«Bir tomondan — ishsizlik, ikkinchi tomondan esa biz traktorchi topa olmaymiz». Mehnat vaziri — Milliy kompetensiya tizimi yaratilishi to‘g‘risida.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati, tuman (shahar) sudlari tomonidan 2019 yilning birinchi choragi davomida 139 nafar shaxs qamoqdan ozod qilindi.
IIBB poytaxt markazida joylashgan skeyt maydonchadagi janjalga izoh berdi. Uch kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
«Chimyon» dam olish zonasida tog‘ hududini chiqindilardan tozalash bo‘yicha ekologik aksiya bo‘lib o‘tdi.
DSQ Shayxontohur tuman DSIda «korrupsion to‘r» shakllanganini aniqladi. Inspeksiya xodimlari ustidan tizimli shikoyatlar tushib turgani «ta’magirlik va poraxo‘rlikdan dalolat beradi».
«Ishsizlik nafaqasini olish uchun kim murojaat qilmoqda? Aytish mumkinki, hech kim. Chunki ishsizlik nafaqasi funksional yoki iqtisodiy jihatdan vaznga ega emas», — dedi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev.
Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlariga moneliksiz kirish huquqiga ega bo‘lgan tashkilot vakillari belgilandi.
«Chuqursoy» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bojxona to‘lovlaridan qochishga urinish bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni fosh etishdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq rahbarlari ustidan sud boshlandi. Sudlanuvchilar pora olish, daromadlarni o‘zlashtirish va axborotlardan noqonuniy foydalanishda ayblanmoqda.
Marg‘ilonda yashovchi R.R. uyida oilaviy janjal oqibatida opasi O‘.M.ga pichoq bilan jarohat yetkazishi natijasida ayol kasalxonaga yotqizildi.
Toshkentda ayollarni reabilitatsiya qilish markazining Sergeli-Yakkasaroy tumanlararo bo‘linmasi ochildi.
«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti orqali 8550 AQSH dollarini yashirincha olib chiqayotgan shaxs to‘xtatildi.
Islom taraqqiyoti banki bilan hamkorlikda OTMlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi.
Qamoq muddati axloq tuzatish ishlariga almashtirilgan Islombek To‘laganov jazoning qolgan qismini Probatsiya xizmati nazorati ostida o‘taydi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi xalqaro Samarqand-Turkiston avtobus qatnovini ishga tushirildi.
2018 yilning shu davri bilan taqqoslaganda yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 39,5 foiz, ya’ni 1 ming 282 taga kamaydi.
Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazining ustavi tasdiqlandi.
Yosh aktyorlar Londonda Xalqaro teatr simpoziumi doirasida o‘zbek tilidagi «Hamlet"ni ijro etadi.
Bankdan olgan kreditini vaqtida to‘lamagan gulistonlik fuqaro qarzini undirish uchun kelgan MIB xodimini kaltakladi.
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting