Jamiyat

7 iyun 2021, 09:48

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida avtobus qatnovi tiklanishi ko‘rib chiqilmoqda

O‘zbekiston va Tojikiston huqumat vakillari Toshkent, Samarqand, Termiz, Dushanbe, Xo‘jand, Penjikent va boshqa shaharlar o‘rtasida avtobus qatnovini tiklash istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

7 iyun 2021, 09:30

Samarqand va viloyatning bir qator tumanlari suv ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Yog‘ingarchiliklarning yo‘qligi va Zarafshon daryosi o‘zanida suv oqimining kamligi sababli Samarqand va viloyatning bir qator tumanlari suv ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

6 iyun 2021, 13:47

«Hali qishda bizni nima kutyapti ekan?» — Twitter foydalanuvchilari Toshkentda elektr va suv o‘chayotgani haqida

Toshkentning ayrim hududlarida bir necha kundan buyon elektr energiyasi va suv yo‘qligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlar bildirilmoqda. Ulardan eng qiziqarlilarini «Gazeta.uz» yig‘ib chiqdi.

6 iyun 2021, 11:54

Qarshida havoning issiqligi sababli samolyotda nosozlik chiqib, parvoz kechiktirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahri aeroportidada video lavhalar tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, parvoz Rossiyaning “Royal Flight” aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Yo‘lovchilar bortga chiqarilgandan so‘ng, samolyot dvigatellari ishlamay qolgan. Bunga havo haroratining 44°dan yuqori bo‘lishi sabab bo‘lgan.

5 iyun 2021, 23:39

Elektr ta’minotidagi uzilishlar kuchli shamol va elektr iste’moli hajmining o‘sishi bilan bog‘liq — vazirlik

Elektr ta’minotidagi uzilishlarga 1−3 iyun kunlari qator hududlarda kuzatilgan kuchli shamol hamda havoning sezilarli isishi natijasida elektr energiyasiga talab oshgani sabab bo‘ldi, deya ma’lum qildi Energetika vazirligi.

5 iyun 2021, 21:19

5 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

“O‘zbekneftgaz” korxonalari faoliyati vaqtincha to‘xtab qolishi, sement importining hajmi oshishi, Maktabgacha ta’lim vazirligidagi tayinlovlar, Andijondagi yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar — “Gazeta.uz"ning 5 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

5 iyun 2021, 17:02

Andijonda 100 gektar yerni noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan mansabdorlarga sud hukmi o‘qildi

Andijonda 100 gektar yer maydonini 135 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan Andijon viloyati hokimligi huzuridagi direksiya bosh mutaxassisi, viloyat hokimligi bosh boshqarmasi g‘aznachisi hamda kompaniya rahbariga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

5 iyun 2021, 16:00

Ferkensco «Gazprombank» bilan shartnoma imzoladi

Ferkensco va «Gazprombank» o‘rtasida yangi kimyo majmuasini moliyalashtirish to‘g‘risida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

5 iyun 2021, 14:05

Respublikadagi 61 ta postda har kuni atmosfera havosi sifati tekshiriladi

Hukumat qarori bilan respublikadagi 61 ta postda har kuni atmosfera havosi sifati, mayda dispersli zarrachalar bo‘yicha esa oylik kuzatishlar amalga oshirilishi belgilanmoqda. Hujjatda shuningdek, 1 dekabrgacha atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining Yagona geoaxborot bazasi shakllantirilishi belgilangan.

5 iyun 2021, 14:00

Jizzakh Petroleum «Gazprombank» bilan o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum imzoladi

Buxoro viloyatida yangi gaz-kimyo majmuasi qurilishini moliyalashtirishga qaratilgan to‘rt tomonlama o‘zaro anglashuv memorandumi Jizzakh Petroleum va «Gazprombank» tomonidan imzolandi.

5 iyun 2021, 11:55

Maktabgacha ta’lim vaziriga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi

Maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib Baxodirjon Onorboyev tayinlandi. Mazkur lavozimda ishlagan Kahramon Olimov esa boshqa ishga o‘tgani aytilmoqda. Vazirning yana bir o‘rinbosari ham o‘zgargan.

5 iyun 2021, 11:00

Toshkentda 60 foiz respondentlar maktabga olib boruvchi yo‘llarni xavfli deb hisoblaydi

YUNISEF va IIV YHXBB Yu-Report loyihasi doirasida maktablar yaqinidagi yo‘llar xavfsizligi bo‘yicha so‘rov o‘tkazdi. Aksariyat respondentlarning (Toshkentda — 60 foiz) maktabga olib boruvchi yo‘llarni xavfsiz emas deb hisoblashi ma’lum bo‘ldi. O‘quvchilarning katta qismi maktabga piyoda boradi.

5 iyun 2021, 10:30

Piknik uchun yeguliklar tayyorlaymiz

Sabzavotli somsa, turkcha pogacha, bananli non, qiymali ruletchalar — Zira.uz piknik uchun tayyorlasa bo‘ladigan yeguliklar retseptlarini taqdim etadi.

4 iyun 2021, 21:26

4 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Turli statistik ma’lumotlar, Shahrisabzdagi avariya, IIB xodimlarining ishdan bo‘shatilishi, pensiya va nafaqalar oshirilishi, 2000 va 20 000 so‘mlik kupyuralarning muomalaga chiqarilishi — “Gazeta.uz"ning 4 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

4 iyun 2021, 20:11

1 iyuldan pensiya va nafaqalar oshiriladi

Prezidentning tegishli farmoni bilan 1 iyulidan pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori oshiriladi. Shuningdek, ijtimoiy nafaqalar uchun qo‘shimcha to‘lovlar joriy etiladi.

4 iyun 2021, 18:44

Qashqadaryoda unashtirilgan yigit-qizni qo‘lga olib, ularni qo‘yib yuborish uchun pul talab qilgan IIB xodimlari ishdan olindi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida unashtirilgan yigit-qizni mashinada o‘tirgan holatda qo‘lga olib, ularni qo‘yib yuborish evaziga salkam 5 million so‘m talab qilgan IIB xodimlari ishdan bo‘shatildi.

4 iyun 2021, 18:04

Shahrisabzda avariya oqibatida ota va bola vafot etdi

Shahrisabzda Damas rusumli avtomashinasi o‘zini quvib o‘tishga uringan Lacetti bilan to‘qnashdi. Oqibatda Damas haydovchisi va uning ichidagi fuqaro vafot etdi.

4 iyun 2021, 16:02

Olimjon O‘sarov Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi etib saylandi

«Nuroniy» gazetasi bosh muharriri sifatida ishlab kelgan Olimjon O‘sarov Jurnalistlari ijodiy uyushmasining yangi raisi etib saylandi.

4 iyun 2021, 14:53

Dam olish kunlari anomal issiq bo‘ladi

Dam olish kunlari anomal issiq havo harorati +43 darajagacha, kechasi esa +27 darajagacha saqlanib qoladi. Ayrim tog‘li hududlarda shamol ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

4 iyun 2021, 14:39

2021 yil 4 oy davomida 12 806 ta oilaviy ajrashish bo‘lgan

2021 yilning ilk to‘rt oyida oilaviy ajrashishlar soni oldingi yilga nisbatan 4897 taga ko‘p bo‘lgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting