Jamiyat

Bugun, 20:10

Toshkentda tez yordam mashinasi ishtirokidagi YTH oqibatida yo‘lovchi vafot etdi

Poytaxtda Nexia va tez tibbiy yordam avtomashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda Ford rusumli tez tibbiy yordam avtomobili yo‘lovchisi shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bugun, 17:32

Namangandagi poliklinikada shifokor do‘pposlanishi yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Namangan shahridagi oilaviy poliklinikada fuqaro o‘g‘liga noto‘g‘ri tashxis qo‘yganlikda shifokorni ayblab, u bilan mushtlashib ketgan. Shifokorning yuz, bosh va qo‘l qismiga jarohatlar yetkazilgan. «Bezorilik» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bugun, 16:36

«Salar» kanali bo‘yidagi qayta ishlab chiqarish va qoramol qushxonalari Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi

«Salar» kanali bo‘yida va Toshkentdagi suv tozalash inshooti yaqinida joylashgan ba’zi ishlab chiqarish obyektlari va qoramol qushxonalari Olmaliq va Ohangarondagi maxsus sanoat zonalariga ko‘chiriladi.

Bugun, 14:35

Aholi murojaatlarini hal qilish uchun «Tezkor shtablar» tashkil etilmoqda

Viloyat hokimliklarida aholi murojaatlarini hal qilish uchun «Tezkor shtablar» tashkil etiladi. Ularning faoliyatiga hokimlar rahbarlik qiladi. «Har bir hokimning kabineti „xalq qabulxonasi“ bo‘ladi», — degan edi Shavkat Mirziyoyev 23 iyul kuni ushbu masalalarga oid videoselektorda.

Bugun, 13:50

Turkiyalik muxojirlar, uch egizakning onasi, Garvard bitiruvchisi, molekulyar biolog: koronavirusga qarshi vaksinalarni yaratganlar kim?

Biror yuqumli kasallikka shifo topish, vaksina yaratish — juda katta mas’uliyat va tajribani talab etadi. Chunki bir doza preparat bilan yoki insonni normal hayotga qaytarish, yoki biror nojo‘ya ta’sir bilan noxush holatlarga olib kelish mumkin. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilayotgan 5 ta vaksina mualliflari va vaksinalar qanday yaratilganligi haqida «Gazeta.uz» maqolasida.

Bugun, 11:46

IIB 11 yoshli bolaning zo‘rlangani to‘g‘risidagi xabarni tekshirmoqda

Quva tumani IIB 11 yoshli bolaning amakisi tomonidan jinsiy tajovuzga uchragani to‘g‘risidagi xabarni tekshirmoqda. Farg‘ona viloyat prokuraturasi ishni nazoratiga oldi.

Bugun, 09:56

O‘zbekiston Turkistonda 5000 o‘rinli yangi masjid qurmoqda

O‘zbekiston ko‘magi bilan Turkiston shahriga kiraverishda 5 ming kishiga mo‘ljallangan masjid qurilmoqda. Uning umumiy maydoni 20 ming kvadrat metrni tashkil qilib, qurilish ishlari keyingi yil yakunlanishi rejalashtirilgan.

Kecha, 20:43

3 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Eldor Shomurodovning “Roma"ga o‘tishi, prezident rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi, Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi qo‘lga kiritgan navbatdagi oltin medal — “Gazeta.uz"ning 3 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Kecha, 20:35

Farg‘onalik shaxs ikki yil davomida o‘g‘il bola jiyanini zo‘rlab kelgani aytilmoqda

Farg‘ona viloyatida 11 yoshli bola ikki yil davomida o‘z amakisining jinsiy tajovuziga uchragani aytilmoqda. Hodisa to‘g‘risida bloger Aqida Xanum ma’lum qildi.

Kecha, 18:09

$70 ming evaziga qamoqxonadagi shaxsni ozod qilishga va’da bergan fuqaro qo‘lga olindi

Toshkentda IIV Jazoni ijro etish departamentidagi tanishlari orqali 19 yilga qamalgan shaxsni ozodlikka chiqarishga va’da bergan surxondaryolik fuqaro qo‘lga olindi.

Kecha, 15:47

YUNESKO qo‘mitasi O‘zbekistonga Shahrisabzni qayta tiklashi uchun yana bir yil muddat berdi

YUNESKO Umumjahon merosi qo‘mitasi pandemiya sharoitida O‘zbekistonga Shahrisabzning tarixiy qismini qayta tiklashi uchun yana bir yil muddat berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Kecha, 13:33

Veolia Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvini qo‘lga kiritadi

Fransiyaning Veolia kompaniyasi Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvini qo‘lga kiritadi. Kompaniya 30 yil ichida 315 mln yevro hamda loyiha davrida olinadigan daromad hisobidan 1 mlrd 80 mln yevro investitsiya kiritadi. 10 yil ichida Toshkentdagi barcha qozonxonalarni yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tkazish ham reja qilingan. Sinov loyihalari ikkita tumanda amalga oshiriladi.

Kecha, 13:06

«Toshkent transporti» mobil ilovasi ishga tushirildi

Poytaxt jamoat transportining real vaqtdagi harakatini kuzatishga mo‘ljallangan «Toshkent transporti» mobil ilovasi ishga tushirildi. Ilova orqali transport kartalarini sotish shahobchalarining joylashuvini ham ko‘rish mumkin.

Kecha, 12:09

Buxoroda «Abdullaxon» madrasasi devori o‘pirilib tushdi

Buxorodagi «Abdullaxon» madrasasi orqa tomon devorining bir bo‘lagi o‘pirilib tushdi. Qayd etilishicha, hodisa issiq va sovuq iqlim, yog‘ingarchiliklar va yer osti suvlarining ko‘tarilishi ta’sirida sodir bo‘lgan.

Kecha, 11:21

“Xo‘p, xo‘p xo‘jayin”. Toshkentda YPX xodimi yana jarima yozmasdan haydovchini qo‘yib yubordi

Toshkent viloyatida yana YPX xodimi Malibu haydovchisiga protokol tuzmoqchi bo‘lganida, u haydovchining telefonida “xo‘jayin” bilan gaplashdi. Yakunda xodim haydovchini “ogohlantirib”, qo‘yib yubordi. Mazkur jarayon Toshkent telekanali efirida uzatilgan.

Kecha, 11:03

OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan xiyobon va stadionlar manzillari e’lon qilindi (ro‘yxat)

Respublika bo‘ylab 2021−2022 o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan xiyobon va stadionlarning manzillari ro‘yxati ma’lum qilindi.

Kecha, 09:51

Poytaxtda daraxtlarni sug‘orish bo‘yicha aksiya o‘tkazilmoqda

Poytaxtda 2 avgustdan 7 avgustgacha «Shahrimiz daraxtlarini birgalikda asraylik!» shiori ostida daraxtlarni sug‘orish aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Kecha, 09:26

Senat o‘zbekistonliklarni xorijga ishga yuborishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbar ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi

Senat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon filiali Rossiyaga ishga jo‘natgan 41 nafar o‘zbekistonliklar va’da qilingan maosh to‘lanmayotganligi haqidagi murojaatni o‘rganish natijalarini e’lon qildi. Aniqlanishicha, fuqarolarning pasportlari rasmiylashtirish uchun olingan va ular bir soatlik ish haqini bir kunlik deb «noto‘g‘ri tushunishgan». Ushbu voqealar ortidan agentlikning Andijon filiali rahbari Ulug‘bek Yuldoshev ishdan bo‘shatildi.

2 avgust 2021, 20:47

2 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning koronavirusga qarshi vaksina olganligi, YPX xodimi Malibu haydovchisiga protokol tuzmoqchi bo‘lgani, lekin buyruq asosida uni qo‘yib yuborishi, davlat rahbarining haftalik ish grafiki — “Gazeta.uz"ning 2 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

2 avgust 2021, 19:12

Andijonda yo‘lni to‘sib qo‘ygan fuqarolarga sud hukm o‘qildi

Andijonda viloyat hokimi qabuliga kira olmagan 17 kishidan iborat guruh hokimiyat yaqinidagi avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudi qarori bilan ularning 11 nafari 15 sutkagacha muddatga qamaldi, qolganlar jarimaga tortildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting