Jamiyat

17 noyabr 2021, 19:05

Navoiyda oltin qazib olish vaqtida 4 kishi qum ostida qolib halok bo‘ldi

Navoiy viloyati Konimex tumani Lolazor nomli cho‘l hududida bir guruh fuqarolar tuproq tarkibidan tilla qumlarini kavlab olish vaqtida 4 nafar fuqaro qum bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

17 noyabr 2021, 17:54

«Toshkent suv ta’minoti» Olmaliq shahar filiali boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda

«Toshkent suv ta’minoti» Olmaliq shahar filiali boshlig‘i va yetakchi mutaxassisi tadbirkordan savdo majmuasini qurishda sarflanayotgan suv bayonnomasini bazaga kiritmaslik uchun 2000 dollar talab qilgani aytilmoqda. Yetakchi mutaxassis pullarning bir qismini olganida qo‘lga tushgan.

17 noyabr 2021, 17:24

Endi paxta klasterlari bilan tuzilgan bitim sud orqali bekor qilinadi

Prezident farmoni bilan paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati tartibga solinmoqda. Endilikda klasterlar maxsus komissiya xulosasi asosida Hukumat qarori bilan tashkil qilinadi va 30 yilga bitim tuziladi. Tomonlardan biri qarshi bo‘lsa, majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmasa yoki klasterga a’zo fermerlarning 66 foizi murojaat qilsagina bitim bekor qilinadi.

17 noyabr 2021, 16:41

O‘zbekistonning bir qator hududlarida yer qimirlashi kuzatildi

Qirg‘izistonda kuzatilgan zilzila O‘zbekiston hudularida ham sezildi. Jumladan, Xonobodda 3−4 ball, Qo‘rg‘ontepada 3 ball, Jalaquduqda 3 ball, Paxtaobodda 3 ball, Asakada, Norin, Marhamat va boshqa tumanlarda 2 ballik silkinishlar qayd etildi.

17 noyabr 2021, 16:03

Ob-havo sharoiti tufayli qator aviareyslar kechiktirildi

Qattiq qor va havo haroratining keskin tushishi sababli Toshkent aeroportida qator reyslar kechiktirildi. Dubayga uchgan HY-333 reysining samolyoti yo‘lovchining qarindoshi vafot etgani sababli uchishdan bosh tortgani sababli kechiktirilganligi ma’lum bo‘ldi.

17 noyabr 2021, 15:20

Rossiya O‘zbekistonda sakkizta OTM filialini ochishi kutilmoqda

Rossiyaning yana sakkizta oliy o‘quv yurti O‘zbekistonda o‘z filiallarini ochish niyatida, ulardan uchtasi yaqin kunlarda o‘zbekistonlik talabalarni qabul qilishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumida muhokama qilindi.

17 noyabr 2021, 14:57

O‘zgidromet Toshkentda iflos qor yog‘gani sababini tushuntirdi

Chorshanba kuni erta tongda poytaxtda iflos qor yog‘di. O‘zgidromet bunga 4 noyabrda Qozog‘iston janubida va 16 noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan qum bo‘ronlari sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Shuningdek, bu inson salomatligiga ziyon yetkazmasligi aytilmoqda.

17 noyabr 2021, 14:39

Kogonda tuproq o‘pirilishidan halok bo‘lganlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoro viloyatining Kogon shahridagi suv quvuri yotqizilish vaqtida tuproq o‘pirilishidan 2 kishi halok bo‘lgan edi. Holat yuzasidan mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

17 noyabr 2021, 12:31

Pedagogika universitetiga yangi rektor tayinlandi

Abdug‘affor Qirg‘izboyev Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi. Universitetning sobiq rektori Alisher Umarov lavozimidan ozod etildi.

17 noyabr 2021, 11:50

«Bizga katta-katta ishlarni qilishni o‘zi qilib ko‘rmagan o‘qituvchi o‘rgatadi». O‘zbekistonlik talabalar «oltin davr» haqida

17 noyabr kuni «Xalqaro talabalar kuni» nishonlanadi. Talabalik — oltin davr, deyishadi. Chindan ham bu davr «oltin»mi, talabalikning qanday qiyinchilik va mashaqqatlari bor? «Gazeta.uz» turli universitetlarda o‘qiydigan talabardan mazkur savollarga javob oldi.

17 noyabr 2021, 11:22

Foto: Toshkentdagi birinchi qor

Toshkentda birinchi qor yog‘moqda. Erta tongdan yog‘gan qor loy qatlami bilan qoplangani kuzatilmoqda. Keyinroq u yana oq tus olib, kuchaydi. Daraxtlar shoxlari namlikning og‘irligi tufayli ba’zi joylarda qulab tushdi. «Gazeta.uz» fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin poytaxt bo‘ylab sayr qildi.

17 noyabr 2021, 10:55

Endi yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin

Endilikda nafaqat jismoniy shaxslar, balki yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishlari mumkin. Ijaraga berilgan transport tomonidan buzilgan yo‘l harakati qoidalarini esa onlayn tekshirish imkoniyati yaratildi.

17 noyabr 2021, 10:00

Toshkentning Labzak mavzesida yo‘l qismiga daraxt qulab tushdi

Toshkent shahrining Labzak mavzesida daraxt yo‘l qismiga qulab, Matiz avtomashinasining old qismiga shikast yetkazdi. Jabrlanganlar yo‘q.

16 noyabr 2021, 22:52

Kogonda tuproq o‘pirilishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

Buxoro viloyati Kogon shahrida suv quvurini yotqizish ishlari vaqtida tuproq o‘pirilishi sodir bo‘ldi, ikki ishchi hayotdan ko‘z yumdi.

16 noyabr 2021, 21:30

16 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekiston Milliy atlasi yaratilishi, yangi qabul qilingan prezident qarorlari, to‘qqiz oy ichida ishsizlik darajasi 9,4 foizgacha tushishi — «Gazeta.uz»ning 16 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

16 noyabr 2021, 20:56

Ichki ishlar vaziriga murojaat yo‘llagan sobiq profilaktika inspektori qamoqqa olindi

Namangan shahar IIB rahbariyati ustidan shikoyat qilib, ichki ishlar vaziriga videomurojaat yo‘llagan sobiq profilaktika inspektori boshqalar nomida katta miqdorda kredit olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganlikda ayblanmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olindi.

16 noyabr 2021, 19:13

Namanganda uchta YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi, 4 kishi shifoxonaga yotqizildi

Namangan viloyatida sodir bo‘lgan uchta YTH oqibatida 2 nafar haydovchi va 1 nafar velosipedchi vafot etdi. Yana 4 kishi shifoxonaga yotqizildi. Barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

16 noyabr 2021, 14:58

To‘qqiz oy ichida ishsizlik darajasi 9,4 foizgacha tushdi

2021 yilning uch choragi yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda ishsizlik darajasi yillik ko‘rsatkichda 1,7 foizga kamaygan holda 9,4 foizni tashkil etdi. Mehnat vazirligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov mamlakatda rasman 6,1 million fuqaro ishlayotganini, ulardan 5,9 millioni norasmiy sektorda band ekanligini ko‘rsatdi. Ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1,4 mln kishini tashkil etgan.

16 noyabr 2021, 12:41

Jizzaxda tuman prokurori o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Dushanba kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Yangiobod tumani prokurorining o‘rinbosari 8000 dollar olgan vaqtida qo‘lga olingani aytilmoqda.

16 noyabr 2021, 09:44

O‘zbekiston Milliy atlasi yaratildi

Prezident topshirig‘iga asosan ilk marotaba O‘zbekiston Milliy atlasi yaratildi. Unda mamlakatning tabiiy-geografik o‘rni, resurslari, atrof-muhit muhofazasi, aholisi, iqtisodiyoti va tarixi aks ettirilgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting