3 iyun, chorshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Siyosat

4 sentabr 2017, 16:14

Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston IIVga rahbar bo‘ldi

Xorazm viloyatining sobiq hokimi O‘zbekiston ichki ishlar vaziri bo‘ldi.

3 sentabr 2017, 20:36

O‘zbekiston va Qirg‘iziston umumiy chegaralarning 80 foizi bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining 80 foiz qismi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

3 sentabr 2017, 20:28

Jizzax viloyati DSB rahbari va Mirzacho‘l tuman hokimi lavozimidan bo‘shatildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Taraqqiyot manzarasi» fermer xo‘jaligi dala shiyponida Jizzax viloyati rahbarlari va fermerlari bilan uchrashdi.

3 sentabr 2017, 18:51

Emmanuel Makron Shavkat Mirziyoyevni Parijda kutmoqda

Fransiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘llab, dastlabki amaliy muzokaralarni o‘tkazish uchun Parijda uchrashishdan xursand bo‘lishini ma’lum qildi.

2 sentabr 2017, 12:15

Samarqandda Islom Karimov haykali ochildi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalining ochilishida ishtirok etdi.

1 sentabr 2017, 18:48

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi.

1 sentabr 2017, 17:42

Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etiladi

Prezident Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida bo‘lib, Islom sivilizatsiyasi markazi loyihasi bilan tanishdi.

1 sentabr 2017, 16:07

«Xavfsiz shahar» loyihasi butun O‘zbekistonni qamrab oladi

Prezident 2023 yilga qadar butun O‘zbekistonni qamrab olishi lozim bo‘lgan «Xavfsiz shahar» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqladi.

1 sentabr 2017, 14:22

«Xalqimiz barcha yutuqlarimiz ijodkori va yaratuvchisidir» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqidan iqtiboslar.

1 sentabr 2017, 13:33

Islom Karimov hayotining mazmuni erkin davlat barpo etish edi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyevning Birinchi Prezident Islom Karimov haykalining ochilishiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqidan iqtiboslar.

31 avgust 2017, 17:52

Prezident qatag‘on qurbonlariga ehtirom ko‘rsatdi

Prezident «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasida an’anaviy marosimda ishtirok etdi.

31 avgust 2017, 12:23

Mustaqillik kuni tantanasi Forumlar saroyida o‘tkaziladi

Mustaqillikning 26 yilligiga bag‘ishlangan marosim «O‘zbekiston» forumlar saroyida o‘tkaziladi.

31 avgust 2017, 12:12

Foto: Toshkentda Islom Karimov haykali ochildi

Islom Karimov haykali ochilishi marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev hamda Birinchi Prezidentning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova ishtirok etdi.

31 avgust 2017, 12:05

XTV «majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo qarshi»

Xalq ta’limi vazirligi pedagoglarning o‘z kasbiga aloqasi bo‘lmagan turli ishlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi, deyiladi XTV bayonotida.

31 avgust 2017, 09:48

Shavkat Mirziyoyev oktyabrda Turkiyaga tashrif buyuradi

Turkiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashrifi ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi.

30 avgust 2017, 21:08

Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

XXR Raisi Si Szinpin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Mustaqillik kuni munosabati bilan qutlov yo‘lladi.

30 avgust 2017, 14:14

Shavkat Mirziyoyev 6 sentyabr kuni Qirg‘izistonga boradi

O‘zbekiston Prezidenti 6 sentyabr kuni Qirg‘izistonga tashrif buyuradi.

30 avgust 2017, 13:41

O‘zbekiston Prezidenti AQSHga hamdardlik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev «Harvey» dovuli oqibatida Texasda insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan Donald Trampga hamdardlik maktubi yo‘lladi.

29 avgust 2017, 21:39

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

28 avgust 2017, 18:58

Shavkat Mirziyoyev: kimki o‘z armiyasini boqishni istamasa, boshqalarning armiyasini boqadi

Prezident Vatan himoyachilari kunini umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.