladi.

2 fevral 2022, 11:41

Ikkilamchi bozordan uy sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish davom ettiriladi

2022 yilning birinchi choragida tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari 42 mln dollar miqdorida Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan qayta moliyalashtiriladi. «O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi» AJ o‘z faoliyatini tiklab, ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni davom ettiradi.

2 fevral 2022, 11:13

O‘zbekistondan $1,6 mlnni noqonuniy olib chiqmoqchi bo‘lgan 6 nafar qirg‘izistonlik ushlangani aytilmoqda

DXX tomonidan Namangan va Andijonda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida O‘zbekistondan 1,6 mln dollarni noqonuniy olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan 8 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ularning 2 nafari o‘zbekistonlik, guruh yetakchisi va a’zolari deb gumon qilinayotgan 6 nafari esa qirg‘izistonlik ekanligi aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

2 fevral 2022, 10:39

Fevralning birinchi kunida 1087 kishida koronavirus aniqlandi

Seshanba kuni 1087 kishining koronavirus infeksiyasiga topshirgan PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi. Shuning yarmidan ko‘pi poytaxt hisobiga to‘g‘ri keldi — 589 ta holat. Qolaversa, 209 kishida pnevmoniya aniqlandi. COVID-19 asoratlari oqibatida esa 3 kishi vafot etdi.

2 fevral 2022, 10:19

Qurilish uchun pudratchilarni aniqlash tender orqali amalga oshiriladi

Hukumat qarori bilan BHMning 6000 baravaridan (1 mlrd 620 mln so‘m) ortiq bo‘lgan qurilish ishlariga pudratchi tashkilotlarni aniqlash elektron tender orqali amalga oshiriladi. Qolaversa, BHMning 200 000 baravarigacha (54 mlrd so‘m) bo‘lgan loyihalar uchun tanlovlarda esa faqat qurilish amalga oshiriladigan hududda ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlargina qatnasha oladi.

2 fevral 2022, 10:04

O‘zbekistondagi barcha OTMlar maxsus ishchi guruh tomonidan tanqidiy o‘rganiladi

Oliy ta’lim vaziri va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh respublikadagi OTMlarni 23 ta mezon asosida tanqidiy, tahliliy o‘rganadi.

2 fevral 2022, 09:00

“O‘zimni foydali his qilaman”. Tog‘ instruktori Ivan Zolotuxin — hayot va ish haqida

Hududlardagi aholi ko‘pincha farovon hayot izlab poytaxtga ko‘chib o‘tadi. Kogonlik Ivan Zolotuxin, tendensiyalardan farqli o‘laroq, tashlandiq Yangiobod shahri yaqinidagi tog‘larga ko‘chib o‘tdi. U “Gazeta.uz"ga tog‘ instruktorligi faoliyati, haqiqiy do‘stlik va yangi uyida orttirgan bebaho xotirjamlik haqida so‘zlab berdi. “Inson o‘zini foydali his qilishi, jamiyatga foyda keltirishi kerak, aks holda hayot bo‘shab qoladi”, — deb hisoblaydi u.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting