Jamiyat

10 iyun 2022, 15:30

Vazirlar Mahkamasi yoshlar bilan ishlashning ikki yillik dasturini tasdiqladi

Hukumatning 2022−2023 yillarga mo‘ljallangan yoshlar siyosati dasturi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, konsultatsiyalar, treninglar, musobaqalar, marafonlar va boshqalarni nazarda tutadi. «Yoshlarning bo‘sh vaqti — yetakchining ish vaqti» tamoyili asosida uyushmagan yoshlar bilan ishlash rejalashtirilmoqda.

10 iyun 2022, 14:31

Jalol Arashov qurilish vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi rahbari Jalol Arashov qurilish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

10 iyun 2022, 12:51 16

5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilinadi

Hukumat qarori bilan kollej yoki texnikum diplomidagi mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar kontrakt asosida OTMga qabul qilinadi. Bunda tavsiyanomaga ega abituriyentlar orasida alohida test o‘tkaziladi, ular orasidan yuqori ball to‘plagan 500 nafarigina OTMga kira oladi.

10 iyun 2022, 12:48

Toshkentda ikki nafar ichki ishlar xodimi yoshlarni kaltaklagani aytilmoqda

Toshkent shahrida ikki nafar yoshlar ichki ishlar xodimlari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda. Bosh prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

10 iyun 2022, 12:38

Shu vaqtgacha O‘zbekistonning 292,6 ming gektar maydonida chigirtkalar tarqalgan

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi shu kungacha O‘zbekistonning 292,6 ming gektar maydonda chigirtkalar tarqalganini aniqladi. Mamlakatning deyarli barcha hududlarida 284 ming gektarlik maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazilgan.

10 iyun 2022, 12:32

Dam olish kunlari harorat pasayadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Shanba kuni O‘zbekistonga Kavkaz hududlaridan biroz nam va nisbatan salqin havo kirib keladi. Dushanbagacha ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati asta-sekin pasayib, +31…+33 darajagacha tushadi.

10 iyun 2022, 11:41

Namangan davlat chet tillari instituti tashkil etildi

Namangan viloyatida Ishoqxon Ibrat nomidagi davlat chet tillari institutini tashkil etildi. O‘quv jarayonlari sentabrdan boshlanadi.

10 iyun 2022, 11:31

Toshkent viloyatida haydovchilar uchun Yagona imtihon markazi ochildi

Toshkent viloyatida haydovchilar uchun Yagona imtihon markazi ochildi. Hududning haydovchilik guvohnomasini olish bo‘yicha imtihonlari endi faqat shu yerda o‘tkaziladi. Birinchilardan bo‘lib viloyat rahbari Zoyir Mirzayev imtihon topshirdi.

10 iyun 2022, 11:17

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi oldidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi

Juma kuni «Open-air» konserti o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi oldidan o‘tuvchi ko‘cha transport harakati uchun soat 18:30 dan 23:00 gacha yopiladi.

10 iyun 2022, 10:28

Sirdaryoda farzandini $15 mingga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi

Guliston shahrida 26 yoshli ayol o‘zining 1 yoshli farzandini 15 ming dollar evaziga sotayotgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumondor hibsga olindi.

10 iyun 2022, 10:06

Uchta hududda chet el valyutasini noqonuniy muomalaga kiritishga uringan shaxslar ushlandi

Toshkent shahri, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida valyuta qimmatliklarini noqonuniy ravishda sotishga uringanlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Ular 13 300 dollarni 147,7 mln so‘mga ayirboshlashga harakat qilgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

10 iyun 2022, 09:00

Ko‘pning aqlini ozchilik tomonidan «jilovlanishi». Biz izlagan yoxud yo‘qotgan Baxt

«Farengeyt bo‘yicha 451 daraja» — amerikalik yozuvchi Rey Bredberining shoh asarlaridan biridir. Muallif bir inson hayotida qisqa vaqtda sodir bo‘lgan tub burilishlar, bitmas ehtiyojlar yo‘lida yoqib yuborilgan tafakkur, qalblar va taqdirlar bayoni orqali insoniyatni odam qiyofasini yo‘qotishdan qaytarishga urinadi.

10 iyun 2022, 00:12

Toshkent chetida drift uchun trassa barpo etiladi

Toshkentning Bektemir tumanidagi «Shonazar» mahallasidan drift va dreg-reysing uyushtirish uchun yer uchastkasi ajratiladi. Kengash avtopoyga ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishi, avtomobillarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi uchun sharoit yaratish bo‘yicha topshiriq berdi.

9 iyun 2022, 23:54

Foto: Toshkent aeroportida favqulodda holatni bartaraf etish bo‘yicha mashg‘ulotlar

Aerodromdagi shartli favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mashg‘ulotlarga Toshkent aeroportining 13 ta xizmati — 117 xodim, 47 ta texnika va Tu-154 o‘quv samolyoti jalb etildi. Fotosurat.

9 iyun 2022, 22:00

9 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda vino va pivoning reklamasiga ruxsat berilgani, 16% etib belgilagan asosiy stavka, O‘zbekistonga $142 mlnlik imtiyozli kredit ajratayotgan Jahon banki, yolg‘iz keksalar va faxriylarga bepul oziq-ovqat o‘rniga beriladigan naqd pul va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 9 iyundagi xabarlar dayjestida.

9 iyun 2022, 21:06

11 − 16-iyun kunlari Surxondaryo viloyatida ommaviy qabullar o‘tkaziladi

11 − 16-iyun kunlari Surxondaryo viloyatida 30 ga yaqin vazirlik va idoralar rahbarlari ommaviy qabullar o‘tkazadi. Qabul kunlari va manzillar.

9 iyun 2022, 19:17

O‘zbekistondan Rossiyaga yo‘lovchi poyezdi qatnovi 23-iyundan qayta tiklanadi

O‘zbekistondan Rossiyaga yo‘lovchi temir yo‘l transporti harakati 23-iyundan boshlanadi. Avvalroq poyezdlar qatnovi 14-iyundan boshlanishi xabar qilingan edi.

9 iyun 2022, 17:43

O‘zbekistonda mahalliy vino va pivoning cheklangan reklamasiga ruxsat beriladi

«Reklama to‘g‘risida»gi yangi qonun bilan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan pivo va vinolarni reklama qilishga ruxsat beradigan qator holatlar belgilab berildi. Bungacha mamlakatda alkogolli ichimliklar reklamasi butunlay taqiqlangan edi.

9 iyun 2022, 15:29

To‘qqizta hududda yana sel kelishi kutilmoqda

O‘zgidromet 10−14 iyun kunlari O‘zbekistonning to‘qqizta hududida shamol kuchayishi, sel va suv toshqinlari sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Ayrim hududlarda do‘l yog‘ishi mumkin.

9 iyun 2022, 14:27

Bolalar yozgi oromgohlarda dam olishi uchun 100 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi — XTV

Bolalarni yozgi oromgohlarda dam oldirish tadbirlariga 100 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi, deb ma’lum qildi XTV. 1131 ta oromgoh bilan 297 mingdan ortiq bolalarni qamrab olish rejalashtirilgan. Qolaversa, besh tashabbus doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarga 1,2 mlndan ortiq o‘quvchi jalb etiladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting