Jamiyat

10 fevral 2021, 09:40

Qoraqalpog‘istonda davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etildi

Mo‘ynoqda alohida ekologik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy ob’ektlar va majmualarni, hayvonlarning noyob turlarini saqlab qolish maqsadida «Sudoche-Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etildi.

9 fevral 2021, 23:28

O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga qarshi strategiya ishlab chiqiladi

2021-yilgi davlat dasturida O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash strategiyasi tasdiqlash ko‘zda tutilgan. Bu borada prezidentning tegishli qarori loyihasi 1-sentabrga qadar ishlab chiqiladi.

9 fevral 2021, 23:10

Urganchdan Qarshi va Termizga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Urganchdan Qarshi va Termizga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Oldinroq, Farg‘onaga ham reys ochilgan edi. Qolaversa, endi Termiz-Qarshi-Xiva, Xiva-Urganch-Nukus va Termiz-Qarshi-Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy temir yo‘l qatnovi ham amalga oshiriladi.

9 fevral 2021, 22:28

Bayramlar arafasida ishlanmaydigan kunlar kamida 3 kun bo‘ladi

Navro‘z, Mustaqillik kuni, Yangi yil, Ramazon hayiti va Qurbon hayiti diniy bayramlarini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar kamida 3 kun etib belgilanadi.

9 fevral 2021, 21:12

«Bu majburiy mehnatning bir ko‘rinishi». OTM vaziri — mehmonlarni kutib olishga jalb qilinayotgan talaba-qizlar haqida

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov xorijlik mehmonlarni kutib olishga jalb qilinayotgan talaba qizlar bo‘yicha munosabat bildirdi. «Nega mening gul qizlarim, gul ko‘tarib chiqishi kerak? U yerga ham o‘zingizni farzandingizni qo‘yib ko‘ring», — dedi vazir. U shuningdek, «bu majburiy mehnatning bir ko‘rinishi» ekanini aytgan.

9 fevral 2021, 16:47

G‘olib Xoljigitov moliya vaziri o‘rinbosari vazifasidan ozod etildi

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori — moliya vazirining o‘rinbosari G‘olib Xoljigitov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z vazifasidan ozod etildi.

9 fevral 2021, 16:02

AQSHdan O‘zbekistonga 27 nafar ingliz tili mutaxassisi tashrif buyurdi

O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish uchun AQSHdan 27 nafar o‘qituvchi va olimlar tashrif buyurdi. Ular mahalliy o‘qituvchilar davrasiga qo‘shilib, sinfxonalardagi darslarda bevosita ishtirok etadi.

9 fevral 2021, 15:13

Janubiy Koreya O‘zbekistondagi bolalar bog‘chalariga aqlli robotlarni sovg‘a qildi

Janubiy Koreya O‘zbekistondagi bolalar bog‘chalariga robototexnika va dasturlash ko‘nikmalarini o‘rgatish uchun 275 dona aqlli robot va 350 ta qo‘llanmani sovg‘a qildi.

9 fevral 2021, 14:24

Ravshan Xaydarov Toshkent shahar FVBga boshliq etib tayinlandi

Toshkent shahar Faqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Ravshan Xaydarov tayinlandi. U bundan avval FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti boshlig‘i bo‘lgan.

9 fevral 2021, 14:09

9 sinf o‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi holatiga rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent viloyati Angren shahrida maktab o‘qituvchisi o‘quvchini kaltaklab, bir necha marotaba musht tushirgani haqidagi videotasvirlar tarqaldi. O‘qituvchi 9 sinf o‘quvchisi uni dars paytida ko‘p marotaba masxara qilgani uchun jahl ustida shunday qilgani aytilmoqda.

9 fevral 2021, 11:33

To‘rtta xususiy bandlik agentligi litsenziyasi bekor qilindi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi to‘rtta xususiy bandlik agentligi litsenziyasini bekor qildi. Yana uchta agentlik litsenziyasi tegishli jamg‘armaga BHMning 8500 baravari miqdorida zaxira mablag‘ kiritgunga qadar to‘xtatildi.

9 fevral 2021, 11:08

Prezident saylovlari oktyabrda o‘tkaziladi

Prezident Konstitutsiyaga saylovlar sanasi bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu yilgi prezident saylovlari 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.

9 fevral 2021, 09:55

O‘qishga kiritib qo‘yish uchun 22,5 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Shaxrizabzda 21 nafar fuqarolarni texnikumga kiritish uchun har biridan 5 ming AQSH dollari olgan shaxslar aniqlandi. Bundan tashqari, ular Qarshi davlat universitetiga ham o‘qishga kiritish va Toshkent shahridan uy olib berishni va’da qilib yana bir fuqarodan 17 ming 500 AQSH dollarini olgani ma’lum bo‘ldi.

8 fevral 2021, 21:34

Surxondaryoda bloger hibsga olindi. Advokat ish uydirilgan deb hisoblamoqda

Surxondaryo rahbariyatini tanqid qiluvchi bloger Otabek Sattoriy tovlamachilik yo‘li bilan telefonni qo‘lga kiritganlikda gumonlanib hibsga olindi. Huquqni muhofaza qilish organlari jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Blogerning advokati ish uydirilgan deb hisoblamoqda. Vaziyatga deputat Rasul Kusherbayev va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi e’tibor qaratdi.

8 fevral 2021, 17:05

Zangiotada fermer xo‘jaligiga qarashli yerni 27,7 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Zangiota tumanida mashina traktor parki rahbari fuqaroga fermer xo‘jaligiga qarashli 30 sotix yerni 27,7 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan. Oldindan 10 ming 300 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

8 fevral 2021, 15:59

Hafta davomida yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilmoqda

Hafta davomida respublikaning ko‘plab hududlarida yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Juma kuniga kelib esa asosan kam bulutli ob-havo kuzatilib, ko‘proq bahor fasliga xos bo‘ladi.

8 fevral 2021, 15:43

Toshkentda «Cobalt» teplovoz bilan to‘qnashdi

Poytaxtda «Cobalt» avtomobili harakatlanib kelayotgan teplovoz bilan to‘qnashib, YTH sodir etdi. Hodisa natijasida jarohat olganlar yo‘q.

8 fevral 2021, 15:32

Koronavirusga qarshi kurash uchun sarflangan mablag‘lar nima uchun ishlatilgan

2020 yilda O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarga 4 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Xarajatlar dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va karantin zonalarini qurishga ajratilgani ma’lum qilindi.

8 fevral 2021, 14:07

«Tonirovka» ruxsatnomasini onlayn olish imkoniyati yaratilmoqda

1 apreldan avtotransport vositalari oynalarini qoraytirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati internet orqali — YAIDXP portalidan ham amalga oshirilishi imkoniyati yaratilishi mumkin.

8 fevral 2021, 13:42

«Bu yo‘llar sharmandalik emasmi?» — Shavkat Mirziyoyev Farg‘onadagi yo‘l haqida

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi «Shodiyona» mahallasiga kutilmaganda tashrif buyurganda, bino va yo‘llarning nosozligini qattiq tanqid qildi. «Bu yo‘llar sharmandalik emasmi? Yo‘llarni sifatini qara. Men aytmasam nega qilmaysan shuni? Nimaga taklif bermaysan, hammang befarqsan?» deya prezident Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbariga murojaat qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting