Jamiyat

8 iyun 2021, 10:01

Effect.uz jurnalistlari Andijonda kaltaklangani aytilmoqda

Effect.uz sayti jurnalistlari Andijon viloyatida fuqarolar murojaatlarini o‘rganib turgan vaqtida kaltaklanganligi aytilmoqda. Mazkur holat Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.

8 iyun 2021, 08:32

Bir tonnadan ziyod «Andijon muzqaymoq» iste’molga yaroqsiz deb topildi

Toshkentda o‘tkazilgan reydlar davomida 1 tonnadan ziyod «Andijon muzqaymoq» tarkibida ichak tayoqchasi va oltinrang stafilokokk aniqlangani sababli iste’molga yaroqsiz deb topildi.

7 iyun 2021, 22:22

Toshkent hokimiyati tozalash inshootlarining badbo‘y hidini qanday yo‘qotishni o‘rganmoqda

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtdagi tozalash inshootlaridan chiqayotgan badbo‘y hidni bartaraf etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, muammoni nazoratiga oldi.

7 iyun 2021, 18:32

7 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Alisher Qodirovning intervyusidan fikrlar, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida avtobus qatnovi tiklanishi, Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi ish grafiki, Samarqand YeTTBning “Yashil shaharlar” dasturiga kiritilishi — “Gazeta.uz"ning 7 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

7 iyun 2021, 17:53

O‘zbekistonda deyarli 350 ming kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi — SSV

O‘zbekistonda 348 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlanib bo‘ldi. Ularning aksariyati AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan.

7 iyun 2021, 16:57

Toshkentda piyoda Lacetti avtomobili urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida 35 yoshli piyodani Lacetti avtomobili urib yuborishi oqibatida, piyoda tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

7 iyun 2021, 16:30

Samarqand YeTTBning «Yashil shaharlar» dasturiga kiritildi

Samarqand Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining shaharlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha 3 mlrd yevrolik dasturiga kirgan O‘zbekistonning birinchi shahri bo‘ldi. Shaharga elektrobuslar sotib olinib, ekologiyani yaxshilash bo‘yicha harakatlar rejasi ishlab chiqiladi.

7 iyun 2021, 16:08

1 iyuldan jismoniy shaxslarga STIR berish amaliyoti bekor qilinadi

1 iyuldan jismoniy shaxslarga STIR berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyoti bekor qilinadi. Davlat organ va tashkilotlari STIRni soliq organidan mustaqil ravishda so‘rab oladi.

7 iyun 2021, 16:03

Chekishni tashlash uchun 100 dan ortiq sabablar

Chekishdan voz kechish qiyin bo‘lishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti chekishni tashlashning 100 dan ortiq sabablarini keltirdi.

7 iyun 2021, 14:46

Hafta davomida havo harorati biroz pasayadi

Hafta davomida O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 8−9 iyun kunlarida shamolli ob-havo saqlanib turadi, respublika bo‘yicha shamol 17−22 m/s gacha, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan kuchayishi mumkin.

7 iyun 2021, 14:38

«Muammo avtomobil qimmatligida emas, balki odamlar kam pul ishlab topishida» — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov UzAuto Motors masalasida: «Muammo avtomobil qimmatligida emas, balki odamlar kam pul ishlab topishida», — deya ta’kidladi. Uning fikricha, «odamlar halol ishlab topgan pullariga sifatli avtomobil sotib olishga haqli». Biroq, deputat hozircha bojxona boji bekor qilinishi tarafdori emas. «Biz o‘zimizni odamlarni avtomobil sanoatini qo‘llab-quvvatlashga majbur qilayapmiz», — dedi u.

7 iyun 2021, 13:14

XAEA O‘zbekistonning AES loyihasi bo‘yicha yutuqlarini yuqori baholadi

Yadro infratuzilmasini nazorat qilish bo‘yicha XAEA missiyasining xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston atom elektr stansiyasi qurilish loyihasini ishlab chiqishda muvaffaqiyatlarga erishgan, ammo shunday bo‘lsa-da, yadro xavfsizligi bo‘yicha yana bir qator xalqaro hujjatlarga qo‘shilishi kerak.

7 iyun 2021, 10:38

Coca-cola ichimligi Uzbekiston davlat ulushi sotilishining uchinchi bosqichi yakunlandi

Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd MCHJ ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish to‘g‘risidagi e’longa muvofiq, sotish jarayonining uchinchi bosqichi yakunlandi. Bugungi kunda, talabgorlardan Kompaniyani sotib olish bo‘yicha qat’iy narx takliflari va oldi-sotdi shartnomasi loyihasiga qo‘shimcha taklif hamda izohlari olindi.

7 iyun 2021, 09:48

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida avtobus qatnovi tiklanishi ko‘rib chiqilmoqda

O‘zbekiston va Tojikiston huqumat vakillari Toshkent, Samarqand, Termiz, Dushanbe, Xo‘jand, Penjikent va boshqa shaharlar o‘rtasida avtobus qatnovini tiklash istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

7 iyun 2021, 09:30

Samarqand va viloyatning bir qator tumanlari suv ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Yog‘ingarchiliklarning yo‘qligi va Zarafshon daryosi o‘zanida suv oqimining kamligi sababli Samarqand va viloyatning bir qator tumanlari suv ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

6 iyun 2021, 13:47

«Hali qishda bizni nima kutyapti ekan?» — Twitter foydalanuvchilari Toshkentda elektr va suv o‘chayotgani haqida

Toshkentning ayrim hududlarida bir necha kundan buyon elektr energiyasi va suv yo‘qligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlar bildirilmoqda. Ulardan eng qiziqarlilarini «Gazeta.uz» yig‘ib chiqdi.

6 iyun 2021, 11:54

Qarshida havoning issiqligi sababli samolyotda nosozlik chiqib, parvoz kechiktirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahri aeroportidada video lavhalar tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, parvoz Rossiyaning “Royal Flight” aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Yo‘lovchilar bortga chiqarilgandan so‘ng, samolyot dvigatellari ishlamay qolgan. Bunga havo haroratining 44°dan yuqori bo‘lishi sabab bo‘lgan.

5 iyun 2021, 23:39

Elektr ta’minotidagi uzilishlar kuchli shamol va elektr iste’moli hajmining o‘sishi bilan bog‘liq — vazirlik

Elektr ta’minotidagi uzilishlarga 1−3 iyun kunlari qator hududlarda kuzatilgan kuchli shamol hamda havoning sezilarli isishi natijasida elektr energiyasiga talab oshgani sabab bo‘ldi, deya ma’lum qildi Energetika vazirligi.

5 iyun 2021, 21:19

5 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

“O‘zbekneftgaz” korxonalari faoliyati vaqtincha to‘xtab qolishi, sement importining hajmi oshishi, Maktabgacha ta’lim vazirligidagi tayinlovlar, Andijondagi yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar — “Gazeta.uz"ning 5 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

5 iyun 2021, 17:02

Andijonda 100 gektar yerni noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan mansabdorlarga sud hukmi o‘qildi

Andijonda 100 gektar yer maydonini 135 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan Andijon viloyati hokimligi huzuridagi direksiya bosh mutaxassisi, viloyat hokimligi bosh boshqarmasi g‘aznachisi hamda kompaniya rahbariga nisbatan sud hukmi o‘qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting