Jamiyat

7 oktabr 2020, 15:56

Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari vafot etdi

Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Bahromjon Nurmatov vafot etdi. «Gazeta.uz» manbasining xabar berishicha, hokim o‘rinbosari COVID-19 dan davolanayotgan bo‘lgan. U 2017 yildan buyon Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

7 oktabr 2020, 14:49

Uyboshi va ko‘chaboshilarga tovon puli to‘lash taklif etilmoqda

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mahalla faoliyatida faol qatnashayotgan uyboshi va ko‘chaboshilarni moddiy rag‘batlantirishni taklif qilmoqda. Ularga BHMning 50 foizi miqdorida har oyda kompensatsiya pul to‘lovlari to‘lab berilishi mumkin.

7 oktabr 2020, 14:19

Magistraturaga kirish imtihonlari natijalari 17:00 da e’lon qilinadi

Magistraturaga kirish imtihonlari natijalari tegishli OTMlar rasmiy veb-saytlarida 7 oktyabr soat 17:00 da e’lon qilinadi.

7 oktabr 2020, 14:06

Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori uy qamog‘iga o‘tkazildi

8 sentyabr kuni hibsga olingan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva uy qamog‘iga o‘tkazildi. Avvalroq Saida Mirziyoyeva jazo chorasini o‘zgartirishni so‘ragan edi. Xuddi shunday so‘rov Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ham bildirildi — biroq bosh shifokor qamoqdan chiqarilishi haqidagi xabarlardan so‘ng.

7 oktabr 2020, 11:31 1

Ta’lim ildiziga bolta urayotgan imtiyozlar

Konstitutsiya va testologiya fani talablariga muvofiq kelmaydigan mantiqsiz imtiyozlar tizimi yosh avlodning adolatga ishonchini yo‘qqa chiqaradi hamda universitetlarga haqiqatan munosib nomzodlarni qabul qilishga to‘sqinlik qiladi, deya yozadi Komil Jalilov.

7 oktabr 2020, 10:58

COVID-19 bemorlari davolanayotgan majmuada kislorodli ballon portladi

Koronavirus bilan kasallangan bemorlar davolanadigan Gulistondagi «Alpomish» sport majmuasida kislorodli ballon portladi. Bino qisman zarar ko‘rgan. Bir kishi jarohatlangan.

7 oktabr 2020, 10:24

«Kino davlatning bo‘ynida o‘tirmasligi kerak» — Rashid Malikov

Kinorejissyor va «O‘zbekkino» badiiy kengashining a’zosi Rashid Malikov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida kino sohasida davlat-xususiy sherikligining roli, kinematografiyaning asosiy muammolari va kutilayotgan islohotlar, o‘zbek kinematografiyasining eng kassabop filmlari, san’at va biznes haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

6 oktabr 2020, 23:38

O‘qituvchi va tibbiyot xodimlari grippga qarshi emlanadi

«Dori-darmon» Rossiyaning grippga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchilari bilan o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari uchun 1 million dozadan ortiq grippga qarshi vaksinani harid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Hozirda 250 ming doza vaksina hududlarga yetkazib berildi.

6 oktabr 2020, 21:57

Har bir aholi punkti tezkor internetga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladi

2022 yil yakuniga qadar har bir aholi punkti 10 Mbit/s dan kam bo‘lmagan ma’lumotlarni uzatish tezligidagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati bilan ta’minlanadi.

6 oktabr 2020, 21:09

Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilmoqda

Davlat test markazi harbiy tavsiyanomalarga ega abituriyentlar ro‘yxati qaytadan ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi. Avvalroq test natijalaridan norozi bo‘lgan yoshlar markaz binosi oldiga yig‘ilgan edi.

6 oktabr 2020, 20:12

Majburiy to‘lovlarni onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratiladi

2021 yil 1 avgustdan davlat bojlari, yig‘imlar, jarimalar va boshqa majburiy to‘lovlarni onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratiladi.

6 oktabr 2020, 18:42

Shofirkon tumani hokimi xalqdan uzr so‘radi

Hokim Shukrulla Hakimov Shofirkon tumani ko‘rsatkichlari «qoniqarsiz» deb baholangani sababli xalqdan uzr so‘radi va yil oxirigacha vaziyatni to‘g‘irlab, kelasi yil tumanni «yaxshi» deb baholanuvchi darajaga olib chiqishga va’da berdi. Daryo nashri uning nutqi vaqtida ayrim tinglovchilarning mudrayotganiga e’tibor qaratdi.

6 oktabr 2020, 15:28

Parkent tumani hokimining Captiva sotib olish to‘g‘risidagi qarori bekor qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Parkent tumani hokimligi Captiva avtomashinasini hokimning o‘g‘li muassislar ro‘yxatida bo‘lgan kompaniyadan sotib olib, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun talablarini buzganini ma’lum qildi. Avtomobil sotib olish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi. Toshkent viloyati prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

6 oktabr 2020, 14:57

O‘zbekiston Qirg‘izistondan kirishni chekladi (aniqlik kiritildi)

6 oktayabrdan boshlab Bishkekdagi tartibsizliklar manzarasida O‘zbekiston Qirg‘izistondan kirishga cheklovlar qo‘ydi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari. Yuk tashish cheklovlarsiz amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston tomoni esa cheklovlar yo‘qligini e’lon qildi.

6 oktabr 2020, 13:57

Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning uchta hududida sezildi

6 oktyabr kuni Qirg‘izistonda 4,5 magnitudalik zilzila sodir bo‘lib, uning ta’siri Namangan, Andijon va Farg‘ona hududlarida ham sezildi.

6 oktabr 2020, 13:46

«Sardoba ishi» bo‘yicha 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

«Sardoba ishi» bo‘yicha bugungi kunda 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchilarning 7 nafariga qamoqqa olish, 6 nafariga garov, 4 nafariga munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

6 oktabr 2020, 13:05

Qashqadaryoda YTH oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatida Nexia avtomashinasining yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.

6 oktabr 2020, 11:48

DTM binosi oldida natijalardan norozi bo‘lgan abituriyentlar to‘planishdi

Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar Davlat test markazi binosi oldida to‘planishdi. Natijalar hisoblanganda, ularning harbiy xizmat imtiyozlari hisobga olinmagan.

5 oktabr 2020, 16:43

Hafta davomida haroratning pasayishi kutilmoqda

Yaqin kunlarda respublikaga Uraldan sovuq havo oqimi kirishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 15−20 darajagacha pasayadi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

5 oktabr 2020, 14:50

Namanganda bank xodimlari majburiy paxta terimiga jalb qilingani o‘rganilmoqda (yangilandi)

Mehnat vazirligi Namanganda bank xodimlarining majburiy mehnatga jalb qilingani haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda bank muassasalarining 1400 dan ziyod xodimlari paxta terimiga majburiy jalb qilingani haqida xabar berilgan edi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting