Jamiyat

15 sentabr 2020, 12:41

OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkazilishiga doir yakuniy ma’lumotlar e’lon qilindi

O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari yakunlari e’lon qilindi. Imtihonlarda 1,2 mln nafar (95,1%) abituriyent qatnashdi. 63 ming nafari esa kelmagan, 1187 nafari esa test sinovlaridan chetlashtirilgan. 90 nafar abituriyentda tana harorati 37 darajadan yuqori ekanligi aniqlangan.

14 sentabr 2020, 22:15

IIO xodimlarining havo sharlari sotuvchilaridan ularni tortib olib, uchirib yuborganiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent IIBB xodimlarining ko‘cha sotuvchilaridan havo sharlarini tortib olib, ularni osmonga uchirib yuborayotgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB buni sharlarning yonuvchi gaz bilan to‘ldirilgani, ular portlagan taqdirda, atrofdagilarga zarar yetkazishi mumkinligi bilan izohladi.

14 sentabr 2020, 21:47

Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimining asosiy yo‘nalishlari belgilandi

Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimining 6 ta asosiy yo‘nalishi belgilandi. Xususan, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari va o‘zbek diasporalari bilan aloqalarni mustahkamlanadi, mehnat migrantlari moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash amaliyoti kengaytiriladi.

14 sentabr 2020, 21:02

Xorijga ishlashga ketayotgan kam ta’minlangan oilalar a’zolariga 10 mln so‘mgacha mikroqarz beriladi

Xorijga ishga ketayotgan kam ta’minlangan oilalar a’zolariga bir yil muddatga 10 mln so‘mgacha miqdorda mikroqarzlar beriladi. Mikroqarz foiz stavkasining 14 foizli punktidan yuqori bo‘lgan qismi, lekin 21 foizdan oshmagan miqdori Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilinadi. Shuningdek, 446 ming so‘m (40 doll) bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi hamda ushbu maqsadlarga 4,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.

14 sentabr 2020, 20:53

Tashkiliy ravishda xorijda ishlashga ketayotganlar majburiy kasb-hunarga o‘qitiladi

1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijga chiqib ketayotgan shaxslarni, ishga yuborishdan oldin majburiy tartibda kasb-hunarga o‘qitish tizimi joriy qilinmoqda.

14 sentabr 2020, 20:18

Sud Korean and Migrations bandlik agentligi ishi bo‘yicha sudlanuvchilarga hukm chiqardi

Korean and Migrations mansabdorlari, shuningdek, xususiy bandlik agentligi faoliyati bilan aloqador boshqa shaxslar firibgarlik va qalbakilashtirishda aybdor deb topildi. Agentlik direktori va Namangan viloyat filiali boshlig‘iga 9 yildan ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

14 sentabr 2020, 19:23

Bir kunda sodir bo‘lgan beshta YTHda to‘qqiz kishi vafot etdi

YHXBB 13 sentyabr kuni beshta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar berdi. Baxtsiz hodisalar natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi.

14 sentabr 2020, 19:06

Mutaxassis maktab o‘quvchilari immuniteti kuchsizlanishining sabablari to‘g‘risida

Maktab o‘quvchilarining immuniteti zaif bo‘lishining sabablari nimada, bolalar uchun sog‘lom uyqu va ovqatlanish ratsioni qay tartibda bo‘lishi kerak? Sog‘liqni saqlash vazirligining o‘quv-tarbiya muassasalari bo‘yicha bosh mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori Inobat Ahmedovaning tavsiyalari.

14 sentabr 2020, 16:43

Respublika narkologiya markaziga direktor tayinlandi

Saidaxon Mirrahimova Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Samarqand viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

14 sentabr 2020, 13:42

Juma kunigacha havo salqin bo‘lishi kutilmoqda

Chorshanba kunidan boshlab butun O‘zbekiston bo‘ylab haroratning pasayishi, shamol tezligining kuchayishi va qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shanba kunigacha kunduzgi harorat 27 daraja atrofida bo‘ladi.

14 sentabr 2020, 13:29

Ikki nafar erkakni do‘pposlagan qiz bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi

Namanganda ikki nafar erkakni do‘pposlagan qizga nisbatan ochilgan jinoyat ishi tugatildi. Gulsanam Alijonovaning muqaddam sudlanmaganligi, jabrlanuvchilarning da’vosi yo‘qligi, Yoshlar ittifoqi kafilligini inobatga olib, jinoyat ishini tugatishga qaror qilindi.

14 sentabr 2020, 12:29

DTM test natijalarini e’lon qilishdagi texnik xatolik haqida xabar berdi

Davlat test markazi ba’zi abituriyentlarning test natijalarini e’lon qilishda texnik xatoga yo‘l qo‘yilganini tan oldi. Hozirda muammo bartaraf qilingan va natijalar yangilangan, deya aniqlik kiritdi DTM.

14 sentabr 2020, 12:14

Erkinlik chegaralari

So‘z erkinligi va nafratga to‘la ritorika o‘rtasidagi huquqiy chegaralar qayerda? Internetdagi bullingga (boshqalarni tahqirlash, zo‘ravonlik) qarshi huquqiy himoyani qanday kuchaytirish mumkin? Inson huquqlari bo‘yicha huquqshunos, Global Shapers Tashkent Hub tashabbusining kurator-asoschisi Dilfuza Kurolovaning maqolasida.

14 sentabr 2020, 11:16

Toshkentdagi qaysi maktablar kunduzgi darslarni qayta tiklaydi: ro‘yxat

14 sentyabrdan boshlab Toshkent shahridagi 318 ta maktabning atigi 141 tasi o‘quv yilini an’anaviy shaklda (ro‘yxat) qayta tiklamoqda. Qolgan maktablar «Onlayn-maktab» (telekanallar va dasturlar jadvali) darslari orqali boshlaydi.

14 sentabr 2020, 10:07

Maktab o‘quvchilari bilimini baholash bo‘yicha PISA tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi

2022 yilda O‘zbekistondagi ta’lim sifati xalqaro PISA dasturi doirasida baholanadi. Rossiyalik mutaxassis Galina Kovaleva O‘zbekiston ta’lim sifatini baholashga tayyorgarlik ko‘rishda qanday yordam ko‘rsatilayotgani, postsovet ta’lim tizimlari tomonidan olingan «o‘rtacha ko‘rsatkichdan past» natijalar va qanday baholash natijalarini kutish mumkinligi haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

12 sentabr 2020, 10:30

Uyda tayyorlaymiz: kotlet va garnirlar

Eng sara kotletlar va ularga mazali garnirlarni Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatdan topishingiz mumkin.

11 sentabr 2020, 22:57

Yoshlar an’anaviy giyohvand moddalar o‘rniga psixotrop tabletkalarni iste’mol qilishga o‘tmoqda

O‘zbekistonda yoshlar an’anaviy giyohvand moddalardan voz kechib, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar iste’moliga o‘tmoqda, deya ma’lum qildi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda qariyb 5900 nafar giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi yoshlar ro‘yxatga olingan. Ularning katta qismi Andijon va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida.

11 sentabr 2020, 19:19

Xotin-qizlar va jurnalistlarga nisbatan sudlov mexanizmi erkaklar va amaldorlarga qaraganda tezkor va shiddatliroq — Saida Mirziyoyeva

“Xotin-qizlar va jurnalistlarga nisbatan sudlov mexanizmi tezkor va shiddatli bo‘lib, bor kuchi bilan ishlayotganini ko‘rish men uchun og‘ir. Erkaklar va amaldorlarga kelganda bu tizim ko‘pincha to‘xtab qoladi”, — dedi Saida Mirziyoyeva. U o‘g‘il farzandli bo‘lgani va ismi Shavkatjon ekanini ma’lum qildi.

11 sentabr 2020, 18:02

11 sentyabrdan Qozog‘iston bilan muntazam aviaqatnovlar tiklandi

11 sentyabrdan Qozog‘iston bilan muntazam aviaqatnovlar rasman tiklandi. Air Astana aviakompaniyasining Olmaota — Toshkent — Olmaota reysi samolyoti Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

11 sentabr 2020, 17:22

Mashhur xonandaning voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani haqidagi xabar bo‘yicha bayonot berildi

Bosh prokuratura mashhur xonandaning voyaga yetmagan qizni zo‘rlab, nomusiga tekkani haqidagi xabar bo‘yicha bayonot berdi. Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limining jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarori bekor qilinib, qo‘shimcha tekshiruv harakatlarini olib borish belgilandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting